Brokerlik firmalari, xususiy, tadbirkorlik korxonalari bo‘lib, mas‘uliyati
cheklangan jamiyat, hamkor korxona(tovarishchestvo), shaxsiy-xususiy korxonalar
shaklida bo‘lishlari mumkin.
107
Brokerlik firmalari yuridik (huquqiy) shaxs maqomiga ega bo‘lmasliklari,
biron-bir korxona, tashkilotning tarkibiy qismi bo‘lishlari ham mumkinligi Rossiya
Federeatsiyasining ―Tovar birjalari haqida‖gi qonunida e‘tirof etilgan.
Odatda brokerlik xizmatlari faoliyatlari quyidagi funktsiyalarini bajarishga
yunaltirilgan bo‘ladi:
1.
Birjada buyurtmachi buyurtmasi bo‘yicha birja bitimlari bitishda birja
vositachiligini amalga oshirish (faqat etarli darajadagi malakaga egaligi haqidagi
guvoxnomasi va attestati mavjudligida).
2.
Birjadan tashqaridagi vositachilik ya‘ni birjadan tashqarida bitilayotgan oldi-
sotdi shartnoma-bitimlarida vositachilik qilish;
3.
Birja va marketing faoliyatlarii yuzasidan turli maslaxatlar berish, zarur tijorat
axborotini yigish;
4.
Bitilgan bitimlar bo‘yicha zarur hujjatlarni rasmiylashtirish;
5.
O‘zbekiston Respublikasi amaliy qonunlari va me‘yoriy hujjatlarga zid
bulmagan boshqa funktsiyalarni bajarish imkoniyatiga egadir.
Birja faoliyatida brokerlik xizmatidan foydalinish mijozlarga quyidagi
imtiyozlarni beradi.
1.
O‘z shaxsiy harajatlarini oshirmay turib, savdo operatsiyalari xajmini sezilarli
darajada o‘sishiga erishish;
2.
Yukori malakali savdo personali xizmatidan foydalanish imkoniyati paydo
bo‘ladi;
3.
Savdo operatsiyalariga brokerlik firmalar xizmatini jalb etish, xizmat
harajatlarini savdo xajmidan ma‘lum protsent miqdorida hisoblash imkoniyatini
beradi.
Brokerlik firmalar xizmatining ahamiyati ayniqsa, fond birjalarida kattadir.
1. Mijozlar aksiyalar sotib olish chog‘ida, shubhali shaxslar xizmatidan
foydalanib, betayin-beqaror narxlarda emas, balki shu kungi savdolarda shakllangan
narxlarda obro‘li aksiyalar xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
2. Korxonalar, fuqorolarni bo‘sh yotgan jamg‘arma pul mablag‘larini qimmatli
qog‘ozlar bozoriga faol jalb qilish evaziga milliy iqtisodni rivojlantirish
imkoniyatlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.
108
Birja ishida vositachilik faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday faoliyatni,
asosan, investitsiya vositachilari o'zlarining qo'l ostidagi treyderlari yordamida
amalga oshiradilar.
Shuningdek, investitsiya vositachilari (broker-dilerlar) fond bozorining
professional ishtirokchilari ichida ko'p sonli va eng tajribali guruhni tashkil etadi.
Vositachilik yoki topshiriq shartnomasi yoxud mijozning vositachisi yoki
ishonchli vakili sifatida qimmatli qog'ozlarga doir bitimlarni tuzish uchun berilgan
ishonchnoma asosida ish olib boruvchi yuridik shaxs brokerdir.
Mijozlarning bitimlar tuzish uchun brokerga berilgan qimmatli qog'ozlari va pul
mablag'lari, shuningdek, broker tomonidan shartnomalar asosida mijozlar bilan
tuzilgan bitimlar bo'yicha olingan qimmatli qog'ozlar va pul mablag'lari broker
tegishincha Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysida va bankda ochadigan
(ochiladigan) alohida hisobvaraqda (hisobvaraqlarda) turishi kerak.
Broker o'ziga mijozi tomonidan topshirilgan pul mablag'laridan, mijozga uning
topshiriqlari ko'rsatib o'tilgan pul mablag'lari hisobidan bajarilishini yoki ular
mijozning talabiga binoan qaytarilishini kafolatlagan holda o'z manfaatlarini ko'zlab
foydalanishga, agar bu mijoz bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa,
haqlidir.
Brokerga pul mablag'laridan o'z manfaatlarini ko'zlab foydalanish huquqini
bergan mijozlarning pul mablag'lari brokerga bunday huquqni bermagan
mijozlarning pul mablag'lari turgan hisobvaraqdan (hisobvaraqlardan) alohida
bo'lgan hisobvaraqda (hisobvaraqlarda) turishi kerak. Broker o'z pul mablag'larini
bu hisobvaraqqa (hisobvaraqlarga) o'tkazishga haqli emas, Qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda pul mablag'larini mijozlarga qaytarish va (yoki) mijozlarga qarz
berish hollari bundan mustasno.
Broker har bir mijozning pul mablag'lari hisobini yuritishi, qimmatli qog'ozlarga
doir bitimlar va operatsiyalarni faqat mijozning topshirig'iga binoan va u bilan
tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshirishi, amalga oshirilgan bitimlar va
operatsiyalar to'g'risida unga hisobot berib borishi shart.
Qimmatli qog'ozlarni sotib olish va (yoki) sotish narxini oshkora e'lon qilish
orqali ushbu qimmatli qog'ozlarni o'zi e'lon qilgan narxlarda sotib olish va (yoki)
109
sotish majburiyati bilan o'z nomidan hamda o'z hisobidan qimmatli qog'ozlarga doir
oldi-sotdi bitimlari tuzuvchi yuridik shaxs dilerdir. Diler qimmatli qog'ozlar
narxidan tashqari ularga doir oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlarini:
sotib olinadigan va (yoki) sotiladigan qimmatli qog'ozlarning eng kam va eng ko'p
miqdorini, shuningdek, e'lon qilingan narxlarning amalda bo'lish muddatini oshkora
e'lon qilish huquqiga ega. Ushbu e'londa qimmatli qog'ozlarga doir oldi-sotdi
shartnomasining boshqa muhim shartlari ko'rsatilmagan taqdirda, diler o'z mijozi
taklif qilgan muhim shartlar asosida shartnoma tuzishi shart. Diler qimmatli
qog'ozlar oldi-sotdi shartnomasini tuzishdan bo'yin tovlagan taqdirda, unga nisbatan
shunday shartnoma tuzishga majbur qilish haqida va (yoki) mijozga yetkazilgan
zararlarning o'rnini qoplash to'g'risida da'vo qo'zg'atilishi mumkin.
Yuridik shaxsni — investitsiya vositachisini tugatish faqat qimmatli qog'ozlar
bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi investitsiya vositachisi o'z
mijozlariga tegishli bo'lgan qimmatli qog'ozlarni qaytarganligini yozma ravishda
tasdiqlaganidan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Birja boshqaruvi tomonidan belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan birja a'zolari
birja bitimlarining ishtirokchilari hisoblanadi. Birja a'zosining faqat birjada
muayyan qoidalarga muvofiq ro'yxatdan o'tgan va ishonchnoma asosida faoliyat
yurituvchi treyderlari birja a'zosi nomidan bitimlar tuzish huquqi bilan birja
savdolarida ishtirok etishi uchun ruxsat beriladi.
Birja a'zosi o'zining treyderi (treyderlari) tomonidan birjada amalga
oshiriladigan barcha harakatlar uchun javobgardir. Treyderlarning noto'g'ri yoki
ruxsat etilmagan harakatlari natijalari uchun birja javobgar emas.
Birja savdo zaliga birja savdolarida bitim tuzmaslik sharti bilan kirish uchun
quyidagilarga ruxsat beriladi:
-
birjaning bosh makleri;
-
birja maklerlari;
-
savdo tizimining belgilangan tartibdagi faoliyatini ta'minlovchi birja
mutaxassislari;
-
birja boshqaruvi raisi, uning o'rinbosarlari;
110
-
qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat
organining vakolatli vakillari;
-
qonunda ko'zda tutilgan tartib va hollarda boshqa shaxslar. Savdolarni
vaqtinchalik to'xtatib qo'yish va to'xtatish huquqi bilan savdolar jarayoniga tezkor
aralashish huquqiga keyinchalik o'z harakatlarini yozma rasmiylashtirish bilan, birja
boshqaruvi raisi, uning o'rinbosarlari, birjaning bosh makleri, qimmatli qog'ozlar
bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organining vakolatli vakillari ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |