talablaridan orqada qolgan ijtimoiy boshqaruvning nazariya va uslubi yotadi.
Bu sohadagi ilmiy munozaralar, ijtimoiy resurslardan, ayniqsa, ularni loyihalash va
texnologiyalash bosqichida boshqaruv darajasining pastligi bundan dalolat beradi.
Ijtimoiy modellar, dasturlar va texnologiyalarni ishlab chiqish gumanitar
fanlarning vazifasi, lekin ijtimoiy kenglikni axborotlashtirish va texnologiyalashda
ularning roli kamaytirilgan. Ilmiy bilimning bu shakli o’z tahliliy, informatsion,
hamma byurokratik to’siqlarni olib tashlash, ularning erkin aylanishini ta’minlash,
ma’suliyatli echimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmiga ilmni
bu inqirozdan chiqish strategik sayin-harakatlar roli ortib boradi. Bu funktsiyani
15
strategik va taktik masalalar maqbul munosabatini, ularning bosqichliligini
aniqlashga qodir
ijtimoiy dasturlar, loyihalar bajaradi.
Ijtimoiy loyiha o’zida dasturnig shunday xilma-xilligini ko’rsatadiki, unda
nafaqat dolzarb yo’nalishlar, umumiy masalalar, balki maqsadga erishish
muddatlari, obyektning rivojlanishini chuqur o’rganish asosida bajaruvchilar
harakatlari va ijtimoiy normativlardan foydalanish aks ettirilishi kerak. Bir so’z
bilan aytganda, loyiha ijtimoiy masalalarni chuqur ishlab chiqish bilan
xarakterlanadi va nafaqat ijtimoiy tashhis, balki tashkiliy - boshqaruv (texnologik)
ta’minotni ham o’z ichiga oladi.
Deformatsiyalangan ijtimoiy boshqaruv vositalari va maqsadlardan boshlash
kerak. Shunisi qiziqki, rivojlangan mamlakatlarda zamonaviy ijtimoiy boshqaruv
nazariya va amaliyotiga - hayot ne’matlari ishlab chiqarish maqsadlaridan yuqori -
degan marksistik g’oya keng kirib keldi. Amerika va yapon adabiyotlarida
boshqaruv g’oyasi natijalar bo’yicha muhokama qilinadi va boshqaruvning
amerikancha tizimi maqsadlar (foyda,
daromad, kapital) bo’yicha qoniqarsizligi aytiladi.
Farbda natija tushunchasi deganda, inson omili, ijodiy imkoniyatlar,
rivojlangan fikrlash, tashkilotning rivojla-nishi, o’z-o’zini boshqarish, shaxslararo
munosabatlarni mustah-kamlash tushuniladi va ayniqsa natijaning ijtimoiy qismini
olish mexanizmi ishlab chiqiladi. Bu mexanizm odamlarni boshqarishga emas,
balki, insonning aqliy va jismoniy kuchlarini erkin rivojlanishi uchun sharoit
yaratishga, yashash sifati, ijtimoiy tizimni tashkil etish darajasini oshirishga,
mehnatni direktiva, ko’rsatmalar bilan emas, balki, mehnatnig o’zi, uning ijodiy
mazmuni, moddiy va ma’naviy omillar bilan rag’batlantirishga yo’naltirilgan.
Farbda joriy qilinayotgan ijtimoiy boshqaruv tizimlari, shuningdek, natijalar
buyicha (fan tajribasi) ham nafaqat ijtimoiy natijaga erishishga, balki, uning
natijasini boshqaruv-tashkiliy tomondan ta’minlashga yo’naltirilgan.
Ijtimoiy menejmentning mohiyati shundan iborat bo’lib, uning zamonaviy
nazariya va amaliyoti shakllanmoqda.
Shunday qilib, zamonaviy usullar yordamida ijtimoiy resurslar va ijtimoiy
qobiq, ijtimoiy jarayonlarni samarali boshqarish zaruriyati hakida fikr
yuritilmoqda.
Qisqa xulosalar
Ilg’or o’zgarishlar davri – menejerlik inqilobi davri. Menejerlik inqilobining
sabablari. Boshqaruv madaniyatining yangi ko’rinishlari va ularning mazmuni va
mohiyati. Tashkilotchilik madaniyati.
Do'stlaringiz bilan baham: