Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash



Download 0,59 Mb.
bet40/63
Sana06.06.2022
Hajmi0,59 Mb.
#642537
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63
Bog'liq
Ijtimoiy iqtisodiy

Ekologik rivojlanish konsepsiyasi.

Mavjud hududiy boshqaruv tizimi doirasidagi mintaqa iqtisodiy tizimi faoliyat rejimini berilgan muddatda yaxshilab bo‘lmaydi. Bu hollardan kelib chiqqan holda mintaqaviy-iqtisodiy rivojlanish prognozning ishlab chiqarilish sxemasi, tarkibi va asosiy bosqichlari aniqlanadi. Prognozni tuzish jarayoni o‘z ichiga uchta blokni oladi: analitik, konsentual va prognozli.
Analitik blok doirasida berilgan hududning ichki bog‘liqligini o‘rganish, tizimning butun faoliyat samarasini aniqlovchi mintaqa tizimi iqtisodiy yadrosi va ishlab chiqarishni ahamiyatli tuzilmaviy aloqalarni aniqlash zarur.
Bu mintaqaning mehnat taqsimoti tizimida asosiy funksiyani bajaruvchi mintaqa xo‘jaligining xalqalarini aniqlash imkoniyatini beradi. Undan tashqari, butun mamlakat iqtisodiyoti tarkibida mintaqaning rivojlanishi tendensiyalarini ko‘rib chiqish lozim. Bu umumiy ishlab chiqarishni ayni vaqtdagi bog‘liqlik darajasini va kelajakdagi mintaqaviy iqtisodiyot faoliyatiga bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Konseptual blok doirasida izlanishlarning asosiy tarkibi-mintaqa oldida turgan iqtisodiy va ijtimoiy mintaqalarni hisobga olgan holda mintaqa iqtisodiy tizimini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqarishdir.
Mintaqa rivojlanishining konsepsiyasini ishlab chiqarishda ikkita asosiy bosqichni ajratish mumkin:

  1. mavjud muammolar yechimiga yo‘naltirilgan maqsadlarni shakllantirish va ularni aniq masalalar ko‘rinishida konkretlashtirish;

  2. iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning ustun maqsad va yo‘nalishlarini aniqlash va shu asosda mintaqaviy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqarish.

Ayni mintaqada rivojlanishning maqsad, konkret muammolar, omillarning o‘ziga xosligi bu masalaning yechimini umumlashtirishga yo‘l qo‘ymaydi. shu bilan birga barcha mintaqalarga xos bo‘lgan qator maqsad va masalalar mavjud. Bular:
o ishlab chiqarishni barqarorlashtirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash;
o rivojlangan bozor munosabatlarni shakllantirish;
o kompleks ijtimoiy masalalarni yechish;
o atrof-muhitni himoyalash va boshqalar.
Prognozli blok doirasida asosiy masala bo‘lib kelajakda mintaqaviy iqtisodiy tizim rivojlanishining ko‘rsatkich va miqdor parametrlarini aniqlashdir. Bunda 3 xil prognozlar ishlatiladi: umuman mintaqaviy iqtisodiy tizim rivojlanishining umumiqtisodiy alohida ishlab chiqarish va tarmoqlar rivojlanishining prognozlari; mintaqalarning alohida ma’muriy hududiy birliklar (shahar, rayon va boshqalar)ning rivojlanish prognozlari.
Ko‘rsatilgan prognozlarni tuzishning asosiy usuli bo‘lib – bu kelajakdagi rivojlanish ssenariysini tuzishdir. Bu ssenariylarda mintaqaviy iqtisodiy tizim va uning tuzilmalarining kelajakdagi rivojlanishi, tizimning boshqa tizimlar bilan o‘zaro aloqalari ehtimolligini ko‘rsatiladi, turli xil omil va sharoitlarning mosligi sharoitida mintaqa iqtisodiyotining rivojlanish ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
Ssenariylarning butun yig‘indisi 3 xil guruhga ajratiladi:

  • umumiqtisodiy rivojlantirish ssenariysi;

  • alohida ishlab chiqarish va tarmoqlar rivojlanishining ssenariysi;

  • mintaqaning alohida ma’muriy-hdudiy birliklar rivojlanishining ssenariysi.

Mintaqaning umumiqtisodiy rivojlanish ssenariylaridan 3 ta guruhini ajratish mumkin:

  • mintaqa tizimida ishlab chiqarish tarmoqlariga ta’sir ko‘rsatuvchi hamda mamlakat iqtisodiyoti rivojlanish sharoitlari bilan aniqlanadigan ssenariylar;

  • ishlab chiqarish rivojlanishining ichki mintaqaviy omillar bilan aniqlanadigan tsenariylar bo‘lib, ular orasida eng muhimlari: tuzilmaviy o‘zgarishlar, moliyaviy va tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik, ishlab chiqarishning samaradorligi ko‘rsatkichlari va boshqalar;

  • alohida mintaqalarning iqtisodiy rivojlanishini prognozlashda tarmoqli yondashuvni rivojlanishini prognozlashda tarmoqli yondashuvni saqlagan holda shakllanadigan sharoitlarni o‘z ichiga oluvchi mintaqaning umumiqtisodiy rivojlanish ssenariylari.

Alohida ishlab chiqarish va tarmoqlarning rivojlanish ssenariylarini tuzishda shuni unutmaslik kerakki, turli xil tarmoq guruhlari uchun rivojlanish sharoit va omillarining mosligi har xil bo‘ladi.
Moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining butun yig‘indisini kelajakdagi rivojlanish omillari va sharoitlarning mosligi nuqtai nazaridan bir xil tarkibdagi guruhlarga ajratish zarur:

  • xalq xo‘jalik ixtisoslashuvi tarmoqlari;

  • mintaqaviy ahamiyatga ega bo‘lgan tarmoqlar;

Ikkala tarmoq guruhlari uchun rivojlanishning ikki variant ssenariy yoki prognozini ishlab chiqarish lozim: qidiruv va me’yoriy.
Birinchi turdagi prognozga mos holda ikkala tarmoq guruhlarining rivojlanishi bazali davrning shakllangan tendensiyalari bilan aniqlanadi.
Prognozning ikkinchi normativ variantiga asosan tarmoqlarning birinchi guruhining rivojlanishi umum-iqtisodiy ehtiyoj va resurslar bilan, ikkinchi guruhning rivojlanishi esa ma’lum mahsulotning mintaqaviy ehtiyoji va mintaqaning moliya va resurs imkoniyatlari bilan aniqlanadi.




      1. Download 0,59 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish