§ Unli va undosh fonemalar. Ularning o‘zaro munosabati
Fonemalar 2 ta katta guruhga bo‘linadi:
UNLILAR
Faqat un (ovoz) dan iborat bo‘lgan va bo‘g‘in hosil qila oladigan fonemalarga unli fonemalar deyiladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 6 ta unli fonema mavjud: u, a, o‘, o, e, i.
UNLILARDA:
ohangdorlik yuqori;
faqat ovoz bo‘ladi;
o‘zbek tilida yonma-yon kelmaydi. Masalan, soat, mutolaa, tabiiy, manfaat, taajjub – o‘zbekcha so‘z emas;
xohlagancha cho‘zib talaffuz qilish mumkin. Masalan, Y-u-u-u-u-u-u-u-r, muhabbat, ketdik bu yerdan. (Qo‘shiqdan);
urg‘u oladi. Masalan, òlma, rúchka va h.k.;
bo‘g‘in hosil qila oladi. Hatto bir unli ham. Masalan, o-ta, o-na, o-pa, a-ka va h.k.
Unlilarda klassifikatsiya (bo‘linish)
Unlilar 3 xil yo‘l bilan bo‘linadi. Bunda faol nutq a’zolaridan bo‘lgan lab va tilning harakati va holati asos bo‘ladi.
UNLILAR KLASSIFIKATSIYASI
CFDF
Tilning gorizontal holatiga ko‘ra
Lablarning ishtirokiga ko‘ra
Tilning vertikal harakatiga ko‘ra
Do'stlaringiz bilan baham: |