Ijtimoiy-iqtisodiy


-BOB. O’zbekistonning inflyatsiyani targetlash siyosatiga



Download 155,69 Kb.
bet13/13
Sana31.12.2021
Hajmi155,69 Kb.
#252491
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kurs ishi inflyatsiyani targetlash siyosati

3-BOB. O’zbekistonning inflyatsiyani targetlash siyosatiga

bosqichma-bosqich o’tishi
Inflyatsion targetlash rejimiga oʼtish Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishning zamonaviy, innovatsion rivojlanish yoʼliga oʼtish bosqichida inflyatsiyaga qarshi kurashning ustuvor yoʼnalishlaridan biri sifatida qaralmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3272-sonli “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorida pul-kredit siyosatini takomillashtirish boʼyicha bir qator muhim chora-tadbirlar belgilandi. Xususan, mazkur Qarorga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ichki narxlarning barqarorligini taʼminlashda oʼrta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosati maqsadlariga erishish printsip va mexanizmlarini xorijiy markaziy banklari tomonidan qoʼllaniladigan inflyatsiyaviy targetlash rejimiga oʼtish toʼgʼrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 noyabrdagi PF-5877-sonli “Inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich oʼtish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi farmoniga muvofiq, ilgʼor xorij tajribasiga tayangan holda, inflyatsion targetlash rejimini joriy etish uchun Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Vazirlar Mahkamasining quyidagi yoʼnalishlarga qaratilgan muvofiqlashtirilgan tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish vazifasi qoʼyildi:

– inflyatsiyaning nomonetar omillari rolini bosqichma-bosqich pasaytirish, shu jumladan, tariflarni tartibga solishni isloh qilish, iqtisodiyotning real sektorida tarkibiy iqtisodiy islohotlar samaradorligini taʼminlash va ichki bozorni isteʼmol tovarlari bilan toʼldirish;

– Markaziy bankning makroiqtisodiy tahlil va kommunikatsiya siyosati sifatini oshirish;

– regulyatorning kredit bozoriga samarali taʼsir etishini taʼminlab beruvchi, pul bozorini tartibga solishning yangi instrumentlarini joriy etish.

Mazkur Farmonga asosan, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash uchun iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmlari va instrumentlarini qoʼllashni kengaytirish, shuningdek, pul-kredit siyosati samaradorligini tubdan oshirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki inflyatsiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyatsion maqsadni (target) oʼrnatish yoʼli bilan 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab pul-kredit siyosati mexanizmlarini bosqichma-bosqich inflyatsion targetlash rejimiga oʼtkazishni taʼminlash talabi qoʼyildi.

Shuningdek, Farmon bilan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy bankining inflyatsiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini taʼminlash boʼyicha birgalikdagi harakatlari kontseptsiyasi tasdiqlandi va ushbu Kontseptsiyaga muvofiq, 2020 yilda inflyatsiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini taʼminlash boʼyicha «Yoʼl xaritasi» maʼqullandi.

Shunisi ahamiyatliki, Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab tijorat banklari tomonidan (milliy valyutada) yangidan beriladigan barcha turdagi kreditlar, shu jumladan davlat dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar boʼyicha foiz stavkalari Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʼlmagan darajada belgilanadi (ipotekani kreditlash boʼyicha davlat dasturlari hamda paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish uchun qishloq xoʼjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga ajratiladigan kreditlar bundan mustasno) va 2021 yil 1 yanvardan, zarur hollarda, foiz xarajatlarining maʼlum bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmlarini joriy etish orqali tijorat banklariga foiz stavkalarini mustaqil belgilash huquqini bergan holda kreditlarni imtiyozli foiz stavkalarida berish amaliyoti bekor qilindi.

Taʼkidlash joizki, mamlakatimiz tarixida birinchi marta davlat byudjeti taqchilligi boʼyicha meʼyoriy talab joriy etildi. Yaʼni, Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga fiskal balans taqchilligini 2022 yilda 1,5 foizdan oshmaydigan darajagacha bosqichma-bosqich kamaytirishni taʼminlash vazifasi yuklandi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich oʼtish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi farmonining yana bir muhim jihati shundaki, unda pul-kredit siyosatini inflyatsion targetlash rejimiga moslashtirishning quyidagi yoʼnalishlari oʼz aksini topgan:
– 2020 yilning 1 yanvariga qadar pul bozori foiz stavkalariga taʼsir koʼrsatuvchi bozor instrumentlari, shu jumladan Markaziy bank obligatsiyalari, overnayt depozitlar, doimiy tusdagi depozit auktsionlari, davlat qimmatli qogʼozlari va xorijiy valyuta garovi ostida kredit auktsionlari va overnayt kreditlari;
– 2020 yil davomida foiz va valyuta xatarlarini boshqarishda hosilaviy instrumentlar (svop, optsion va fьyucherslar) va tijorat banklarining valyuta kursi shakllanishidagi rolining bosqichma-bosqich oshirib borilishi;
– bir oy muddatda Markaziy bankning banklararo pul bozoriga muntazam interventsiyasi orqali moslashuvchan foiz siyosatini amalga oshirishda asosiy foiz stavkasining foiz koridori mexanizmi;
– 2020 yilning 1 apreliga qadar xalqaro moliya institutlarining texnik koʼmagi hamda ilgʼor xalqaro tajriba asosida ekonometrik modellashtirish instrumentlarini rivojlantirishni nazarda tutuvchi makroiqtisodiy tahlil va prognozlash tizimi;
– ikki oy muddatda Markaziy bank tomonidan iqtisodiyotdagi joriy holat, inflyatsion jarayonlarning asosiy omillari va pul-kredit siyosati choralarining oʼz vaqtida yoritilishini koʼzda tutuvchi kommunikatsion siyosatning zamonaviy tamoyillari;
– inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar omillarini doimiy oʼrganib borish, xalqaro moliya institutlari va boshqa davlatlar markaziy banklari texnik koʼmagini jalb etish orqali ilgʼor xorijiy tajribani oʼrganish.


XULOSA
Oʼzbekiston Respublikasi pul-kredit tizimi va iqtisodiyotning real sektori rivojlanishining xususiyatlari, shuningdek, tashkiliy-huquqiy asoslarning zaifligi yaqin kelajakda mamlakatda inflyatsiyani targetlash rejimi va suzib yuruvchi valyuta kursini qoʼllashga imkon bermaydi. Mazkur rejimni qoʼllash, rivojlanishi tashqi omillar bilan bogʼliq boʼlgan iqtisodiyotga joriy qilish noaniq va bahsli masaladir.

Oʼzbekiston iqtisodiyotining xomashyo eksportiga yoʼnalganligi tufayli, tashqi bozorda xomashyo narxlarining qimmatlashuvi, milliy valyutaning mustahkamlanishiga olib keladi va eksport qilmaydigan ishlab chikarish sohalariga salbiy taʼsir koʼrsatadi. Bu esa ushbu tarmoqlar uchun xarajatlarning oʼsishi demakdir. Bunday holda anʼanaviy ravishda, mamlakatda yaqqol koʼrinib turgan taklif inflyatsiyasi hukm surayotgan paytda talab inflyatsiyasini tartibga solishga qaratilgan inflyatsion targetlash rejimini joriy qilish ushbu vositaning samaradorligi pasayishiga olib kelishi mumkin.

Iqtisodiyoti jahon tovarlari bahosiga bevosita bogʼliq boʼlgan qator mamlakatlar tajribasi shuni koʼrsatadiki, ushbu vaziyat ularning inflyatsiyani targetlash rejimini amalga oshirishga toʼsqinlik qilmaydi, biroq Oʼzbekiston iqtisodiyoti uchun pul-kredit siyosatining mazkur rejimi, zaif diversifikatsiyalangan eksport, ortiqcha pulni sterilizatsiya qilish vositalarining mavjud emasligi va moliya bozorlarining rivojlanmaganligi sababli unchalik samarali koʼrinmaydi.

Tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlarining baholari oʼsish surʼatlarini pasaytirish va barqarorligini taʼminlash lozim. Buning uchun, avvalo, tabiiy monopoliyalar hisoblangan kompaniyalarning mahsulotlari va xizmatlarining tannarxini kalkulyatsiya qilish zarur. Keyin esa ular mahsulotlari va xizmatlari baholarining oʼsishini ilmiy jihatdan asoslangan yillik prognoz koʼrsatkichlarini ishlab chiqish lozim.

Inflyatsion kutilmalarni aniqlashda konkret ekonometrik modellardan samarali foydalanish zarur. Mukammal ekonometrik modellar kutilayotgan inflyatsiya darajasini yanada aniqroq belgilash imkonini beradi. Bu esa infyalatsiyaning maqsad koʼrsatkichlarini belgilashni yanada osonlashtiradi.

Soliq-byudjet va pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirish. Buning uchun, Muvofiqlashtirish qoʼmitasini tuzish. Qoʼmita nizomini ishlab chiqish va uning rahbarini hukumat tarkibidan emas, balki Markaziy bank tarkibidan tayinlash.

Pullar taklifini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish.

Buning uchun pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish hamda faoliyatining uzluksizligi taʼminlangan va yetarli darajada likvidli boʼlgan milliy ssuda kapitallari bozorini shakllantirish yoʼli bilan pul massasi oʼsish surʼatlarining barqarorligini taʼminlash kerak.

Markaziy bankning kommunikatsion siyosatini rivojlantirish hamda iqtisodiy subʼektlarning pul-kredit siyosatiga nisbatan ishonchini oshirish lozim. Buning uchun Markaziy bankning rasmiylari pul-kredit siyosatining natijalari va belgilangan yoʼnalishlari haqida press-konferentsiya oʼtkazishi, maqsadli koʼrsatkichlar va ularning oʼzgarishi boʼyicha jamoatchilikka har choraklik hisobotlar berishi lozim. Shu yoʼl orqali iqtisodiy agentlar va jamoatchilikning pul-kredit siyosatiga boʼlgan ishonchini mustahkamlash mumkin.

Tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini shakllantirishning bozor mexanizmlarini joriy etish. Buning uchun, birinchidan, soʼmdagi depozitlar va kreditlarning foiz stavkalarini ssuda kapitallari bozorida shakllantirishni taʼminlash lozim; ikkinchidan, Markaziy bankning ssuda kapitallari bozorida oʼz resurslari bilan ishtirok etishini taʼminlash kerak; uchinchidan, Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati va ochiq bozor siyosati hajmini oshirish va qamrovini kengaytirish lozim.

Iqtisodiyotning pul mablagʼlari bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish. Buning uchun, birinchidan, banklarning kredit ekspansiyasini ragʼbatlantirish kerak; ikkinchidan, hisob-kitob cheklarini muomalaga kiritish lozim; uchinchidan, tijorat veksellari muomalasini joriy qilish zarur.

Xulosa qilib aytganda, inflyatsiyani tartibga solish zarurati, mamlakat raqobatbardoshligini oshirish va uning jahon iqtisodiyotiga samarali integratsiyasini mustahkamlashni talab kiluvchi global munosabatlar bilan bogʼliqdir. Oʼzbekistonda Markaziy bank va boshqa hukumat idoralarining inflyatsion targetlashni joriy etish uchun institutsional, huquqiy va iqtisodiy islohotlarni (yangi soliq kontseptsiyasi, axborot oshkoraligini taʼminlash, moliya bozorini rivojlantirish va makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash uchun qoʼshimcha chora-tadbirlar) ishlab chiqish uchun harakat qilishiga qaramasdan, aholi real daromadlarining past qoʼrsatkichlari, inflyatsion kutilmalarning yuqoriligi, soliq siyosatining pul-kredit siyosati bilan nomutanosibligi, Markaziy bankning mustaqil siyosat yurita olmasligi Oʼzbekistonda pul-kredit siyosatining ushbu rejimini qoʼllash istiqbollarini soʼroq ostiga qoʼyadi. Boshqacha aytganda, mavjud makroiqtisodiy va institutsional muhit, Oʼzbekistonda inflyatsiyani targetlashni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun asosiy va birlamchi toʼsiqdir.

Oʼzbekistonda oʼrta muddatli istiqbolda inflyatsiyani targetlash siyosatini qoʼllash va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda pul-kredit siyosatini sogʼlomlashtirishning asosiy sharti sifatida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR




  1. www.iqtisodiyot.tsue.uz

  2. www.norma.uz

  3. www.lex.uz

  4. www.work5.ru

  5. www.elibrary.ru

  6. www.finance.uz

  7. www.review.uz

  8. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy-elektron jurnali. № 3


Download 155,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish