SIVILIZATSIYA (lot. cuvilis) - fuqarolikka, davlatga taalluqli),
tamaddun - 1) keng ma’noda - ongli mavjudotlar mavjudligining
har qanday shakli; 2) madaniyat so‘zining sinonimi. Bu
termin ko‘pincha moddiy madaniyat ma’nosida ham qollaniladi;
318
3) madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi
(Misr S.si, Mesopotamiya S.si va b.); 4) yovvoyilik va vahshiylikdan
kcyingi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi.
SIRK (lot. circus doira, ay/ana) - san’at turi. Akrobatika,
gimnastika, ckvilibristika, klounada, jonglyorlik, polvonlik, illyuzionizm,
ot o‘yinlari, dorbozlik, hayvon o'rgatish kabi janrlarni o‘z
ichiga oladi. Sirk artisti aql bovar qilmaydigan o'yinlar ko‘rsatib,
insonning cheksiz imkoniyatlarini namoyish etadi, uning aqli, epchilligi,
jasurligi, kuch-qudratini ulugMaydi va S.ning o'ziga xos
badiiy ifoda vositalari orqali ruhan va jismonan barkamol insonning
umumlashgan badiiy obrazini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |