10
Modellashtirish usullari yordamida tuziladigan barcha modellarni 2 turga bo‘lish
mumkin:
Moddiy
modellar
va
ideal modellar
.
Iqtisodiy model-iqtisodiy ob’ektlarning soddalashtirilgan nuxasidir. Bunda
modelning
hayotiyligi, uning modellashtiriladigan ob’ektga aynan mos kelishi
muhim axamiyatga egadir. Lekin yagona modelda o‘rganilayotgan ob’ektning
xamma tomonini aks ettirish mumkin emas. Bunda jarayonning eng xarakterli va
eng muxim belgilari aks ettiriladi.
Model iqtisodiy prognozlashni, o‘rganilayotgan jarayonni ilmiy anglashning
muxim vositasi bo‘lib xisoblanadi.
Modellashtirish jarayoni, ob’ektni yoki
jarayonni boshlang‘ich o‘rganish, uning amalga oshadigan xususiyatlari va
belgilarini ajratish, modelning nazariy va tajribaviy taxlili, modellashtirish
natijalarini ob’ekt haqidagi haqiqiy ma’lumotlar
bilan solishtirish, modelni
korrektirovkalash xamda oydinlashtirish kabilar asosida model qo‘rishni tashkil
etadi.
Modelning hayotiyligi uning modellashtiriladigan ob’ektga qanchalik mos
kelishiga bog‘liq. Bitta modelda ob’ektni hamma tomonini aks ettirish qiyin
bo‘lganligidan unda ob’ektning eng xarakterli
va muhim belgilarigina aks
ettiriladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, ortiqcha soddalashtirilgan model
qo‘yilgan talablarga yaxshi javob bera olmaydi, o‘ta murakkab model esa masalani
yechish jarayonida qiyinchiliklar tug‘diradi.
Modellashtirish o‘rganish va bilish jarayonini kengaytiradi. Model hosil qilish
uchun ob’ekt har tomonlama o‘rganiladi, tahlil qilinadi. Model tuzilganidan so‘ng,
uning yordamida ob’ekt to‘g‘risida yangi ma’lumotlar olish mumkin. Shunday
qilib, ob’ekt to‘g‘risidagi bilish jarayoni to‘xtovsiz jarayonga aylanadi
Demak, modelning haqiqiyligi to‘plangan ma’lumotlar hajmiga, aniqlik
darajasiga,
tadqiqotchining
malakasiga
va
modellashtirish
jarayoniga,
aniqlanadigan masalaning xarakteriga bog‘liq ekan.
Matematik usullar va modellar ahamiyatini quyidagilarda ko‘rish mumkin:
1.
Iqtisodiy-matematik
usullar yordamida moddiy, mehnat va pul
resurslaridan oqilona foydalaniladi.
2.
Matematik usullar va modellar iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda
yetakchi vosita bo‘lib xizmat qiladi.
3.
Matematik usullar va modellar yordamida tuzilgan prognozlarni umumiy
amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo‘ladi.
4.
Iqtisodiy-matematik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqat chuqur
tahlil qilibgina qolmasdan, balki ularning yangi o‘rganilmagan qonuniyatlarini ham
ochish imkoni yaratiladi. Shuningdek, ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi
rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin.
Iqtisodiy-matematik
usullar
va
modellar
hisoblash
ishlarini
kompyuterlashtirish
va
avtomatlashtirish
bilan
birga,
aqliy
mehnatni
yengillashtiradi va iqtisodiy soha xodimlarning mehnatini ilmiy asosda tashkil
etadi va boshqaradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida prognozlash jarayoniga
asoslanadigan asosiy
tamoyillar ichida quyidagilarni ajratish mumkin:
11
1) prognozning ilmiy asoslanganligi (tabiat, jamiyat rivojlanishi qonuniyatlarini
hisobga olib ilmiy metodlar yordamida ishlab chiqish);
2) prognozlashning uzluksizligi (mamlakatda, iqtisodiyotda vaziyatlarning
o‘zgarishini hisobga olib prognoz doimo to‘g‘rilanib (korrektirovka) turishi kerak;
3) istiqbol va joriy prognozlashning muvofiqligi (prognozlash o‘zaro bog‘liqlikda
amalga oshiriladi, lekin ustivorlik istiqbol prognozlashga beriladi);
4) prognozlarning kelishilganligi (ishlab chiqilgan prognoz aralash prognozlar
bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lishi kerak);
5) prognozning ko‘p variantliligi, alternativliligi (prognozning bir necha variantlari
ishlab chiqilishi, vaziyatlarning o‘zgarishi holatlarida
boshqa variantlardan
foydalanish uchun talab etiladi. Odatda prognozni uch varianti mavjud: optimistik,
pessimistik va realistik;
6) asosiy omillarni tanlash (prognozlashda hisob-kitoblarga tadqiq etilayotgan
jarayonga ta’sir etuvchi omillar kiritilgan bo‘lishi kerak). Buning dolzarbligi
shundaki, iqtisodiy jarayonlarning o‘zi murakkab, ko‘p
omilli va hamma
omillarning ta’sirini hisobga olish qiyin;
7) prognoz ishlab chiqishning tizimliligi (prognozlash jarayonini bir tomondan bir
butun tizim sifatida, ikkinchi tomondan esa alohida mustaqil bo‘limlardan tarkib
topgan murakkab tizim sifatida qaralishi);
8) prognozlarning verifikatsiyalanganligi (prognoz bahosi ishonchli va asoslangan
bo‘lishi kerak);
9) adekvatlilik (prognoz modelining real hayotga, tendensiyalarga, qonuniyatlarga
maksimal yaqin bo‘lishi kerak);
10) rentabellik (ishlab chiqilgan prognozdan samarani ishlab chiqish uchun
qilingan xarajatlardan yuqori bo‘lishi kerak).
Do'stlaringiz bilan baham: