1. Ijtimoiy hayot sohalarini aks ettirishiga qarab qarab – moddiy-iqtisodiy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar, diniy qadriyatlar, ma’naviy qadriyatlar.
2. Keng ko’lamliligi va miqyosiyligiga qarab – inson qadriyati, shaxsiy qadriyatlar, jamoaviy qadriyatlar, milliy qadriyatlar va umuminsoniy qadriyatlar.
3. Ahamiyatlilik darajasiga qarab – zarur qadriyatlar, asosiy qadriyatlar, oliy qadriyatlar.
Xalq og’zaki ijodiyotining namunalari bo’lgan ertaklar, rivoyatlar va dostonlar bilan tanishar ekanmiz, xalqda voqyealarni oldindan kura biluvchi ajoyib qobiliyat va iste’dod bor ekanligini, u hyech qachon orzu umidsiz yashamaganligini, har doim kelajak tomon intilganligini anglab olamiz.
Har qanday mif, ertak va afsonaning, qadimgi rivoyatning zamirida xalqning muayyai maksad va niyatlari, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga bo’lgan munosabatlari, mehnat mashaqqatlarini yengillashtirish, mehnat unumdorligini oshirish va turmush sharoitlarini yaxshilashga bo’lgan intilishlari yashirinib yotgan bo’ladi. Ular xalq ommasining daxosi, uning talab va ehtiyojlarn asosida vujudga kelishi bilan bir qatorda, o’z navbatida ularning o’zi kishilarning ma’naviy, akliy, axloqiy taraqqiyotiga turtki vazifasini ham o’tagan; mehnatni sevishga o’rgatgan, tabiatning xatarli kuchlariga qarshi kurashish va ularni oldini olishda kishilarga yordam bergan, olamda ro’y berib turadigan murakkab hodisa va jarayonlar sir asrorlarini bilib olishga da’vat etgan, inson, fikri, tafakkuri va hayolotini o’tmishdan kelajakka tomon tortgan, hayotiy sevishga chorlagan.
Miflar, ertak va rivoyatlar, termalar, dostonlar, barcha folklor asarlari o’tmishning eng katta tarixiy xujjati, ajdodlarimizdan bizga qolgan nodir boylikdir. Jamiki san’at asarlari va madaniyat yodgorliklarini hyech ikkilanmay inson ko’nglidagi shodlik va quvonchning, g’am va anduhning ifodasi, inson aql idroki diniy komusi, bitmas tuganmas xikmatlar xazinasi, deb aytish mumkin.
Markaziy Osiyo xalqlari og’zaki ijodiyotining eng qadimgi turlaridan biri — mifdir. Yaxshilik bilan yomonlik nur bilan zulmat, baxt bilan baxtsizlik urtasidagi kurash va bu kurashda ezgulikning yovuzlik ustidan g’alaba qozonishi xaqidagi g’oya dunyoning boshqa xalqlarida bo’lganideq bizning miflar uchun ham xarakterlidir. Qayd etilishicha, yaxshilik olamiga Axuramazda, yomonlik olamiga esa Axriman boshchilik qiladi, baxt va baxtsizlik hayot va mamot shu qarama-qarshi kuchlar o’rtasidagi kurash va uning oqibatlariga bog’lik. Yaxshilik va yomonlik kuchlari o’rtasidagi jangu jadallar ezgulik uchun kurashadigan Mitra, Anaxita, Kayumars, Jamshid, Gershasp obrazida va baxtsizlik timsoli bo’lgan Axriman, dev, ajdar, jinlar bilan borlik miflarda o’z ifodasini topgan.
Ezgulik miflarida Mitra kishilarga nur, issiqlik baxt saodat baxt etadigan, dushmanlarga dahshat soladigan, kishilarni ofatdan qutqaradigan quyosh xudosi sifatida, Anaxita esa yer, suv va xosil ma’budasi, qaxramonlarga kuch-quvvat va muvaffaqiyat baxsh etuvchi tarzida tasvirlanadi. Miflarda tasvirlanishicha, Qayumars Axuramazda tomonidan yaratilgan birinchi odam va insoniyat ibtidosidir. Jamshid — Yima — adolatli xukmrondir. Yimaning xukmronlik davri oltin davr hisoblanadi. U davrda odamlar go’yo o’lim va qarilik nimaligini bilishmagan. U yer yuzini uch baravar kengaytiradi, chorvani va turli xil kushlarni nihoyatda ko’paytiradi.
Eng qadim zamonlarda asotirlar, rivoyatlar, qahramonlik dostonlari, xalq og’zaki ijodining boshqa janrlarida milliy erk va vatan himoyasi uchun
jonni ayamaslik, o’zaro birlik, jipslik g’oyalari eng muhim qadriyat sifatida ifodalangan. Shuning uchun ham «Alpomish», «Go’ro’g’li», «Rustamxon», «Kuntug’mish» epik dostonlari, To’maris, Muqanna, Shiroq haqidagi rivoyatlar, adabiy merosimizning boshqa namunalarida ma’naviy qadriyatlarimizning birlamchi fundamental asoslari aks etgan. Ularni bugungi mustaqillik g’oyalarining qadim ildizlari deb dadil aytish mumkin. Mazkur manbalarda ota-bobolarimizning eng ulug’ orzu va maqsadlari, ishonch va umidlari muhrlanib qolgan. Biz, shubhasiz, O’zbekistonning buyuk kelajagini yaratishga bel bog’laganimizda, avvalambor, ajdodlarning ma’naviy merosiga tayanamiz. Zotan, xalqning ma’naviy merosida mash’aladek porlab turgan g’oyalar biz shunday erksevar, matonatli, mehnatkash va bag’rikeng xalqning davomchi vorislarimiz degan ishonchni mustahkamlaydi. O’z mustaqilligini qadam-baqadam yuksaltirib borayotgan xalqimizning ma’naviy qiyofasini qayta gavdalantirish imkonini beradi. Buyuk madaniy, adabiy merosga ega xalqning kelajagi ozod va farovon bo’lmog’i zarur degan rag’batni kuchaytiradi.
Xalq orzu-intilishlari, ijtimoiy va ma’naviy ideallarini aks ettirishda qadimiyligi, ijtimoiy-g’oyaviy ahamiyati, keng tarqalishi, ta’sirchanligi jihatidan og’zaki ijod namunalari alohida ajralib turadi. Bu mifologiyaga ham, ertak va dostonlarga ham, maqol va naqllarga ham xos. Albatta, xalq og’zaki ijodi janrlarining ma’naviy qadriyatlarni ifodalash va aks ettirish imkoniyatlari bir xil emas. Lirik janrlarda (qo’shiq, lapar va hokazo) ko’proq estetik va ba’zi bir axloqiy qadriyatlar o’z aksini topgan bo’lsa, qahramonlik eposlarida o’z zamonasi qadriyatlarining butun rang-barangligi qamrab olinadi. Chunki qahramonlik eposida estetik qarashlar bilan bir qatorda axloqiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, harbiy, etnik, maishiy va boshqa turli munosabatlar, qarashlar, baholar, mezonlar nisbatan keng va batafsil ifodalanishi mumkin.
Qahramonlik eposlari vujudga kelishi ma’lum tarixiy davrda urug’ va qabilalarning birlashib elatlarga aylanishi jarayonida o’zligini, o’z manfaatlarini anglash darajasi o’sishi va umumiy yovga qarshi kurashda birlashishi bilan bog’liq. Shu bois milliy istiqlol g’oyasining qadim ma’naviy ildizlarini eng avvalo o’zbek xalqining qahramonlik eposlaridan izlash lozim. Shuningdek, qisqa mujassam obrazli shaklda xalq maqollari va aforizmlarida ifodalanadi: «Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar», «To’rtovlon tugal bo’lib, o’nmaganni o’ndirar, o’novlon tarqoq bo’lib, og’zidagin oldirar», «O’zga yurtda sulton bo’lguncha, o’z yurtingda ulton bo’l», «Botir bir marta o’ladi, qo’rqoq har kuni o’ladi», «Tuqqan yerda tug’ing tik», «Vatanning vayronasi - umrning g’amxonasi», «Suvning oqishiga qara, xalqning xohishiga qara», «Ayron osh bo’lmas, nodon - bosh», «Yov makrini yolg’on yashirar», «Joningni fido qilsang qil, nomusingni fido qilma», «Aqlli aqlliga yo’ldosh, yomon yomonga ko’ldosh», «Qayrag’och qalin bo’lsa, yomg’ir o’tmas, og’a-ini totuv bo’lsa, xo’rlik yetmas», «Qal’a ichidan olinar»1 kabi maqollarni eslash mumkin.
O’zbek xalqi orasida qadimgi davrlardayoq keng tarqalgan dostonlardan biri «Alpomish»dir. Ilmiy manbalarda mazkur dostonning 100 dan ortiq variantlari borligi qayd etilgan. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida «Alpomish» dostonining tarix va bugungi kun uchun ahamiyatini ochib berdi: «Alpomish» dostoni millatimizning o’zligini namoyon etadigan, avlodlardan-avlodlarga o’tib kelayotgan qahramonlik qo’shig’idir. Agarki, xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo’lsa, «Alpomish» ana shu dostonning shoh bayti, desak, to’g’ri bo’ladi. Bu mumtoz asarda tarix to’fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, o’zligini doimo saqlagan el-yurtimizning bag’rikenglik, matonat, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlari o’z ifodasini topgan.
Shu bois «Alpomish» dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo’y bo’lishga, o’z yurtimizni, oilamiz qo’rg’onini qo’riqlashga, do’stu yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o’rgatadi».2
«Alpomish» dostonining g’oyasi birinchi galda milliy jipslik, g’oyaviy bag’rikenglik, or-nomus, milliy g’urur sabog’idir. Ikki aka-ukaning kelishmay qolishi xalqni bo’lib yubordi. «Bo’linganni bo’ri yer» deganlaridek, o’zga yurtda musofirlik xalqni qanchadan-qancha xo’rlik va azob-uqubatlarga duchor qildi. Buning birinchi sababi Boybo’ri va Boysarida murosayu madora, o’zga fikrga nisbatan bag’rikenglik yetishmaganidir. Milliy jipslik, murosayu madora, o’zaro bag’rikenglik, o’z risqing va baxtingni begona yurtlardan izlash xato ekanligi saboqlari bugun ham o’z ahamiyatini zarracha yo’qotmagan.
Xalq og’zaki ijodida ko’proq umumbashariy va umuminsoniy qadriyatlarga e’tibor berilgan, ularning mohiyati, mazmuni turlicha talqin qilingan. Spetamen, Alpomish, To’maris va Shiroq to’g’risidagi dostonlarda vatanparvarlik, xalq va yurt ozodligi uchun fidoiylik ruhi badiiy tasvirlangan. “Bu dostonlarni qadimgi yunonlarning “Iliada” va “Odisseya” dostonlari bilan qiyoslash mumkin”1.
Qadimgi ajdodlarmiz borliq to’g’risida o’ylaganlarida, afsona, hikoyat yoki dostonlar so’ylaganlarida olamning qadri, uning cheksizligi, koinot va odamzot aloqalari, inson umrining ma’nosi, mazmuni, maqsadi hamda botirlik, oqillik, hokisorlik, yaxshilik, vafodorlik, vatanparvarlik kabi qadriyatlarga izoh berganlar, hatto ularning ba’zilarini ilohiylashtirganlar.
Qadriyatlar mavzusi diniy dunyoqarash va ularning eng qadimgi shakllarida ham o’z aksini topgan, Har bir o’ziga xos ilohiy qadriyatlar tizimiga ega. Ular bir-biridan ana shu dinlarining asosiy kitoblari Qr’oni karim, Injil, Veda, Upanishada va boshqalarda muayyan ilohiy qadriyat tizimlari takomillashib borgani sari, ulardagi qadriyatlar tizimi ham yangi qirralarini namoyon qilib boravergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |