67
b)
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning ustun maqsad va yo‘nalishlarini
aniqlash va shu asosda mintaqaviy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqarish.
Ayni mintaqada rivojlanishning maqsad,
konkret muammolar, omillarning
o‘ziga xosligi bu masalaning yechimini umumlashtirishga yo‘l qo‘ymaydi. shu
bilan birga barcha mintaqalarga xos bo‘lgan qator maqsad va masalalar mavjud.
Bular:
o
ishlab chiqarishni barqarorlashtirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash;
o
rivojlangan bozor munosabatlarni shakllantirish;
o
kompleks ijtimoiy masalalarni yechish;
o
atrof-muhitni himoyalash va boshqalar.
Prognozli blok doirasida asosiy masala bo‘lib kelajakda mintaqaviy iqtisodiy
tizim rivojlanishining ko‘rsatkich va miqdor parametrlarini aniqlashdir. Bunda 3
xil prognozlar ishlatiladi: umuman mintaqaviy iqtisodiy tizim rivojlanishining
umumiqtisodiy alohida ishlab chiqarish va tarmoqlar rivojlanishining prognozlari;
mintaqalarning alohida ma’muriy hududiy birliklar (shahar,
rayon va
boshqalar)ning rivojlanish prognozlari.
Ko‘rsatilgan prognozlarni tuzishning asosiy usuli bo‘lib – bu kelajakdagi
rivojlanish ssenariysini tuzishdir. Bu ssenariylarda mintaqaviy iqtisodiy tizim va
uning tuzilmalarining kelajakdagi rivojlanishi, tizimning
boshqa tizimlar bilan
o‘zaro aloqalari ehtimolligini ko‘rsatiladi, turli xil omil va sharoitlarning mosligi
sharoitida mintaqa iqtisodiyotining rivojlanish ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
Ssenariylarning butun yig‘indisi 3 xil guruhga ajratiladi:
-
umumiqtisodiy rivojlantirish ssenariysi;
-
alohida ishlab chiqarish va tarmoqlar rivojlanishining ssenariysi;
-
mintaqaning alohida ma’muriy-hdudiy birliklar rivojlanishining ssenariysi.
Mintaqaning umumiqtisodiy rivojlanish ssenariylaridan 3 ta guruhini ajratish
mumkin:
-
mintaqa tizimida ishlab chiqarish tarmoqlariga ta’sir ko‘rsatuvchi hamda
mamlakat iqtisodiyoti rivojlanish sharoitlari bilan aniqlanadigan ssenariylar;
-
ishlab chiqarish rivojlanishining ichki mintaqaviy omillar bilan aniqlanadigan
tsenariylar bo‘lib, ular orasida eng muhimlari: tuzilmaviy o‘zgarishlar,
moliyaviy
va tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik, ishlab chiqarishning samaradorligi
ko‘rsatkichlari va boshqalar;
-
alohida mintaqalarning iqtisodiy rivojlanishini prognozlashda tarmoqli
yondashuvni rivojlanishini prognozlashda tarmoqli yondashuvni saqlagan holda
shakllanadigan sharoitlarni o‘z ichiga oluvchi
mintaqaning umumiqtisodiy
rivojlanish ssenariylari.
Alohida ishlab chiqarish va tarmoqlarning rivojlanish ssenariylarini tuzishda
shuni unutmaslik kerakki, turli xil tarmoq guruhlari uchun rivojlanish sharoit va
omillarining mosligi har xil bo‘ladi.
Moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining butun yig‘indisini kelajakdagi
rivojlanish omillari va sharoitlarning mosligi nuqtai nazaridan
bir xil tarkibdagi
guruhlarga ajratish zarur:
-
xalq xo‘jalik ixtisoslashuvi tarmoqlari;
68
-
mintaqaviy ahamiyatga ega bo‘lgan tarmoqlar;
Ikkala tarmoq guruhlari uchun rivojlanishning ikki variant ssenariy yoki
prognozini ishlab chiqarish lozim: qidiruv va me’yoriy.
Birinchi turdagi prognozga mos holda ikkala tarmoq guruhlarining
rivojlanishi bazali davrning shakllangan tendensiyalari bilan aniqlanadi.
Prognozning ikkinchi normativ variantiga asosan tarmoqlarning birinchi
guruhining rivojlanishi umum-iqtisodiy
ehtiyoj va resurslar bilan, ikkinchi
guruhning rivojlanishi esa ma’lum mahsulotning mintaqaviy ehtiyoji va
mintaqaning moliya va resurs imkoniyatlari bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: