Y=(E-M)*X (1)
Bu yerda Y – mintaqadagi daromadalar summasi; Ye – shaxsiy xarajatlar (investitsiya va mintaqadagi mahalliy boshqaruv xarajatlar ham kiradi); M – mintaqaga yetkazib berilgan mahsulotlar. Y orqali Ye va M ning qiymatini ifodalashdan
Ye=e*Y (2)
M=m*Y (3)
X=X (4) ni keltirib chiqaramiz.
X tepasidagi chiziq berilgan modelda o‘zgaruvchilar ekzogen xarakterda ekanligini ko‘rsatadi. (2), (3), (4) larning qiymatini (1) ga qo‘ysak:
Y=e*Y-m*Y*X kelib chiqadi.
U tenglamani yechsak: Y=X/(1-e*m) ni olamiz. Shu yerdan bazali multiplikator formulasi kelib chiqadi:
K=Y/Xq1/(1-e*m). Bu formula mintaqadagi xarajatlarning yig‘indisi va mintaqadan yetkazib berilgan mahsulotlar nisbatini ifodalaydi. IBM bozorga faqatgina umumiy ta’mirni baholash imkoniyatini beradi.
Bu ta’sirning tarmoqdan tarmoqqa tarqalish jarayonini hamda uning turli tarmoqlarga va multiplikator kattaligidagi tarmoqlararo farqlarga ta’sir darajasini tushunish uchun mintaqa iqtisodiy tizimining tarkibi to‘lib tasvirlanishi lozim.
Bu holda “xarajat-chiqarish” modellari ishlatilishi mumkin. Bu modellardan foydalanayotganda mintaqadagi ishlab chiqarish tarmoqlarining umumiy miqdori ko‘rib chiqiladi. Ularning har biri bir-biriga bog‘liq hisoblanadi. Birinchi tarmoqdagi ishlab chiqarish yoki “chiqarish” ikkinchi tarmoqdagi xarajat sifatida ishlatilishi mumkin. Ikkinchi tarmoqda ishlab chiqarilgan mahsulot o‘z navbatida uchinchi tarmoqning ishlab chiqarish xarajatlari sifatida ishlatilishi mumkin va hokazo. Bu iqtisodiyotga tashqi ta’sirdan kelib chiqadigan multiplikator samaralarini IBMga qaraganda aniqroq kuzatish imkoniyatini beradi. n tarmoqdan iborat bo‘lgan, ochiq statistik iqtisodiy tizim quyidagicha tasvirlanishi mumkin:
Xi=ΣXij+Yi, i,jq1,2…n, (1) bu yerda
Xi-i-inchi tarmoqning yalpi ishlab chiqarilishi.
Xij – j-inchi tarmoqning ishlab chiqarilishiga xarajat qilingan, i-inchi tarmoqning mahsulotlar miqdori.
Yi – iste’molchilarning foydalangan i-inchi tarmoqning mahsulotlar miqdori.
Agar bir nechta soddalashtiradigan ehtimollarni qabul qilsak:
har bir mahsulot guruhi yagona tarmoqda ishlab chiqariladi;
xarajatlarni ko‘paytiruvchi va qisqartiruvchi tashqi omillar mavjud emas;
har bir mahsulot uchun yagona ishlab chiqarish jarayoni bo‘lib, u mahsulotning o‘zaro o‘rnini bosishni mustasno etadi. Shunda (3)dan Xijqaij kelib chiqadi. Bu yerda aij – j-inchi mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun xarajat qilinadigan i- inchi mahsulot miqdorini aniqlab beradigan texnologik koeffitsiyent. Xi-j-inchi tarmoqning ishlab chiqarishi.Unda (1) formulasi quyidagicha o‘zgartirilishi mumkin: