Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV



Download 76,7 Kb.
bet2/5
Sana26.06.2022
Hajmi76,7 Kb.
#705298
1   2   3   4   5
Bog'liq
278 02.06.1997 (1)

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 2-iyun,
278-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyundagi 278-son qaroriga
1-ILOVA
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1. UMUMIY QOIDALAR
1. Binolar va inshootlar davlat kadastri hududiy prinsip bo‘yicha tashkil etiladi va bu obyektlarning huquqiy, xo‘jalik va arxitektura-qurilish maqomi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizimini mujassamlashtiradi.
Binolar va inshootlar davlat kadastri binolar va inshootlardan samarali foydalanishni va ularni muhofaza qilishni, mulk egalarining va bu obyektlardan boshqa foydalanuvchilarning huquqlarini, shuningdek binolar va inshootlarga egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash uchun yuritiladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
2. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bo‘yicha munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va mazkur Nizom bilan tartibga solinadi.
Davlat shaharsozlik kadastrini, davlat yer kadastrini, foydali qazilma konlari davlat kadastrini, ko‘p yillik o‘simliklar davlat kadastrini yuritish bo‘yicha munosabatlar boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
3. Binolar va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlari barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy yuridik kuchga egadir. Kadastr hujjatlari binolar va inshootlar bilan fuqarolik-huquqiy bitishuvlarni amalga oshirishda, ularni loyihalashtirishda va boshqa yuridik harakatlarda huquqiy, iqtisodiy va texnik ma’lumotlar sifatida qabul qilinishi kerak.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 52-son, 587-modda)
4. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bu obyektlar to‘g‘risidagi kadastr ma’lumotlarini shakllantirishdagi ishonchli hujjatlar va boshqa ma’lumotlardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
5. Binolar va inshootlar to‘g‘risidagi kadastr ma’lumotlari mulk egalari, ularga ashyoviy huquqlarga ega bo‘lgan shaxslar, uchinchi shaxslar, davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ va boshqa davlat organlari tomonidan sudda talashilishi mumkin.
6. Binolar va inshootlarning davlat kadastrini yurituvchilar hamda bunda qonun buzilishlarini aniqlaganlar, bu haqda tegishli davlat organlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokuraturaga xabar berishga majburdirlar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
7. Mulk egasi bo‘lgan binolar va inshootlarga ashyoviy huquqlarga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar ularga tegishli bo‘lgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlarga ega bo‘lishlari shart.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Bino va inshootni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiyati mulk egasiga yoxud bino yoki inshootga ashyoviy huquqlarga ega bo‘lgan shaxsga yuklanadi. Ular bino yoki inshootni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha barcha yoki ayrim majburiyatlarini uchinchi shaxslarga yuklashlari mumkin. Bu huquqlarni va majburiyatlarni ro‘yobga chiqarish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan shaxslar yoki ular tomonidan vakolat berilgan shaxslar bino yoki inshootga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar paydo bo‘lgandan, o‘zgargandan va to‘xtagandan yoxud huquqiy holati o‘zgargandan keyin bir oy muddatda bino va inshootga kadastr yig‘majildini tayyorlash va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga, huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanoma berishlari shart.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
9. Tumanlar va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar bo‘yicha binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallariga yuklanadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha kadastr ma’lumotlarini umumlashtirish tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
Umuman respublika bo‘yicha kadastr ma’lumotlarini umumlashtirish, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlik qilish, shu jumladan ularni metodik jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
10. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yurituvchi organlar kadastr hujjatlarini va kadastr ma’lumotlarini ruxsatsiz olish va oshkor etishdan himoya qilinishini ta’minlashlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
11. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bo‘yicha ishlar ko‘chmas mulkka kadastr hujjatlarini tayyorlaganlik uchun to‘lanadigan mablag‘lar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-noyabrdyagi 309-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 46-son, 551-modda)
Davlat mulki bo‘lgan obyektlar bo‘yicha binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ishlari davlat budjeti mablag‘lari hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)

Download 76,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish