formula Y yakuniy iste’molning vektor ahamiyatining berilgan prognozi va (I- A) matritsaning tuzilmaviy koeffitsentlari asosida yakuniy hamda oraliq iste’molni ta’minlash zarur bo‘lgan yalpi ishlab chiqarish hajmmini topish imkonini beradi. Ekonometrik modellar orasida 2 xil turini ajratish mumkin: oddiy va qo‘shma tenglamalar tizimi bilan. Birinchilar umummilliy va mintaqaviy o‘zgaruvchilarni bog‘lovchi regressiv tenglamalardan tashkil topadi.
Qo‘shma tenglamalar tizimga ega bo‘lgan modellarda ichki o‘zgaruvchili modellar va alohida tenglamalar orasidagi prinsipial aloqalar hisobga olingan.
Mintaqaviy tahlilning ko‘rib chiqilgan modellari mintaqaning iqtisodiy o‘sishini prognozlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular aynan iqtisodiy o‘sish muammolari va imkoniyatlari nuqtai nazaridan mintaqaviy qarorlar bahosini beradi.Ammo mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy qarorlarning ko‘p rejali bahosini tuzilishi, qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish jarayonida qatnashuvchilar manfaatlarining kelishuvi nuqtai nazaridan ularni baholash zarurligini va imkoniyatlarini, bu qarorlarning mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik holatlarga ta’sirini ko‘zda tutadi.
Ekologiktahlilmodeli
Amaliyotda bunday kelishuvni faqatgina mintaqaning iqtisodiy-ijtimoiy tizimining faoliyatini amalga oshiruvchi modullar tizimi ta’minlashi mumkin. Bunday tizimlarni ishlab chiqish bizning mamlakatimiz va xorijda ham olib borilmoqda.
Yalpi mintaqaviy maxsulot (YaMM) ni xisoblashning ikki xil usuli mavjud: inersion(ekstropolyatsiya) va mobilizatsion.(;jadval-1 qarang).
O’zbekiston Respublikasining xududlar bo‘yicha uzoq muddatli ishlab chiqarish(2020 yilgacha).
Ekstropolyatsiya- usuliga asoslangant holda xududlar iqtisodiyotini real sektorida asosiy ko‘rsatkichlarni o‘sishni asosida YaMM ni o‘sishidir. YaMM ning bir qancha kamchiliklari mavjud, bularga misol qilib iqtisodiyotni real sektorida to‘lanmaslikni o‘sishi, xududlar aholisini to‘lov qobiliyatini o‘sishida real o‘zgarishlarni yo‘qligi hisoblanadi.
Bundan tashqari, YaMM ni o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi nechta faktorlar mavjud:
-Demografik xolat;
-Suv resurslarini defitsiti, sugoriladigan yerlarning xosildorligini pasayishi, aloxida xududlarda ekologik muammolarni mavjudligi;
-Iqtisodiyotni xom ashyoga asoslanganligi va aloxida xududlarga yetarlicha ko‘p maxsulotni import qilish;
-Xududlarda bank sektori va fond bozorlarining yetarlicha rivojlanmaganligi;
Investitsion resurslarni chegaralanganligi yoki past darajasi YaMM o‘sishiga ko‘rsatadi. Makroiqtisodiyotni boshqarish tizimini hozirgi holati va institutsional va strukturaviy reformalarning sekin o‘sishi iqtisodiyotni tez o‘sishini ta’minlay olmaydi.
YaMM bu turi chet el va mahalliy investitsiyasi ko‘p bo‘lgan hududlarda juda ko‘p imkoniyatlar yaratadi. Milliy investirlarga mahalliy bozorlarni investit- siyalarni o‘sishini jalb qilish turi yordamida rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish hududlar aholisini yashash sharoitini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Iqtisodiyotga kuchlarni jalb qilish ssenariysini bajarilishi quyidagilarni ko‘zda tutadi:
iqtisodiyotni hududiy ratsional strukturasini shakllantirishni;
hududlarni rivojlanish jarayoniga davlatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvini chegaralanganligini:
hududlarda texnik va texnologik asossida iqtisodiyotni modernizatsiyalash- mavjud mineral xom-ashyo resurslaridan foydalanib hududlarni tabiiy iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanishni;
pul-kredit siyosati va investitsiyalarini taqsimlanish sohasida hududlardagi tengsizlikni oldini olish:
hududlardagi material va moliyaviy resurslarga yetib borishni kengayishi;
hududlarda o‘rta va kichik biznesni rivojlantirish va shuningdek, chet el investitsiyasiga asoslangan korxonalarni kengaytirish.