§ Alifbo
Muayyan tizimda joylashgan harflar tizimi alifbo (alfavit) deyiladi. So‘zni alfavit tartibida joylashtirish amaliy ahamiyatga ega. Jumladan, lug‘at tuzishda, kishilarning ism-familiyasi ro‘yxatini tuzishda, kutubxona kartotekasini va boshqa maqsadlarda foydalanishda alifboning ahamiyati katta.
1995-yildagi yangi alifbo
1. A a 6. G g 11. L l 16. Q q 21. V v 26. G‘ g‘
2. B b 7. H h 12. M m 17. R r 22. X x 27. Sh sh
3. D d 8. I i 13. N n 18. S s 23. Y y 28. Ch ch
4. E e 9. J j 14. O o 19. T t 24. Z z 29. Ng ng
5. F f 10.K k 15. P p 20. U u 25. O‘ o‘ ’ (tutuq belgisi)
§ Grafika
Dunyoda 220 xil yozuv mavjud. Tarixchilarning aniqlashicha, dastlabgi yozuv Mesopotamiya (hozirgi Iroq)da paydo bo‘lgan va u tarixga mixxat yozuvi nomi bilan kirgan.
Yozuv xronikasi:
1. mil.avv. V-IV asrlar. Eron hududi. Yozuv: mixxat.
2. mil. I asr- VI asrgacha. Yozuv: so‘g‘d.
3. V-VIII asrlar. Turkiy xalqlar. Yozuv: O‘rxun-Enasoy yoki runik (dulbarchin).
4. VI-VII – XV asrgacha. Turkiylar va mo‘g‘ullar. Yozuv: uyg‘ur va arab.
5. 720 (VIII asr) – 1918-1920-yillar. Yozuv: arab.
Do'stlaringiz bilan baham: |