Maqalla o`zo`zini boshqarishning o`zbek xalqi yaratgan eng katta yutug`i, oqilona shaklidir. Mahalla — tarbiya maskani, har bir oilaga tayanch va suyanch ekanligi ko`pchilikka ayon. O`zbek xalqining hayoti, kundalik turmupsh, qadriyatlari bilan tanishgan xolis fikrli xorijliklar mahallani noyob qadriyat, buyuk kashfiyot sifatida e`tirof etmoqdalar.
Ko`niko`shnichilik munosabatlari uzoq tarixga ega bo`lib, asrlar davomida bu borada muayyan qadriyatlar shakllangan. Jahon tarixining oxirgi bir necha asrida hukmron bo`lgan begonalashuv jarayoni bu sohaga ham o`z ta`sirini o`tkazgan. Ayrim yerlarda qo`shnilarga mutlaqo befarqlik yuzaga kelgan. Bunday holatning oldini olish muhim.
O`zbek xalqining qadriyatlari tizimida qo`shnilarga munosabat katta o`rin egallaydi. Xalq yaratgan maqol va matallar (mas, «Yon qo`shnim — jon qo`shnim», «Uzoqdagi karindoshdan yaqindagi qo`shni afzal», «Hovli olma — qo`shni ol» va xq) uning bu masalada o`ziga xos falsafasi borligidan dalolat beradi.
Yaxshi qo`shnichilik munosabatlari buzilgan, arzimas sabab bilan qo`shnilar yuz ko`rmas bo`lgan hollarda qanchalar teran milliy qadriyat oyoq osti bo`lganligi, bag`rikenglik va murosa tamoyili lat yeganligi ayon bo`ladi.
Keksalarga xurmat inson hayotiy tajribasi davomida shakllangan qadriyat. Jonli tabiatda hayot uchun kurash qonuniyati mavjud. Nasl qoldirish, yangi avlodga mehr qo`yish, uni oyoqqa turg`azguncha jon fido qilish hollari aksariyat hayvonlarda kuzatiladi. Ammo, qariyalarni e`zozlash, keksalarga ehtirom, mehrmuruvvat ko`rsatish — insoniy fazilatdir. Bularsiz milliy g`oyamizni tasavvur eta olmaymiz.
Rivoyat qilishlaricha, bir qabilada shunday odat bo`lgan ekan: otasi qarib, kuchdan qolgach, o`gai orqalab, kimsasiz toqqa eltib tashlarkan. Bir farzand otasiga rahmi kelib, yashirincha ovqat olib borib, padarini o`limdan saqlabdi. O`yutani parishon ko`rgan ota buning sababini so`raganda, yurtda vabo tarqalgani, chorasi topilmayotganini bilibdi. Donishmand chol aytgan yo`lyo`riq tufayli balo daf bo`libdi. Yana bir payt tabiiy ofatdan, keyingi safar dushmanning hujumidan qariyaning maslahatlari qabilani qutqaribdi. Yigitning «dono»ligi sabablarini yurtdoshlari so`raganda, u o`lim jazosi xavf solsa ham, otasini asrab qolganini, uning o`git va maslahatlari as qotganini aytibdi. Shushu keksalar hurmatini joyiga qo`yish rasm bo`libdi. «Keksani qopda saqla, o`ligani hafta saqla».
Kattalarni hurmat qilishdek milliy qadriyat, ba`zan yoshi va ilmi ulug`lar qolib, mansabi yuqorilarga qulluq Qilish kabi salbiy holatlarni e`tirof etmaydi. Ayni paytDa, xalq tomonidan ko`rsatiladigan yuksak ehtirom keksalarga Ham katta mas`uliyat yuklaydi.
Ayol zotiga extirom — insoniyatning yarmidan ko`pini tashkil etadigan xotinqizlarga bo`lgan munosabatning eng yuqori faqat ismlari qolganligi hammaga bilgulidir», deb uqtirgan. Insonning jamiyatdagi o`rni, qadrqimmati, erkinligi, manfaatlari — hozirgi jamiyatimizda adolat mezoni bo`lib hisoblanadi. Adolatga intilish xalqimiz ruhiy dunyosiga xos eng muhim xususiyatdir. Adolatparvarlik toyasi butun iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimiga singib ketishi lozim. Milliy mafkura — g`oyaviy ta`sir ko`rsatish yo`nalipsharidan biri — adolatni uluglash, adolatparvarlik xistuyrusini rivojlantirish bo`lsa, uning mavqyei, qudrati oshgan bo`ladi.
Xulosa qilib aytganda, asrlar davomida avloddanavlodga o`tib kelgan milliy ma`navii qadriyatlar milliy g`oyaga ma`naviy zamin, negiz bo`lib xizmat qilmoqsa. Unga xalq, millat, jamiyat amal qilish uchun kuchli, qudratli, ta`sirli milliy mafkura kerak.
Mustaqilligimizning o’tgan yigirma yili ichida hayotimizning barcha jabhalarida «istiqlol», «qadriyat», «milliy tiklanish», «milliy ong», «milliy g’urur», «milliy iftixor», «erkinlik» kabi atamalar tez-tez ishlatiladigan bo’lib qoldi. Ushbu tushunchalar milliy-ma’naviy mustaqillik ramzlari bo’lib, ularsiz biz o’z istiqlolimizni namoyon qila olmaymiz. Ammo shuni ta’kidlash joizki, o’tgan asrda mustabit tuzum siyosati davrida bu atamalarni ishlatish mumkin bo’lmay, ularni hatto o’zbekcha lug’at boyligidan surib chiqarishga harakat qilgan edi. Bunga dalil sifatda 1959 yili moskvada «Xorijiy va milliy lug’atlar davlat nashriyoti» tomonidan chop etilgan, 40 mingdan ortiq so’zdan iborat «o’zbekcha-ruscha lug’at»ga ham, 1988 yili O’zSE Bosh tahririyati chop etgan 50 ming so’zlik «O’zbekcha-ruscha lug’at»ga ham «qadriyat», «milliy tiklanish», «milliy ong», «milliy iftixor» kabi tushunchalarning kiritmaganligini ko’rsatish mumkin. Shuningdek, 1981 yili Moskvada «Rus tili» nashriyoti tomonidan chop etilgan, 60 ming so’zni qamrab olgan ikki jildlik «O’zbek tilining izohli lug’ati»da ham bu so’zlar uchramaydi. Shunisi borki, hatto ba’zi ruscha – o’zbekcha lug’atlarda ham «qadriyat» so’zi qo’llanilmagan. Jumladan, 1976 yili «Fan» nashriyotida chop etilgan «ijtimoiy – siyosiy terminlar lug’atida» «sennost» so’zining to’rtta ma’nosi alohida lug’at maqolasi tarzida belgilangani haolda ularning birortasi «qadriyat» ma’nosi o’z ifodasini topmagan. Lekin lug’atlarda «millatchi», «millatchilik» so’zlari bor1.
Xo’sh, buni sababi nimada? Bizni fikrimizcha, bunday vaziyat tasodif emas. Bu mustabit tuzumning mintaqamiz xalqlarini o’zlarining ko’p asrlik tarixi, boy va noyob milliy merosi, qadriyatlari, ma’naviyatidan judo etib, manqurtlarga aylantirishga qaratilgan siyosati natijasidir.
Hukmron siyosat tarafdorlari «milliy istiqlol», «milliy iftihor», «milliy g’urur» kabi atamalarni kishida millatchilik kayfiyatini uyg’otadagin tushunchalar deb baholadilar va ularni ifoda etuvchi mahalliy millat vakillari millatchilikda aylanib, tazyiq ostiga olingan. Shuning uchun milliy ma’naviyat va hurfikrlilikni madh qiladigan tushunchalar ko’p yillar davomida ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy hayotimizda ishlatilmay kelindi. Hotto ularni milliy so’z boyligimizdan chiqarib tashlash xavfi ham tug’ildi. Istiqlol xalqimizga so’z va fikr erkinligi bilan bir qatorda, ilgari taqiqlanib kelingan ko’pgina milliy tushunchalarni ham hayotimizga qaytardi. Endilikda «qadriyatlar», «mustaqqillik», «erkinlik», «istiqlol», «milliy iftixor» kabi tushunchalar o’zining asl mazmuniga ega bo’lmoqda.
Shuni mamnuniyat bilan aytish kerakki, mazkur atamalarning hayotimizga kirib kelishi va qisqa vaqt ichida teran ildiz otib ketishida muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning xizmatlari katta. «Xalqimiz sarchashmalarining ko’zlari qaytadan ochilganligi, - deb yozadi I.Karimov, - jahon madaniyati yutuqlariga zo’r hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimizning madaniy va ma’naviy merosi teranligi va chuqurligi anglab olinganligi, har bir avlodning o’z o’tmishiga, oliyjanob milliy va diniy an’analariga hurmat bilan qarash, ularni asrab avaylash ruhida tarbiyalanayotganligi, ayni chog’da hozirgi zamon jahon sivilizasiyasi va ularga oshno bo’lish zarurligi ravshan anglab yetilganligi mana shularning hammasi hayotbaxsh bir zamindirki, bizning yangilanish va xalqimizning milliy o’zligini anglashini oshirish, aholining siyosiy yetukligi va faolligini kuchaytirish borasidagi siyosatimiz mana shu zaminga tayanadi»1.
Xo’sh, qadriyatlar tushunchasining o’zi nima? Uning mohiyati, asosiy jihatlari nimadan iborat? Eng avvalo shuni qayd etish kerakki, qadriyatlar juda sermazmun tushunchadir. Shuning uchun ham adabiyotlarda mazkur tushunchaga turlicha yondashuvlarni uchratishimiz mumkin. Masalan, «Faylasuf ensiklopediyasi»ning beshinchi jildida qadriyatlar quyidagicha tavsiflanadi: «Qadriyatlar falsafiy va sosiologik tushuncha. U birinchidan, biror obyektning ijobiy va salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongining normativ belgilovchi – baholovchi jihati (subyektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi»2. Shunga yaqin nuqtai nazar O’zbek Sovet ensiklopediyasida ham bayon etilgan: «Qadriyatlar (falsafa sosiologiyada) – voqyelikdagi muayyan xodisalarning inson, ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushuncha»3.
Taniqli faylasuf olim V.P. Tugarinovning fikricha, «qadriyatlar muayyan jamiyat va sinfga mansub kishilar turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal ne’matlari bo’lgan tabiat va jamiyat xodisalarining mohiyati yoki hodisaning bir jihatidir. Bu ne’matlarning qadriyatlar deyilishiga sabab – kishilar ularni qadrlaydilar, chunki bu qadriyatlar ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi. Shuning uchun ham kishilar o’z tasarruflaridagi qadriyatlarni himoya qiladilar va o’zlari uchun maqsad yoki ideal qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar. Qadriyatlar ichida eng birinchi va eng umumiysi hayotning o’zidir, chunki hayotda muhim bo’lish boshqa barcha qadriyatlardan foydalanishni yo’qqqa chiqaradi,… qolgan qadriyatlar, aslini olganda, hayot ne’matlarining mohiyatidir, madaniy qadriyatlardir»1. Tugarinovning ushbu fikri sinfiy yondashuv asosida amalga oshirilgani, qadriyatlarni milliy va umuminsoniy tomonlariga e’tibor berilmaganidan dalolat beradi.
Olimning fikricha, «qadriyat» va «baho» tushunchalarini bir-biridan farqlash zarurligini o’qtiradi. Qadriyat real yoki orzusidagi hodisa (bor narsa yoki ideal)dir, yuaho esa shu hodisaga munosabatni bildiradi. U yoki bu hodisani qadriyatlarga mansub holda hisoblash, ya’ni uni qadriyatlarga qo’shish yoki qo’shmaslik ana shu munosabatga – ijobiy va salbiy bahoga bog’liq.
Darhaqiqat, qadriyatlarning hayotdagi o’rni va ahamiyati baholash tufayli belgilanadi. Baholash esa insonlarning ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari, qiziqishlaridan kelib chiqadi. Ma’lumki, jamiyat a’zolarining ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari xilma-xil bo’lib, ko’pincha ular bir-biriga zid kelishi mumkin. Shuning uchun ham muayyan ijtimoiy guruhlar, millatlar, sinflar uchun oliy qadriyat bo’lib, hisoblanib kelingan tabiat va jamiyat hodislaari boshqalar uchun qadriyat bo’lmasligi ham mumkin va aksincha.
Yuqoridagi fikr mulohazalardan shunday xulosa chiqarish mumkin: birinchidan, tabiat va jamiyat xodisalarini qadriyat turkumiga kiritish va kiritmaslik kishilarning ehtiyojlari, manfaatlari, orzu-umidlari, maqsadlari bilan belgilanadi; ikkinchidan, qadriyat inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlardir; uchinchidan, qadriyatlar voqyelikda mavjud bo’lgan tabiat va jamiyat ne’matlari, hodisalarni ifodalaydi; to’rtinchidan, ularni qadriyat turkumiga kiritish va kiritmaslik ehtiyojlarini, manfaatlari, maqsadlari, orzu-umidlari bilan belgilanadi; beshinchidan, tabiat va jamiyat ne’matlari, hodisalarning qadriyatlar turkumiga kiritilishini asosiy sababi –bu qadriyat insonlarning shaxsiy va ijtimoiy turmushini boytadi.
Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatlarga ega bo’lib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi va rivojlanadi. Qadriyatlar kishilarning turli sohalaridagi, avvalo, ishlab chiqarish, mehnat sohasidagi faoliyati uchun foyda keltiradigan narsa va hodisalar majmui bilan bog’liq ravishda yuzaga keladi. So’ngra asta-sekin subyekt faolligining orta borishi oqibatida nisbiy mustaqil soha tarzida amal qila boshlaydi. Tabiat va jamiyat hodisalari inson faoliyati natijasida qadriyat sirasiga kiritiladi. Insonning manfaatlari, ehtiyojlarini qondira olmagan, orzu-istaklari, ideallariga mos kelmaydigan tabiat va jamiyat hodisalarini qadriyat deb baholash noo’rindir. Masalan, tabiatdagi qazilma boyliklar inson ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatila boshlangandan keyingina qadriyatga aylangan. Shungacha ularni tabiiy boyliklar deb nomlaymiz xolos.
Qadriyatlarning mamlakatimizda ilmiy tadqiqot mavzusiga aylanganiga unga ko’p bo’lgani yo’q. Bu mavzu ilgari falsafiy fanlar bo’yicha olib borilgan tadqiqotlarda, kitoblar, risolalar va darsliklarda alohida tilga olinmasdi.
Falsafadan qomusiy lug’atda qadriyat tushunchasiga quyidagi ta’rif keltirilgan. Qadriyat – voqyelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy – axloqiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini ko’rsatish uchun qullaniladigan falsafiy – sosiologik va akseologik tushuncha. Jamiyat, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan barcha narsa, hodisa va voqyealar: erkinlik, ezgulik, tenglik, tinchlik, haqiqat, ma’rifat, madaniyat, moddiy va ma’naviy boyliklar, obida- yodgorlik, go’zallik axloqiy xislat hamda fazilatlar, an’ana, urf-odat, udum va boshqalar hisoblandi1. Qadriyatlarni klassifikasiya qilish borasida ham ushbu manba shunday deyiladi: Qadriyatlar umumbashariy, umuminsoniy, milliy, mintaqaviy shaxsiy bo’lishi mumkin. Qadriyatlar ijtimoiy tarixiy taraqqiyot maxsuli sifatida, o’z tarixiy ildizi, rivoji, vorislik jihatlariga ega tushuncha bo’lib, avvalo ishlab chiqarish, mehnat sohasidagi faoliyat insonlar o’rtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar, xatti-harakatlar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati xatti-harakatini ma’lum yo’nalishga buradigan, tegishli me’yorga soladigan ma’naviy hodisaga aylanadi va aylanmoqda2.
Qadriyat tushunchasining ijtimoiy-falsafiy, sosioloik nuqtai nazaridan ta’riflari kupgina ilmiy adabiyotlarda turli xil yondashuvlarning mavjudligini, ba’zan esa ularning butunlay bir-birini inkor etish hollari xam uchraydi.
Taniqli qadriyatshunos olim, faylasuf Q.Nazarov o’zining bir qator ishlarida, ushbu muammoning o’ta dolzarbligini ta’kidlash bilan birga, uning mazmuni, tuzilishi, asosiy shakllari, namoyon bulish xususiyatlari va umuminsoniy qadriyatlar tizimidagi o’rni va ahamiyatini ilmiy tahlil qilib, mazkur masalalarga e’tibor kam ekanligini kursatib o’tgan edi. Uning fikricha, qadriyat tushunchasi - vokelikdagi muayyan hodisalarning umumbashariy, umuminsoniy, ijtimoiy-axlokiy, madaniy-ma’naviy axamiyatini kursatish uchun qullanadigan falsafiy-sosiologik va aksiologik tushunchadir3.
T.Abdullayev "Turmush sohasida milliy va umuminsoniy k;adriyatlarning dialektikasi" nomli doktorlik dissertasiyasida turmushdagi milliy va baynalminallik munosabatlarini, ular bilan bog’liq qadriyatlarni taxlil qilgan4.
I.Saifnazarov, F.Saifnazarovalar fikricha, "milliy-ma’naviy qadriyatlar - murakkab ijtimoiy-ruhiy hodisa bulib, u millatning tili, madaniyati, tarixi, udumlari, jamiki ma’naviy boyliklarini qamrab oladi"2. Bizning fikrimizcha kadriyat deyilganda, inson, millat, jamiyat uchun axamiyatli bulgan, ayrim shaxs, millat, elat yoki ijtimoiy guruhlarning ma’naviy-madaniy ehtiyojlari evolyusiyasi davomida vujudga kelgan, o’z manfaatlari va maqsadlari uchun xizmat qiladigan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar majmuini tushunishimiz mumkin.
Qadriyatlar sermazmun va kup qirrali tushuncha bulib, uz ichiga tabiiy, ijtimoiy-siyosiy, xukukiy, moddiy, ma’naviy, diniy, axlokiy, badiiy-estetik va hokozolarni oladi. X,ar qanday qadriyat inson faoliyatining mahsuli, uning atrof-muhitga nisbatan bulgan munosabatining ifodasidir. Kadriyat jamiyat ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotining zaruriy mahsulidir. Har bir qadriyat muayyan bir tarixiy davrning ma’naviy mag’zi bo’lib, u jamiyatning ijtimoiy-siyosiy manzarasida namoyon bo’ladi.
Avvalo shuni aytish kerakki, «qadriyat» so’zining mazmuni sodda va aniq bo’lib, uning etimologik kelib chiqishiga ko’ra qadriyatlar – hayotda odamlar qadrlaydigan narsalardir. Bular atrofimizdagi predmetlar, voqyea va hodisalar bo’lib odamlarning kundalik hayotiy ehtiyojlari va talablarini qondira oladigan yoki qondirishi mumkin bo’lgan narsalardir.
Yuqorida ikki ta’rifda ham keltirishicha qadriyat insonning ma’naviy va moddiy hayotidagi ahamiyatini, ehtiyojlarini qondira olishini ifodaydi.
Qadriyat insonning borlig’i ham jamiyatning axloqiy estetik, huquqiy sohalarni ham, ijtimoiy ong sohasining ham qamrab olgan murakkab jarayondir. Insonning o’zligi, menligi borlig’ining asosiy fundamenti qadriyat bilan boyitiladi, to’ldiriladi. Kishilar o’zlarining amaliy faoliyatida hayot uchun zarur bo’lgan tabiiy talab, ehtiyojlarini predmetlar va hodisalarning xossa–xususiyatilaridan foydalanib qondiradilar. Masalan, odamning chanqovini suv, ochlik xissini non, kislorod nafas oliy orqali tananing unga bo’lgan ehtiyojini qondiradi. Shuning uchun ham ham biz bu «ne’matlarni qadrlaymiz. Lekin shunday narsalar ham borki, ular bizga yoqmaydi, ular hayotimiz uchun zarardir. Qo’pollik, behayolik, o’g’rilik, yolg’onchilik, ifloslik, loqaydlik va hokazolar ana shunday yoqimsiz narsalar bo’lib, biz ulardan qo’tilishga intilamiz.
Binobarin, biz kundalik amaliy faoliyatimizda atrofimizdagi predmetlar dunyosi bilan munosabatga kirishganmiz, u yoki bu predmetga, hodisa yoki voqyeaga, ularning biz uchun qadrli yoki qadrsiz ekanligiga qarab baho beramiz, ularning talab ehtiyojlarimizni qanchalik qondira olish xususiyatlarini aniqlaymiz. Ammo bu hol u yoki bu predmet va hodisaning inson ehtiyoji, talabi va maqsadiga qay tarzda muvofiq kelishini, foydali yoki zararligini, yoqimli yoki yoqimsizligini baholash uchun unga zamon va makon jihatdan konkret, nisbiy yondashish zarurligini istisno qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |