moddiylashgan natijalari o’rtasidagi qarama-qarshiliklar qiskarmayapti, balki
Zamonaviy dunyoning global qarama-qarshiliklaridan biri bo’lib, ijtimoiy
taraqqiyot sur’atlarining ilmiy texnikadan ortda qolib ketishi hisoblanadi. Fan va
13
texnika sohasidagi yutuqlar muvozanatlashtirilgan ijtimoiy kenglikni qurish uchun
qulay imkoniyatlar yaratmoqda. Zamonaviy texnik vositalar, gen injeneriyasi
usullari, meditsina yutuqlari insoniyatni kasalliklardan saqlashga, ochlarni
to’ydirishga qodir. Bu bir tomondan insonning tabiat ustidan cheksiz hukmronligi
istiqbolini ochsa, ikkinchi tomondan insoniyatning er yuzidagi hayot uchun ortib
borayotgan ma’suliyatidan dalolat beradi.
Afsuski, insonning tabiatga texnik va biologik ta’sirining tezligi va chastotasi,
uning resurslaridan ayovsiz foydalanishi, doimo o’sib boruvchi energiya ishlab
chiqarish sur’atlari oliy ne’matlar va insonning mavjudligi bilan hech mos
kelmasligi va aksincha, borgan sayin ular bilan qarama-qarshilik ortib bormoqda
va insoniyatga juda og’ir oqibatlar xavfini solmoqda. Agar ijtimoiy boshqaruv
sub’ektlari - Erdagi barcha xalqlar, ularning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy
institutlari texnik va biologik taraqqiyot o’sish sur’atlarini quvib o’tmasa,
ochilayotgan imkoniyatlarga etarlicha e’tibor bermasa, ijtimoiy rivojlanishni tabiiy
va texnik muhitning o’zgaruvchan tashqi sharoitlariga moslashtirmasa, yaqin
kelajakda insoniyatning halokati ehtimoli bor.
Bugungi kunda, dunyoning tirik qolishining asosiy sharti bo’lib, ijtimoiy
taraqqiyot sur’atlarini tezlashtirish, uning ijtimoiy etukligini oshirish, zamonaviy
fikrlashni, ijtimoiy kenglikda innovatsion resurslarini nazorat qilish shuningdek,
ijtimoiy menejment vositalarini nazorat qilishga kiritish hisoblanadi.
Zamonaviy dunyoda boshqaruvning asosiy sub’ektlari bo’lib siyosiy
institutlar,
davlat
hokimiyati,
alohida
siyosiy
etakchilar
hisoblanadi.
Tsivilizatsiyaning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyotning yo’nalishlari ko’p tomondan
ularning ijtimoiy madaniyati va siyosiy hulq-atvoriga bog’liq. Bundan ko’rinib
turibdiki, ularning faoliyati va fikrlash qobiliyati bugungi kunda yangi
madaniyatning to’ldirilishi, texnologik, gumanitar, ekologik, siyosiy, boshqaruv
tizimining barchasini tashkil etishning rivojlanishi nimaga asosan kechishi va
boshqaruvchanlikni talab etmoqda.
Tsivilizatsiya bugungi kunda shunday etuklik, aqliy tajriba boyligi
darajasiga etdiki, u xavf solayotgan ijtimoiy falokatlarni oldindan ko’rish,
portlashlarni oldini olish, o’tkir mojarolarni yumshatish, ularni o’z vaqtida hal
qilish uchun sharoit yaratish va albatta ijtimoiy taraqqiyot yo’lidan borishga qodir.
Ijtimoiy kenglikni muvozanatdan chiqaruvchi asosiy sabablar kanday?
Ular bir nechta:
1 insonni o’rab turuvchi iqtisodiy tuzilmalarni rivojlanmaganligi;
2 ijtimoiy ustivorlikning buzilishi;
3 jamiyat muammolarini echishni demokratik usullarini ta’minlab bera
olmaydigan siyosiy tuzumini shunday siyosiy tashkil qilish xarakteri;
4 past ma’naviyat, faoliyat yuritayotgan sub’ektlarning boshqaruv
14
madaniyati pastligi.
Oxirgisida batafsil to’xtalamiz. Bu borada ijtimoiy kenglikni muvozanatdan
chiqishga ikki omil ta’sir qiladi. Birinchidan, jamoaviy ongning shakllanmaganligi.
Ilmiy bilimlarni jamiyatni ijtimoiy loyihalashning innovatsion usullariga ta’sirini
ta’minlab beradi. Ikkinchidan, ilmiy mahsulotlarni ijtimoiy boshqaruv amaliyotiga
joriy qilayotgan barcha boshqaruv sub’ektlari tomonidan mavjud innovatsion
usullariga e’tibor berilmayotganligi. Bugunda bir-biri bilan bog’liq bu ikki omil
yaqqol ko’zga tashlanmoqda.
Shunday deyish mumkinki, sotsiologiya yangilanishni talab qilyapti. U
an’anaviy tashhis funktsiyalaridan doimo o’zgaruvchan ijtimoiy tizimni
o’rganishga o’tishi kerak. XX asrning oxiri XXI asrning boshi tezlashgan ijtimoiy
jarayonlar, dinamik ijtimoiy o’zgarishlar davri. Boshqaruvning innovatsion
usulisiz bizni biz bilmay milliy chegaralar talofati kutmoqda.
Shuning uchun, XXI asr chaqirig’iga munosib javob berish uchun ijtimoiy
kenglikni o’zlashtirishning innovatsion usuli, har xil ijtimoiy o’zgarishlarni faqat
o’rganib va oldindan aytib beribgina qolmay, balki amaliy hayotga faol ta’sir
qilish, bashorat qilingan ijtimoiy natijalarni olish, murakkab ijtimoiy tizimlarning
rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishga qodir vositalar izlash zarur.
Jamiyat holatiga, ijtimoiy kasalliklarga tashhis qo’yish emas, balki ijtimoiy
jarayonlar va hodisalarga ta’sir qilish, ularni loyihalash tobora sotsiologiyaning
predmetiga aylanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: