Ijtimoiy hodisa deyiladi. Til jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlantirilib boriladi. Til birliklari


bo‘g‘iz bo‘shlig‘i, og‘iz bo‘shlig‘i



Download 451,19 Kb.
bet18/62
Sana21.01.2022
Hajmi451,19 Kb.
#397640
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62
Bog'liq
1-kitob. FONETIKA ORFOGRAFIYA LEKSIKOLOGIYA

bo‘g‘iz bo‘shlig‘i, og‘iz bo‘shlig‘i va til – undosh tovushlarning hosil bo‘lishida asosiy vositalar.

Undosh tovushlar ham unli tovushlar kabi 3 tomondan tasnif qilinadi. Bular quyidagicha:




UNDOSHLAR KLASSIFIKATSIYASI

CFDF






Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra

Paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra


Paydo bo‘lish usuliga ko‘ra




  1. PAYDO BO‘LISH O‘RNIGA KO‘RA:




  1. Lab undoshlari:

  1. lab-lab undoshlari: b, p, m.

  2. lab-tish undoshlari: f, v.

  1. Til undoshlari:

  1. til oldi undoshlari: t, z, d, dj, j, r, s, n, ch, l, sh.(tazod, jar, sanchilish)

  2. til o‘rta undoshlari: y.

  3. til orqa undoshlari: k, g, ng. (kengga keng)

  4. chuqur til orqa undoshlari: q, g‘, x. (qog‘ozdagi xat)

  1. Bo‘g‘iz undoshi: h.



  1. PAYDO BO‘LISH USULIGA KO‘RA:




  1. Portlovchilar:

  1. sof portlovchilar: b, p, d, t, g, k, q.

  2. qorishiq portlovchilar: ch, j(dj) (jasur)

  1. Sirg‘aluvchilar: v, f, z, s, g‘, x, j (jurnal), sh, h, y.

  2. Portlovchi-sirg‘aluvchilar:

  1. burun tovushlari (sonorlar): m, n, ng.

  2. yon tovush: l

  3. titroq tovush: r



  1. OVOZ VA SHOVQINNING ISHTIROKIGA KO‘RA:

  1. Jarangli (shovqin+ovoz) undoshlar: b, v, g, d, z, j (dj), j, g‘, y, l, m, n, ng, r

  2. Jarangsiz (shovqin) undoshlar: p, f, k, t, s, ch, sh, x, h, q



Jarangli undoshlarning jarangsiz juftlari

b, v, g, d, z, j (dj), j, g‘, m, n, ng, l, r, y (mininglar-ey)



p, f, k t, s, ch, sh, x, h, q (Haq. Haqning jufti yo‘q)
QO‘SH UNDOSH VA QO‘SH UNLILAR
Qo‘sh undosh. Gapdagi ma’lum bir so‘zlarda ikki undosh yonma-yon keladi: million, taalluqli, izzat, novvot va h.k.

Qo‘sh unli. Gapdagi ma’lum bir so‘zlarda ikki unli yonma-yon keladi: murojaat, mutolaa, tabiiy, taassurot va h.k.

Oxiri qo‘sh undosh bilan tugagan so‘zlarga xuddi shu harf bilan boshlanuvchi har qanday qo‘shimcha qo‘shilsa, qo‘sh undoshning biri yozilmaydi. Masalan, Bu zanjir qimmatbaho metallardan tayyorlangan.


QATOR UNDOSH VA QATOR UNLILAR
Qator undosh. Faqat bir bo‘g‘in tarkibida yonma-yon kelgan undosh: afv, daraxt, fikr, go‘sht, Samarqand va h.k.

Qator unli. So‘z tarkibida yonma-yon kelgan har xil unli tovush. Bunday so‘zlar boshqa tillardan kirib kelgan: soat, muallim va h.k.
7-DARS. BO‘G‘IN. URG‘U
§ Bo‘g‘in
Bir yoki bir necha tovushdan tarkib topib, bir nafas chiqarish yo‘li bilan talaffuz etiladigan so‘zning bir bo‘lagi bo‘g‘in deyiladi. Masalan, bo-la-lar, mak-tab, kon-sti-tut-si-ya, si-ngil, ko‘-ngil, de-ngiz.

Bo‘g‘in bir tovushdan iborat bo‘lganda uning tarkibida unli tovush kelgan bo‘ladi. Bir bo‘g‘inda, albatta, bir unli bo‘lishi shart. Masalan, o-ta, o-na, a-ka, o-pa, u-ka. Bir unli ham birinchi bo‘g‘indagi harf, ham oxirgi bo‘g‘indagi harf bo‘la oladi: o-ta (bu bo‘g‘inda o harfi ham birinchi, ham oxirgi harfdir)


BO‘G‘IN



ajratiladi (bo‘linadi) ko‘chiriladi

mu-do-fa-a mu-do-fa-

mu-to-la-a a emas mu-do-

faa

Ba’zi so‘zlarda bo‘g‘in ko‘chirish (satrdan satrga ko‘chirish) quyidagicha:



  • bir unlidan iborat bo‘lgan bo‘g‘in yakka holda satrda qoldirilmaydi yoki yakka o‘zi keyingi satrga o‘tkazilmaydi: o׀ na emas ona, mu-to-la׀a emas mu-to-laa;

  • ism va ota ismlari qisqartirilsa, familiyadan ajratib ko‘chirilmaydi: S. V.׀Rahimov emas S. V. Rahimov;

  • qisqartmalar, iboralar, ko‘p xonali sonlar satrdan satrga ko‘chirilmaydi: O‘z׀MU, 145׀ sm, 35׀ gr (mumkin emas);

  • sonlarga tegishli harflar satrdan satrga ko‘chirilmaydi: 6-׀ “A” sinf emas 6-“A” sinf;

  • atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam ham satrdan satrga ko‘chirilmaydi:

Nihol”-׀2019 emas “Nihol”-2019
IZOH: ׀ belgisi satr oxiri belgisi sifatida ishlatilgan.

Agar yuqorida ko‘rsatilgan so‘zlar va shunga o‘xshashlarni yozuvda yozishga to‘g‘ri kelib qolsa, yo ikkalasini bir qatorda, yo har ikkalasini keying qatorda birgalikda yozish to‘g‘ri bo‘ladi.


O‘zbek tilidagi bo‘g‘inlarning turlari

faqat unlidan 1 unli 1 undosh 1 unli 2 undosh 1 unli 3 undosh 1 unli 4 undosh

o-ta, a-ka, ish, osh, bosh, ilm, yosh, do‘st, dard, shart, sport, tekst,

o-na, o-pa bo-la, da-la to‘l-qin, sta-kan sanch-qi, turt-ki trans-port, strel-ka




BO‘G‘IN


Berkitilmagan bo‘g‘in (unli)

Ochiq bo‘g‘in (unli)

Yopiq bo‘g‘in (undosh)

Birinchi harfi

Oxirgi harfi


Berkitilgan bo‘g‘in (undosh)

Masalan, da-la (berkitilgan ochiq, berkitilgan ochiq), til-la (berkitilgan yopiq, berkitilgan ochiq)



TOPSHIRIQ. Quyidagi so‘zlarni berkitilgan yoki berkitilmagan, ochiq yoki yopiq deya tahlil qiling:

tanaffus (________________________); kontrakt (_________________________________);

manzur (_________________________); biologiya (_________________________________);

xushovoz (________________________); tabaqa (__________________________________).
§ Urg‘u
So‘zdagi bo‘g‘inlarning, gapdagi so‘zlarning boshqalariga qaraganda biroz kuchliroq talaffuz qilinishi urg‘u deyiladi.

Urg‘u 2 xil bo‘ladi:




  1. so‘z urg‘usi (leksik, lug‘aviy, atash urg‘usi) – so‘zdagi unli harfga tushadi

  2. gap urg‘usi (logik, mantiqiy, intonatsion, ma’no urg‘usi) – kesimdan oldingi so‘zga tushadi.


SO‘Z URG‘USI. So‘zdagi biror bo‘g‘inning boshqalariga qaraganda kuchliroq ohang bilan aytilishidir. O‘zbek tilida urg‘u, asosan, oxirgi bo‘g‘inga tushadi. Masalan, balánd, bolá.

Urg‘u yordamida nutq ko‘rkamlashadi, eshituvchiga yoqimli bo‘ladi, kishini zeriktirmaydi. Turkiy, jumladan, o‘zbek tilida urg‘u o‘rniga ko‘ra ko‘chib yuruvchi (ko‘chmanchi)dir. Masalan, o‘rík – o‘rikzór – o‘rikzorlár – o‘rikzorlargá.

Agar qo‘shimcha qo‘shilsa, urg‘u ham ko‘chib boraveradi: bola – bolalár – bolalarím – bolalarimgá.

O‘zbek tilida arab, fors-tojik, rus va boshqa yevropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlarda urg‘u barqaror o‘ringa ega.



Quyidagi hollarda urg‘uning o‘rni o‘zgaradi:

  1. arab va tojik tilidan o‘tgan so‘zlarda: hózir, áslo, dóim, yángi, hamísha;

  2. ayrim modal so‘zlarda: zéro, afsúski, albátta, bálki;

d) ba’zi yordamchi so‘zlarda: bá’zan, lékin, ámmo (sof ko‘makchilar urg‘u olmaydi: uzra, kabi, sari, sayin va h.k.);

e) ayrim olmoshlarda: qáysi, qáncha, hámma, bárcha, állakim, kímdir, hár kim, héch nima;

f) tutuq belgisi unlidan keyin kelgan so‘zlarda: má’no, dá’vo, á’lo;

g) fe’lning buyruq shaklida: kélsin, kéltir, tégma;

h) ayrim ruscha so‘zlarda: téxnika, kófe, radio, tráktor, matemátika, réktor, diréktor;

i) son alohida ohang bilan aytilsa: íkki, yétti, sákson;

j) tarkibli sonning birinchi qismiga: ó‘n ikki, ó‘n besh;

k) qo‘shma fe’l va KFSQning birinchi bo‘g‘iniga: sótib oldi, yózib oldi, bérib yubordi;

l) takror so‘zlarning birinchi bo‘g‘iniga: kátta-katta, ásta-asta

m) ayrim arabcha so‘zlarda: tádbir, tijórat, tátbiq, máktab.



ERKIN URG‘U. Bo‘g‘indan bo‘g‘inga ko‘chib, ularning ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladigan urg‘u erkin urg‘u deyiladi.

Masalan, yuklamá (ot) - yúklama (fe’l)



átlas (xarita) - atlás (mato)
Ayrim so‘zlarda urg‘u ma’no farqlashga xizmat qiladi:

Urg‘u 1-bo‘g‘inda

Urg‘u 2-bo‘g‘inda




Urg‘u 1-bo‘g‘inda

Urg‘u 2-bo‘g‘inda

yángi (ravish)

yangí (sifat)

étik (sifat)

etík (ot)

hózir (ravish)

hozír (sifat)

xímik (ot)

ximík (sifat)

ólma (fe’l)

olmá (ot)

fízik (ot)

fizík (sifat)

tórtma (fe’l)

tortmá (ot)

téxnik (ot)

texník (sifat)

súrma (fe’l)

surmá (ot)

átlas (xarita)

atlás (mato)

íshlar (fe’l)

ishlár (ot)

sízsiz (shaxs-son)

sizsíz (sifat yas.)

bóg‘lar (fe’l)

bog‘lar (ot)

tínchi (fe’l)

tinchí (egalik q.)

dámlar (fe’l)

damlár (ot)

bóyi (fe’l)

boyí (egalik q.)

kó‘zlar (fe’l)

ko‘zlar (ot)

bótir (sifat)

botír (fe’l)

chóg‘lar (fe’l)

chog‘lár (ot)

bótin (ot)

botín (fe’l)

qaynatmá (sifat) – qaynátma (fe’l), bosmá (sifat) – bósma (fe’l), otíng (ot) – óting (fe’l), moslamá (ot) – móslama (fe’l), boladá (ot. -da o‘rin-payt k.) – bóla-da (-da yuklama), suzmá (ot) – súzma (fe’l), akadémik, mexánik, matemátik (ot) – akademík, mexaník, matematík (sifat), yigitchá, qishloqchá (ot) – yigítcha, qishlóqcha (ravish)
Urg‘usini topish qiyin bo‘lgan so‘zlar
afsúski hátto óyday

ahíl héch kim póyezd

albátta izotóp qáncha

astronómiya kartína qáysi

auditóriya kímdir qíp-qizil

áhl konstitútsiya rádio

állakim kúldir respúblika

ammo lámpa romandán

áslo lékin rúchka

átom léksiya sanatóriya

bárcha matemátika shamólday

bolám máshq silós

brashúra mudír tónna

diréktor muhím tráktor

dotsént muhít yám-yashil

dóim mumkín závqim

gazéta munís zéro

gár-chi nafís

hamísha óblast

hámma óbraz

hár kim óshiq
Quyidagi qo‘shimcha va yuklamalar urg‘u olmaydi:


  • -ta: béshta, tó‘rtta;

  • -cha: rúscha, o‘zbékcha;

  • -tacha: ó‘ntacha, qírqtacha;

  • -dek, -day: ótdek, oyday;

  • -ov, -yev, -yeva: Ahmédov, Habibulláyeva;

  • -ma (bo‘lishsizlik q.): ólma, íshlama, kélma;

  • -man, -san, -miz, -siz, -dir kesimlik qo‘shimchalari: talabáman, talabásan, talabádir;

  • -ku: kéldi-ku;

  • -mi: óldingmi;

  • -chi: sén-chi;

  • -da: yána-da;

  • -gina (-kina, -qina): ulárgina;

  • sof ko‘makchilar (uchun, sari, kabi, uzra, singari va h.k.): osmón uzra, seníng kabi.


BOG‘LIQ URG‘U. So‘z oxiriga tushgan urg‘u bog‘liq urg‘u deyiladi. Masalan, dalá – dalalár – dalalargá.
GAP URG‘USI. Gapdagi biror bir so‘zning boshqalariga nisbatan ajratib, ta’kidlab aytilishi gap (logik, mantiqiy, intonatsion, ma’no) urg‘usi deyiladi. Gapda ma’no urg‘usi qaysi so‘zga tushgan bo‘lsa, so‘zlovchi tinglovchini diqqatini shu so‘zga tortmoqchi ekanini bildiradi. Gapda so‘roq olmoshlari, ajratilgan bo‘laklar ishtirok etsa, ular, albatta, gap urg‘usini olgan bo‘ladi. Masalan, Bugun darsda kim yo‘q? Biz, yoshlar, ona Vatanning ertasimiz. Ma’no urg‘usi, odatda, kesimdan oldingi so‘zga tushadi. Masalan,

Karim kecha maktabga keldi. (qayerga? Maktabga, boshqa yerga emas.)

Kecha maktabga Karim keldi. (kim? Karim, boshqa emas.)

Karim maktabga kecha keldi. (qachon? Kecha, bugun emas.)

Karim maktabga kecha keldi. (nima qildi? Keldi, kelmadi emas.)
ESLATMA! Gap bo‘laklarining odatdagi tartibining o‘zgarishi inversiya deyiladi.
8-DARS. TUTUQ BELGISI. X (x) va H (h) UNDOSHLARI IMLOSI


Download 451,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish