To’rtinchi inqilob kapitalizmning paydo bo’lishi va Yevropa tsivilizatsiyasi
industrial taraqqiyotining boshlanishiga to’g’ri keldi. Sanoat inqilobi shuni
isbotladiki, boshqaruv funktsiyasi ham moliyaviy yoki texnikaviy kabi muhim
ekan.
Beshinchi boshqaruv inqilobi yangi ijtimoiy kuch-mutaxassis menejerlar,
boshqaruvchilar sinfining kelishini ifodaladi. U davlatni, moddiy va ma’naviy
ishlab chiqarishni boshqarishda hukmron bo’ldi.
Turli zamonaviy nuqtai nazarlardan assosiy holatlarni ajratib ko’rsatish
mumkin. Ular ijtimoiy menejmentning u yoki bu ilmiy maktablari asosida yotadi.
Turli xil ilmlarni tizimga solish maqsadida ilg’or xorijiy boshqaruv maktablarini
ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |