8
menejment, moliya, audit kabi ko‘plab fanlar tomonidan o‘rganiladi. Aslida,
kelajakni oldindan ko‘ra bilish – bu aksariyat fanlarning asosi hisoblanadi. Lekin
ushbu holat nuqtai nazaridan kelajakni aniq asoslash
imkonini beruvchi hisob-
kitoblar metodologiyasini anglab yetish imkonini aynan ushbu fan beradi.
Prognozlashtirish va rejalashtirishning
mazmuni
iqtisodiy nazariya tomonidan
belgilanadi;
rejalashtirish shakli
menejmenga bog‘liq bo‘lib, u rejalashtirishni
boshqaruvning bir qismi sifatida ko‘rib chiqadi; rejali ishlanmalar
uslubi
marketing
texnologiyalari
bilan bog‘liq. Lekin barcha reja va prognoz hisob-kitoblari hisob-
kitoblar tamoyillari, usullari, ularning bosqichma-bosqichligini, iqtisodiy oldindan
ko‘ra bilish indikatorlarini tanlashni belgilab beruvchi
yagona metodologiyaga
amal qiladi.
Zamonaviy milliy iqtisodiyot murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimdan iboratdir.
Jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayonlari, investitsiyalar oqimining
tezlashuvi, moliyaviy inqiroz, raqobat muhitining kuchayishi milliy iqtisodiyotning
barqaror rivojiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bunday sharoitlarda iqtisodiy-
matematik modellashtirish milliy iqtisodiyotdagi real jarayonlarni tizimli
ifodalaydigan, uning yordamida tizim rivojlanishining
pirovard maqsadiga mos
ravishda kichik tizimlar rivojlanish variantlarini aniqlash va tadqiq qilishga, ya’ni
iqtisodiyotning samaradorligini oshirishga imkon beruvchi amaliy vosita
hisoblanadi.
Mamlakatimizning rivojlanayotgan iqtisodiyoti uchun nafaqat murakkab
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil qila oladigan, balki zamonaviy iqtisodiy-
matematik usullar va modellar asosida kompyuter texnologiyalarini qo‘llab, ushbu
jarayonlarni
ko‘p
variantli
yechimlarini
oladigan
iqtisodiy-matematik
modellashtirish sohasidagi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj ortmoqda.
Bu esa
iqtisodiyotda vujudga kelgan tendensiyalarni, o‘rganilayotgan ob’ektlar holatini
tadqiq qilishga, ularning rivojlanishini bashoratlashga va shu asosda milliy
iqtisodiyotdagi chegaralangan resurslardan samarali
foydalanish maqsadida ilmiy
asoslangan qarorlar qabul qilishga imkon beradi.
iqtisodiyot bo‘yicha chuqur fundamental tadqiqotlar olib borishga,iqtisodiy
rivojlanish modellarini tuzishga imkon beradi;
milliy iqtisodiyotni yaxlit tizim tarzidagi matematik modellarini yaratish
orqali unga tashqi ta’sirlar, jahonda yuz berayotgan inqirozning biznes sikllariga
ta’sirini aniqlay oladigan va qarshi choralarni belgilash strategiyalarini ishlab
chiqishga imkon beradi;
qo‘yilgan muammoni nafaqat
analitik ifodalab qolmasdan, balki axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari asosida iqtisodiy jarayonlarning matematik
modellarini tuza oladigan, endogen va ekzogen omillar ta’sirini aniqlay oladigan
milliy
iqtisodiyotdagi
tarmoqlar
va
korxonalarning
biznes-jarayonlarini
modellashtirishga ko‘maklashadi;
tadqiq qilinayotgan ob’ekt, korxona, tarmoqning
yoxud milliy iqtisodiyotni
deterministik va stoxastik modellarini tuzishga imkon berib, ushbu jarayonlarni
sifat va son jihatidan tizimli boshqara oladigan va prognoz qila oladigan
modellarini yaratadi;
9
tadqiq qilinayotgan ob’ektni samarali boshqarish uchun o‘tkazilgan tadqiqotlar
asosida maslahat beruvchi takliflar yoki boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga
imkon beradi
Do'stlaringiz bilan baham: