IV. BINO VA INShOOTLAR KADASTRINI YuRITIShNI TAShKIL ETISh
21. Mazkur Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar to‘plangach va ro‘yxatidan o‘tkazilgach bino yoki inshoot kadastr rejasida belgilanadi. Kadastr rejasi xaritalar va rejalarning 1:100 dan 1:10000 gacha bo‘lgan masshtab qatoridan iborat bo‘ladiki, bu ro‘yxatdan o‘tkaziladigan obyektlarning joylashuvi va asosiy parametrlarining ko‘rgazmali chizma belgilanishini ta’minlaydi.
22. Bino va inshootlar ma’lumotlari asosida tuman, shahar geofondlari yuritiladi. Tuman, shahar geofondlari — binolar va inshootlarning topografiya-geodeziya, kartografiya, mahandislik-geologiya, gidrogeologiya, ekologiya, sanitariya-gigiyena, sotsiologiya, loyihalash-rejalashtirish, tarixiy-madaniy, stixiyali ofatlar va texnogen falokatlari, texnik inventarizatsiyalanganligi va pasportlashtirilganligi, mikroseysmik rayonlashtirilganligi va seysmik turg‘unligiga oid zamonaviy va tarixiy geoaxborot ma’lumotlari omboridir.
23. Tuman, shahar binolari va inshootlari to‘g‘risidagi kadastr ma’lumotlarining kompyuter bazasi tuman, shahar binolari va inshootlarining kadastr, daftariga kiritilgan ma’lumotlari asosida tuziladi.
Binolar va inshootlar to‘g‘risidagi kompyuter ma’lumotlari Qorqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha yilning har choragida umumlashtiriladi va bir tizimga solinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining binolar va inshootlar to‘g‘risidagi kompyuter kadastr ma’lumotlari asosida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha binolar va inshootlar to‘g‘risidagi kadastr ma’lumotlarining bir tizimga solingan kompyuter bazasi shakllantiriladi.
Ma’lumotlarning kompyuter bazasi binolar va inshootlarni klassifikatsiyalashning quyidagi belgilar bo‘yicha obyektlarning guruhlari bo‘linishi asos qilib olinadigan yagona tizimi bo‘yicha shakllantiriladi: binolar va inshootlarning maqsad yo‘nalishi, mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarda, shuningdek qurilish-texnik tavsiflari bo‘yicha hududiyligi, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishliligi.
(23 — 25-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qaroriga asosan 21 — 23-bandlarga almashtirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
24. Binolar va inshootlarning 31-dekabrdagi holati bo‘yicha kadastr ma’lumotlari “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan har yili tumanlar, shaharlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha nashr etiladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qaroriga asosan 24-bandga almashtirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Nizomga ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |