SHE’R (arab, shuur - sezgi) - likrning his-tuyg‘uga qorishiq
ifodasi sifatida vujudga kelgan, hayajonli she’riy nutq bilan ifoda
etilgan, ma’lum ichki ohangga ega badiiy asar. ≪SH.≫ atamasi
o‘rniga ba’zan ≪nazm≫ so‘zi ham qoMlanadi.
SHE’RIYAT, poeziya - she’riy asarlar majmui. Dastlab SH.
deyilganda, umuman badiiy adabiyot tushunilgan. SH. badiiyatga
daxldor sanalgan. Insoniyat tarixida faqat she’r shaklida yozilgan
bitiklargina so‘z san’atiga tegishli hisoblab kelingan.
EKSPOZ1TSIYA (lot. Expositio - ko'rsatish, bayon etish) -
badiiy asar, moddiy madaniy yodgorliklar, tarixiy hujjat va b.ning
ko‘rgazma va muzey zallarida yoki ochiq joylarda ma’lum tizimda
joylashtirilishi. Doimiy va davriy E.ning maqsadi barcha eksponatlarni
ularning badiiy va ilmiy qiymati, tarixiy badiiy jarayondagi
o‘rni, material laming ahamiyatini mukammal yoritib berishdir. E.
erkin yoki tomoshabinlarning tanishish yo'nalishlarini hisobga olgan
holda tuziladi. Zamonaviy sharoitda E. eksponatlarni saqlash
qoidalariga javob beradigan maxsus uskunalar, eksponatning
qisqacha xarakteristikasi hamda E. xususiyatlari, asarlari bayon
qilingan ixcham matnlar bilan ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |