korxona rivojlanishining perspektiv rejalarini ishlab chiqish.
tovar-moliyaviy menejment
marketing
biznes-reja ishlab chiqish
potentsial investorlar qidirish
sanoat va intellektual mulkni xuquqiy potent ximoyasi
qonunlar monitoringi
ma’lumotlarni tahliliy-sintetik usulda tayyorlash.
Keyingilarga diqqat e’tiborni qaratadigan bo’lsak, bu erda birinchi navbatda davlat nazorat tashkilotlari uchun mo’ljallangan korxona faoliyati to’g’risidagi majburiy axborotlar, tashqi va tijorat maqsadida tarqatiladigan maxsus axborotlar va boshqalar mavjud. Korxona o’zi xaqidagi ma’lumotlarni kataloglar, reestrlar, jurnallar orqali tarqatishi lozim. Bu esa o’z navbatida xaridorlar va hamkorlar ko’lamining kengayishiga sabab bo’ladi.
Korxona taraqqiyotini va minimal tavakkalchilikka borib yangi bozorlarni egallashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan rahbar bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona rivojlanishini samarali boshqarishi, birinchi navbatda «rivojlanish bo’limi» oldiga aniq maqsad qo’ya bilishi lozim. Bunday bo’linmalarni asosiy tuzilmaviy unsurlarini va ularning vazifalarini keltirishimiz mumkin:
investitsiya sektori - buning vazifalariga istiqbolli soxalarga investitsiya qilish, investitsion faoliyatning samaradorligini monitoring qilish va rivojlanish rejalarini ishlab chiqish kiradi.
marketing sektori - bozor va kon’yunktura monitoringi, biznes-rejani ishlab chiqish va reklama.
me’yoriy-texnik sektor - intellektual va sanoat mulkini patentlash va huquqiy himoya qilish, bozorda korxona mahsulotlarini raqobat kurashida ustunlikka erishishiga doir tavsiyalar berish.
axborotni tayyorlashning tahliliy-sintetik sektori - axborot tahlili va xujjatli axborotlar sintezi: xujjatlarni o’rganish, ulardan eng muhimlarini ajratish, tashqi muhitga tarqatish u yoki bu shaklda umumlashtirilgan natijalarni tayyorlash.
axborot resurslari sektori - axborot resurslarini yig’ish, tizimga keltirish va turkumlash; rahbar xodimlar uchun turli xil mavzulardagi axborotlarni tayyorlash.
Ko’rsatilgan vazifalar belgilangan tuzilmalarni ajratish orqali detallashtirilishi mumkin. Bayon etilgan model yuqori texnologiyalar bozorida faoliyat ko’rsatadigan keng xizmat ko’rsatish doirasiga ega bo’lgan yirik korxonalarga mo’ljallangan.
SHunday qilib, firma innovatsiya boshqaruvining nazariy modeli o’ziga quyidagi komponentlarni o’z ichiga oladi:
Sifatni boshqarishga zamonaviy yondashishning mohiyati «iste’molchilar talabini qondirish» so’zi orqali ifodalanishi mumkin.
Bu lozung odatiy bo’lmagan tarkibga ega:
bunga ko’ra mijoz bu nafaqat oxirgi iste’molchi balki ishlab chiqarish jarayonining har bir ishtirokchisi hisoblanadi. Boshqa so’z bilan aytganda, har bir ishchining asosiy vazifasi bo’lib, texnologik jarayonning keyingi ishtirokchisi talablariga to’g’ri keladigan mehnat sifatiga erishish hisoblanadi. Sifatni boshqarishning bunday falsafasiga rioya qilish oxirgi iste’molchining talabini to’la qondirish imkonini beradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni aytishimiz mumkinki, mahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlash tizimli yondashuv usulining asosi bo’lib hisoblanadi.
Marketing tadqiqotlari asosida tizimli yondashishni qo’llashdan oldin tovar va xizmatlarning chiqish parametrlari tuziladi, ya’ni nima ishlab chiqarish, qanday sifatda, qanday xarajatlar bilan, kimga va qanday narxlarda sotish kabilar. Meyorlar bo’yicha tovar chiqishi raqobatbardosh bo’lishi lozim.
Keyin esa kirish parametrlari ya’ni jarayon uchun qanday resurs va axborotlar kerakligi aniqlanadi.
Resurs va axborotlarga talab tashkiliy - texnik va ishlab chiqarishning ijtimoiy darajasi: texnik darajasi, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkillashtirish, personalni boshqarish va tashqi muhit parametrlarini o’rganishdan keyin bashoratlanadi.
Bunday holatda tovarning raqobatbardoshligini ta’minlash uchun:
marketing tadqiqotlarining natijalari tovar etkazib berish vaqtiga eng so’ngi yangiliklarni ta’minlab berishi kerak;
«kirish» tizimining a’lo sifatda bo’lishi;
tashkiliy-texnik va ijtimoiy tizimlar sifatli «chiqish»da sifatli «kirish» tizimlarini ishlab chiqish imkoniga ega bo’lishi kerak.
«CHiqish» tizimining yuqori sifatini ta’minlash uchun birinchi navbatda «kirish» tizimini yuqori sifatini ta’minlash kerak.
Keyin esa tashqi muhit va jarayonlarning yuqori sifatini ta’minlash kerak. Agar «kirish» sifati korxonada qoniqarli bo’lsa (korxona texnologiyasi, kadrlari, jihozlari), u xolda «chiqish» sifati ham qoniqarli bo’ladi.
Agar «kirish» sifati a’lo bo’lib, jarayon sifati qoniqarli bo’lsa, u xolda «chiqish» sifati ham qoniqarli bo’ladi, ya’ni «chiqish» sifatining bahosi undan oldingi elementlarning eng past bahosiga teng bo’ladi.
«CHiqish» sifatini boshqarish, buyumlarni iste’molchilar talablariga butunlay mos keluvchi sifat tasniflari bilan ishlab chiqarishni ta’minlovchi maqsadga qaratilgan faoliyat tushiniladi.
Mahsulot sifatini baholash va uni boshqarish zaruriyati:
mahsulot sifatini oshirgani uchun xodimlarni rag’batlantirishda;
sifat to’g’risida axborot yig’ishni tashkil etishda va xokazo xollarda vujudga keladi.
Sifatli tovar deganda, uning mustahkamligi, chidamliligi, iste’mol xususiyatlari, tashqi ko’rinishi standartlashtirilganlik va takomillashtirilganlik darajasi, tayyorlanish texnologiyasi va boshqalarni o’zida jam etgan tovar tushuniladi.
Mahsulot sifati mazkur tovardan, ma’lum ijtimoiy ehtiyojning mazkur iste’mol qiymatidan qoniqqanlik darajasini ifodalaydi. Mahsulot sifati xom-ashyo ishlab chiqarish vositalarining sifatini oshirishdan olinadigan iqtisodiy samarada namoyon bo’ladi.
Xom ashyo sifatini oshirishdan olinadigan iqtisodiy samara:
materiallar sarfi normalarining kamayishida;
unga ishlov berishga qilinadigan mehnat sarfining qisqarishida;
pirovard mahsulot chiqishining ko’payishida;
mahsulot sifatining yaxshilanishida namoyon bo’ladi.
kapital sarflarga bo’lgan tejamkorlikda namoyon bo’ladi va xokazo.
Mahsulot sifatiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:
ishlab chiqarish vositalari sifati;
xom ashyo, materiallar sifati;
ishlovchilarning, malakasi, ish qobiliyati, uyushqoqligi, tashabbuskorligi, izlanuvchanligi va ijodiy yondashuvi;
ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish san’ati.
Sifat menejmenti mahsulot ishlab chiqarishning har bir bosqichida sifat haqida qayg’urishni anglatadi. SHu nuqtai nazardan sifatni boshqarish jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
ishlab chiqarishgacha - konstruktsiyalash, samarali texnologiyani, standartlarni ishlab chiqish va xokoza;
ishlab chiqarish jarayonida - bu erda yaroqsiz mahsulotni ishlab chiqarishga yo’l qo’ymaslik;
ishlab chiqarishdan keyingi bosqich - saqlash, sotish, tashish, xizmat ko’rsatish va boshqa jihatlar ustidan qattiq nazoratni o’rnatish.
kelayotgan xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va butlovchi qismlarni tekshirishdan iborat bo’lgan.
Kirish nazorati:
ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar parametrlarini tekshirishdan iborat ehtiyoj yoki joriy nazorat:
tayyor mahsulotni tekshirishga qaratilgan qabul qilish nazoratlariga bo’linadi.
Sifatni nazorat qilish - mahsulotning sifat ko’rsatkichlarini belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirishdir.
Yangi boshqaruv falsafasiga va «jimjit boshqaruv revolyutsiya»ga asoslangan bunday nazariy model zamonaviy firmalarni rejalashtirishning asosi bo’lishi mumkin. Bozorda yana bir komponent orqali xarakat qilish mumkin - bu ishlab chiqarishning ijtimoiy rezervlarini texnik-iqtisodiy aspektlar bilan organik aloqaga jalb qilish firma, kontseptual-strategik boshqaruvining asosiy talabi bo’lib qoldi. Buning natijasida bozorda firma ishlovchanlik qobiliyatini, o’zining raqobatbardoshligini aniqlashi mumkin.