«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


Axborotlashtirilgan boshqaruv tizimlari



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/491
Sana15.01.2022
Hajmi4,91 Mb.
#367681
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   491
Bog'liq
Ijtimoiy menejment

8.4.Axborotlashtirilgan boshqaruv tizimlari 

 

Axborotni  yig’ish  va  qayta  ishlash  jarayoni  elektron  hisoblash  texnikasini 

qo’llash  natijasida  sifat  jihatdan    o’zgaradi.  Elektron  hisoblash  texnikasining 

muhim ahamiyati shundan iboratki, u tarixiy paradoksni echish uchun texnik baza 

bo’lib    xizmat  qiladi.  Zamonaviy  ishlab  chiqarish,  texnika  va  ilm  fan  insondan 

shunday  tezlik  talab  qiladiki,  bu  uning  jismoniy  va  psixologik  imkoniyatlari 

chegarasidan  yuqori.  Elektron  hisoblash  texnikasi  katta  hajmdagi  axborotlarni 

tezlik  bilan  qayta  ishlashni  ta’minlaydi  va  rahbarlarga  boshqaruv  qarorlarini 

tayyorlash va qabul qilishda yordam beradi. 

Elektron  hisoblash  texnikasining  keng  imkoniyatlari  avtomatlashtirilgan 

boshqaruv  tizimlarida  yanada  to’liq  amalga  oshiriladi.  Ular  boshqaruvning  ilmiy 

asoslanganligini  chuqur-lashtiradi,  chunki:    qarorlar  qabul  qilish  rahbarning 

sub’ektiv  fikri  va  xissiyotiga  bog’lik  emas,  balki    foydalanilgan  amaldagi  va 

kutilayotgan 

xolatlarning 

miqdor 


xarakteristikalarida 

asoslanadi. 

Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari rahbari-yatni  katta joriy ishlarni mexanik 

bajarilishidan ozod qilishga va muhim  istiqbolli boshqaruv masalalarini ijodiy hal 

qilishga  e’tibor  qaratishga  yordam  beradi.  Avtomatlash-tirilgan  boshqaruv  

tizimlari  boshqaruv  tezkorligini    oshirib,  boshqaruv  jarayonida  insonning  faol 




83 

 

ishtirokini  nazarda  tutadi.  Aynan  inson  qo’shimcha  axborotni  hisobga    olib,  turli 



variantlar bahosi asosida ohirgi hal qiluvchi qarorni qabul qiladi.  

Zamonaviy  ilm-fan    va  texnika    insonni  rad  etmay  va  uni    almashtirmay, 

ijtimoiy jarayonlarni boshqarishda katta rol o’ynaydi. Davriy fan-texnika yutuqlari 

boshqaruvni  maqbul-lashtirish,  boshqaruv  muammolarini  echish  jarayonlarini 

muvo-fiqlashtirishda

 

yangi  imkoniyatlarni  ochadi.  Tabiiyki,  bu  imkoniyatlar 

ijtimoiy munosabatlar xarakteriga bog’lik holda turlicha amalga oshiriladi.  

Bu  yo’nalishda  elektron  hisoblash  texnikasining    imkoniyat-lari  haqiqatdan 

ham  juda  katta.  EHMlarni  boshqaruvda  etarlicha  qo’llanilmasligini  sabablaridan 

biri  shundan  iboratki,  ular  ma’muriy  tizimlar  faoliyatini  yaxshilash  uchun 

ishlatiladi,  lekin  ijodiy  masalalarni  hal  qilishga  mo’ljallanmagan.  Buni  EHMlarni 

boshqaruvda  qo’llash  tajribasini  o’tkazgan  amerikalik  tadqiqotchilar  ham  tan 

olishadi.  EHMlar  amerikaliklar  biznesida  ma’muriy  va  hisob  ishlarini  bajargani 

bilan,  ular  hozirgacha  kompaniyalarning  muhim  tezkor  muammolariga  etarlicha 

ta’sir  qila  olmaydi.  Aynan  shu  erda  EHMning  o’lkan  salohiyatli  imkoniyatlari 

yotibdi. 

Hozir  echilishi  kerak  bo’lgan  asosiy  nazariy  va  amaliy    muammo  shundan 

iboratki,  boshqaruv  bo’yicha  muhim  faoliyat  -  strategik  qarorlar  qabul  qilishga 

zamonaviy  boshqaruv  texni-kasini  qanday  kiritishi  kerak.  Bu  boshqaruvda  tub 

o’zgarish uning samaradorligini sifatli oshirish manbai bo’ladi.  

Elektron  hisoblash  texnikasining    axborotni  qayta  ishlash  va  qarorlar  qabul 

qilish  jarayonida  rolining  ortishi  taxlil  va  qarorning  insoniy  uslublari  chetlatiladi 

degani  emas.  Bunday  uslublar  sirasiga  axborotni  filtrlash  va  baholash,  muqobil-

larini  tanlash    model  va  raqamli  shakllardan  foydalanish  kabilar  kiradi.  Baholash 

va  qaror  qabul  qilish    inson  uslublari  keyin  ham  o’z  ahamiyatini  saqlab  qoladi, 

lekin elektron hisoblash texnikasi ochib beradigan imkoniyatlar hisobiga boyitiladi 

va kuchaytiriladi. 


Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   491




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish