5
Mavzu: Yunon adabiyotining ibtidoiy davri
Reja
:
1.Antik adabiyotning tarkibi, uning jo`g‟rofiy o`rni va davrlari.
2. Yunoniston adabiyotining taraqqiyot bosqichlari.
3.Homer va Hesiod eposlari..
4.Mil.av.gi VII – VI asrlarda Yunoniston lirikasi.
5.Antik adabiyotning tarixiy ahamiyati.
“Antik” so`zi lotincha “antiqus” so`zidan olingan bo`lib, “qadimgi” degan ma`noni
bildiradi. Antik adabiyot atamasi butun jahon adabiyotining
qadimgi davriga nisbatan emas, balki
faqat Evropa adabiyotining qadimgi davriga nisbatangina ishlatiladi. Bu adabiyot ikki xalq
tomonidan yaratilgan bo`lib, o`z tarkibiga ko`ra ham ikki shoxobchadan tashkil topgan: 1.
Yunoniston
adabiyoti; 2. Rim adabiyoti. Ulardan dastlabkisi Yunon tilida, keyingisi esa lotin tilida
vujudga kelgan. Antik adabiyot urug‟-jamoa va quldorlik ijtimoiy-iqtisodiy
tuzumida yuzaga kelib,
shakllandi va rivojlandi. Qadimgi Yunonlar Bolqon yarim orolining janubi, egey dengizining orollari
hamda Kichik Osiyo qirg‟oqlarini maskan tutgan edilar. Qadimgi rimliklar esa dastavval Rim
tevaragi,
shuningdek,
O`rta
Italiya
(Latsium)dagi
uncha
katta
bo`lmagan
hududni
egallagandilar.Keyinchalik esa butun Italiyani, O`rta
Er dengizi mamlakatlarini, chunonchi,
Yunonistonni, va nihoyat o`sha davrda ma`lum bo`lgan Evropaning barcha mamlakatlari hamda Old
Osiyoning hamma davlatlarini o`zlariga qaram qilib oladilar. Yunon adabiyotining ilk yozma
obidalari milod.av.gi
VIII asrga, Rim adabiyotining ilk yozma obidalari esa milod.av.gi III asrga
mansubdir. Milodiy V asrda Rim imperiyasining qulashi bilan Evropa tarixining qadimgi davri
nihoya topadi. Yunoniston va Rim adabiyotining tugallanishi ham aynan mana shu davrga to`g‟ri
keladi.
SHunday qilib, antik adabiyot juda katta davrni,ya`ni 1300 yilni qamrab oladi.
Antik adabiyot quyidagi uch davrga bo`lib o`rganiladi: 1. Klassikagacha bo`lgan davr (eng
qadimgi zamonlardan mil.av.gi VIII asrgacha); 2. Klassik davr (mil.av.gi VII asrdan IV asrgacha); 3.
ellin – Rim davri (mil.av.gi III asrdan milodiy V asrgacha). Yunoniston va Rim adabiyoti ham
ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot bilan bog‟liq tarzda o`z ichida bosqichlarga bo`linadi.
Biz Rim
adabiyotining bosqichlari haqida keyinchalik ma`lumot berishimiz sababli hozircha Yunoniston
adabiyotining bosqichlari haqida to`xtalish bilan kifoyalanamiz. Bu adabiyot quyidagi bosqichlarga
bo`linadi: 1. Ibtidoiy davr (eng qadimgi zamonlardan mil.av.gi VI asrgacha); 2.
Attika davri
(mil.av.gi V-IV asrlar); 3. ellinizm davri (mil.av.gi III-I asrlar); 4. Rim hukmronligi davri (milodiy I-
V asrlar).
Ba`zi bir tadqiqotlarda Yunoniston adabiyotining genezisi haqida noto`g‟ri fikrlar bildiriladi.
CHunonchi, A.Alimuhammedovning “Antik adabiyot tarixi” darsligida:
Do'stlaringiz bilan baham: