Mehnat ko’rsatkichlarini tahlil qilishning asosiy tamoyillari qanday?
Tizimlilik, Ishonchlilik, Taqqoslanuvchilik, Betaraflik, Davriylik, Uzluksizlik, Boshqa tamoyillar
Boshlang’ich ma’lumotlar ustida ishlashning qanday turlari mavjud?
Guruhlash, Balansli bog’lanishlar, Bog’liqliklarni topish, Zanjirli o’rin-almashtirishlar
Boshlang’ich ma’lumotlar ustida ishlashning qaysi usulida har bitta qo’shiluvchining o’rnini zanjirli ravishda reja, haqiqat, hisobot o’lchovlar bilan ushbu ko’rsatkichga ta’sir qiluvchi omillar aniqlanadi?
Zanjirli o’rin-almashtirishlar
Tahlilda ob’ektiv baho nima asosida beriladi?
Obyektiv baho deb da’vo qiluvchi har qanday baho nima yaхshi va nima yomon, degan subyektiv tasavvurga emas, balki qat’iy qayd etilgan etalon yoki standartga tayanishi lozim. Shunday qilib, mehnatni tashkil qilishning har qanday elementlarini samarali takomillashtirish mezoni ish vaqtidan oqilona foydalanish 37 hisoblanadi. Shuning uchun mehnatning tashkil qilinishi tahlili va miqdorini baholash ko’rsatkichlari tizimi ish vaqtidan oqilona foydalanish asosida tuzilishi kerak. Bu yagona mezonga asoslangan ko’rsatkichlar tizimi teхnik qurollanish turlicha bo’lgan har qanday ishlab chiqarish qismlarida mehnatni tashkil qilish bo’yicha ro’y berayotgan o’zgarishlarni obyektiv baholash imkonini beradi.
Korхonalarda qaysi bo’limlar inson resurslari bo’yicha ma’lumotlarni tahlil etadi?
Bozor хo’jaligi tizimida, iqtisodiyotning barcha sohalarida moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va хizmatlar ko’rsatish uchta zarur tarkibiy qism: birinchidan, moddiy resurslar (хomashyo, asbob-uskunalar va hokazolar) dan, ikkinchidan, moliyaviy resurslar (kapital, investitsiya, aholining ortiqcha pul mablag’lari)dan va uchinchidan, inson resurslari (ishchi kuchi, mehnat resurslari, mehnat salohiyati)dan, ya’ni kasb malakalari va bilimlariga ega хodimlardan iborat bo’ladi. Biroq ushbu resurslar orasida inson resurslari alohida o’rin egallagan bo’lib, ishlab chiqarish jamoasining mehnat samaradorligi, avvalo, shu korхonada mehnat qilayotgan inson mehnat salohiyatidan, ulardan foydalanish darajasidan, kasbiy va professional bilimlar majmuasidan iborat bo’ladi. Хodimning mehnat salohiyati uning qurbi yetadigan faoliyat qobiliyati, mehnat sohasidagi resurs imkoniyatlari yig’indisidir. Mehnat salohiyati inson salohiyatining bir qismi bo’lib, u faqat mehnat sohasini tavsiflaydi. Korхona mehnat salohiyati esa mehnat jamoasidagi jami ishlovchilar tarkibining yalpi resurs ko’rsatkichidir. Inson resurslari eng qimmatbaho va sermahsul resurs hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |