Ijtimoiy hayot va din



Download 11,62 Kb.
Sana07.07.2021
Hajmi11,62 Kb.
#111926
Bog'liq
Ijtimoiy hayot va din


Takrorlash uchun savollar:

1. “Ijtimoiy hayot va din” fanining predmeti nimani o’rgatadi?

2. Dinga ta`rif bering.

3. Diniy dunyoqarah haqida nimalarni bilasiz?

4. Kursning nazariy va amaliy ahamiyati nimada?

5. Ijtimoiy hayot va din fani qaysi fanlar bilan o`zaro aloqada?

6. Dinni o`rganadigan ilmiy yo`nalishlarni sanab bering?

7. Dinlarning kishilik jamiyati madaniyatining shakllanishiga qanday ta`sir qilgan?

8. Dinlar qanday sinflarga bo`linadi?

9. Ijtimoiy hayot va din fanining hozirgi kundagi ahamiyati nimadan iborat?

10. Dinlarning dunyo aholisiga nisbati qanday?

Javoblar:

1.Ijtimoiy hayot va din bir biriga bog`liq narsalar hisoblanadi,hayotdagi haar bir harkatlarimizni din bilan bog`lash mumkin.Avvalo din umumiy tushuncha bo`lib sodda qilib aytganda hayotimizni tog`ri mazmunli bo`lishini,o`z hayotimizdagi voqealarni o`zimiz boshqarishimiz mumkinligini,hayot yo`lida adashmay yurishimizni ta`minlaydi.

2.Din (arab. — eʼtiqod, ishonch, itoat) — xudo yoki xudolar, gʻayritabiiy kuchlar mavjudligiga ishonish. D. muayyan taʼlimotlar, his-tuygʻular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon boʻladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning oʻziga xos usuli. D.ning paydo boʻlishi haqida yagona fikr yoʻq. Islom dini taʼlimotiga koʻra, D. — Alloh tomonidan oʻz paygʻambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilajagi zarur boʻlgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga toʻgʻri, haqiqiy hayot yoʻlini koʻrsatadigan va oʻrgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan taʼlimotdir.

3.D.ning nima ekanligi turlicha izohlansada, umuman ol ganda D. — ishonmoqlik tuygʻusidir. Bunday tuygʻusi boʻlmagan xalq yoʻq. Chunki biron-bir xalq D.siz, eʼtiqodsiz, biron-bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. D. insoniyatning eng teran, eng goʻzal maʼnaviy-ruhiy ehtiyojlaridan biridir. Insoniyat tarixida D. turli shakllarda namoyon boʻlgan. D.ning dastlabki koʻrinishlari fetishizm, totemizm, animizm, sehrgarlik va b.dir. Shuningdek, urugʻqabila D.lari, milliy D.lar (iudaizm, hinduiylik, sintoizm, daosizm, konfutsiychilik), jahon D.lari (buddizm, xristianlik, islom) vujudga kelgan. D. avvaliga koʻpxudolik (poli-teistik), soʻngra yakkaxudolik (monoteistik) koʻrinishida boʻlgan. Har bir D. diniy dunyoqarash, diniy marosim, diniy tuygʻu va sigʻinish obʼyektlarini oʻz ichiga oladi. Har qanday jamiyatda D. maʼlum ijtimoiy, maʼnaviy va ruhiy vazifalarni bajaradi. Uning ijtimoiy hayotga taʼsiri kuchlidir. Har bir D. dindorlarini oʻz taʼlimoti doirasida saklashga harakat qiladi, oʻz qavmlari uchun tasalli beruvchi, ovutuvchilik vazifasini oʻtaydi. D.lar oʻz marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan qatiy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qoʻyadi, shuningdek, oʻz qavmlarining birligini, jamiyat va shaxsning oʻzaro aloqada boʻlishini taʼminlashga intiladi. D. insonga yashashdan maqsad, hayot mazmuni, bu dunyo va u dunyo masalalariga oʻz munosabatini bildirib turadi. U umuminsoniy axloq meʼyorlarini oʻziga singdirib, xulq-atvor qoidasiga aylantiradi (qarang Axloq). Madaniyat rivojiga katta taʼsir koʻrsatib, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni saqlab qolish va avloddan-avlodga yetkazish ishiga yordam beradi.

4.

5. Ijtimoiy hayot va din fani qaysi fanlar:falsafa,tarix,din tarixi,dinshunoslik



va shu sohadagi fanlar bilan o`zaro aloqador hisoblanadi.

6.Dinni o`rganadian ilmiy yo`nalishlarga sotsiologiya va dinshunoslik,falsafa va shunga o`xshash yo`nalishlarni misol qisak bo`ladi.

7.D. dunyo, celoveq, mavjudotlarning kelib chiqishi, insonning yashashdan maqsadi kabi savollarga oʻzicha javob beradi. Dunyoviy ilm nuqtai nazaridan D. kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining maʼlum bosqichida paydo boʻlgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Bu dunyoqarash jamiyatning maʼlum tarixiy davr va sharoitlaridagi talablari, ehtiyojlari asosida shakllanadi. Ulugʻ mutafakkir Abu Nasr Forobiy D.ga falsafa bilan bir qatorda haqiqatga yetishishning 2 mustaqil usulidan biri sifatida qaragan. Forobiyning fikricha, falsafadagi masalalar isbotini paygʻambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar. D.ga turlicha yondoshishni Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida, Ibn Rushdning ikki haqiqat nazariyasida kuzatish mumkin. 18-asr fransuz faylasuflarining D.ga boʻlgan oʻziga xos yondashuvlari, 19-asrda mifologik maktab (aka-uka Ya. Grim va V. Grim, M. Myuller), antropologik maktab (L. Feyerbax) va b. turli yoʻnalishlar paydo boʻlgan boʻlsa, 20-asrda D.ni tadqiq qilish yuzasidan yana boshqacha qarash va nazariyalar (K. Yung , E. Dyurkxeym) vujudga keldi.

8.3ta katta dinlar bor yer yuzini deyarli 3/2 qismi sig`inadi .Ular xristianlik dini(Yevropa,sh.Amerika va j.Amerika davlatlari qisman Osiyo va Afrikada Tarqalgan),Islom dini (Markayiy,Janubi G`arbiy va Janubiy qismlarida,Afrika qisman boshqa qit`alarda uchraydi),Buddizm(Asosan Hindi-Xitoy davlatlarida va qisman boshqa qit`alarda uchraydi)hisoblanadi.

9.Жамиятнинг ижтимоий ҳаётининг асосини унда мавжуд турли-туман ижтимоий

бирликлар ташкил этади. Ижтимоий бирликлар деганда, халқ, синф, миллат, жамоа,

меҳнат жамоаси, оила кабилар назарда тутилади.

Ижтимоий бирлик тарихан таркиб топган, ўзаро барқарор ижтимоий муносабатларга

киришадиган ўзига хос умумий хусусиятларга эга бўлган кишилар бирлашувининг ўзига

хос кўринишидир.

Ижтимоий бирликлар вақтинча, қисқа муддатли ва барқарор бўлиши мумкин. айнан

барқарор, ички алоқа ва муносабатлар билан ўзаро боғланган кишиларнинг

уюшувидан иборат ижтимоий бирликлар жамият ижтимоий ҳаётининг мазмунини

ифодалайди.

10.Odamzod paydo bo’libdiki, turli ilohlarga sig`inib keladi. Natijada turli qabila, elat, millatga tegishli dinlar paydo bo’ldi. Vaqt o’tishi bilan mayda millat va elatlar nomi hamda ularning so’zlashadigan tili yo’qolib yirik millat va xalqlarga singib ketgani (assimilyatsiya) singari dunyo dinlarida ham shunday jarayon kuzatildi. Ayniqsa ilohiy kitoblar (tavrot, zabur, injil, qur’on)ning tushirilishi bilan dunyo xalqlari e’tiqot qiladigan dinlarning soni hamda unga e’tiqod qiluvchi aholining salmog`i keskin o’zgarib ketdi.

Hozirgi vaqtga kelib dunyo aholisining aksariyati u yoki bu dinga e’tiqod qiladi. XXI asrga qadar dunyoning eng yirik dini (e’tiqodchilari soniga ko’ra) xristian dini hisoblanib kelindi. Dj.Meltonning «Религии мира» ensiklopediyasida keltirilishichahozirga qadar dunyo aholisining 31 foizini (deyarli har 3 kishini biri) xristianlar tashkil etmoqda.Ikkinchi yirik din bu islom dini bo’lib, hozirda dunyo aholisining 23 foizi (deyarli har 4 kishini biri) musulmon diniga e’tiqod qiladi. Dunyo aholisining anchagina qismini induist (14-15 %), buddist (7 %) va boshqa kichik din va maslaklar tashkil etadi.Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, endilikda turli dinlarga mansub aholi sonida tug`ilish ko’rsatkichi turlicha ekanligi, dunyo miqyosida tashqi migratsiyani kuchayishi hamda aholining ma’lum qismida diniy e’tiqodning o’zgarishi hisobiga ayrim dinlarning salmog`i oshib, ayrimlariniki kamayib bormoqda. Quyidagi chizmada asosiy dinlarning o’zgarish dinamikasi aks ettirilgan.

Bugungi kundagi zamonaviy demografik trendlar davom etsa, tahlillarga ko’ra, XXI asr o’rtalariga borib musulmonlar soni xristianlar soniga yetib olishi bashorat qilinmoqda. Tahmin qilinishicha, dunyo aholisining soni 2010-yildan 2050-yilga qadar 35 foizga oshishi kutilmoqda, ya’ni aholi soni 9,3 mlrd.ni tashkil etishi mumkin. Shu davrda yoshlar soni va nisbatan tug`ilish yuqori bo’lgan musulmonlar 73 foizga oshishi kutilmoqda. Xristianlar soni ham ko’payadi, lekin ancha past ko’rsatkichlarda. Tahminan 2050-yilda ularning soni atigi 35 foizga oshadi xolos. Shunday qilib, 2050-yilda musulmonlar soni 2,8 mlrd.ni, ya’ni dunyo aholisi sonining 30%ni, xristianlar esa 2,9 mlrd.ni, ya’ni 31% ni tashkil etadi.

2070-yilga kelib esa xristian va musulmonlar soni tenglashadi, ikkala din vakillari dunyo aholisining umumiy sonining 32 foizidan tashkil etadi. Keyinroq esa ya’ni 2100-yilga kelib dunyoda musulmonlar jami aholi sonining 35 foizini, xristianlar esa - 34 foizini tashkil etadigan bo’ladi. Ikkala din ham asosan Afrika mamlakatlari hisobidan ko’payadi.



Albatta, dunyo dinlarining barchasida vaqt o’tishi bilan o’sish hollarini kuzatish mumkin bo’ladi, ammo buddizm e’tiqodchilari soni tabiiy ko’payish ko’rsatkichi juda past bo’lganligi tufayli o’zgarmaydi; Xitoy, Tayland, Yaponiya kabi davlatlarda esa millatning qarishi hisobidan ushbu ko’rsatkich yanada kamayib ketadi. Induizm e’tiqodchilari soni ham dunyo aholisi soni bilan bir xil oshadi, ya’ni 34 foizga (1 mlrd.dan 1,4 mlrd.gacha). Iudaizm ham o’z davomchilari sonini deyarli 16 foizga oshirib, ushbu diniy yo’nalishga e’tiqod qiluvchilar sonini 14 mln.dan 16 mln.ga olib chiqadi.

Shu bilan birga hech qanday diniy qarashga va e’tiqodga ega bo’lmaganlar, ateist va agnostiklar soni kamayadi, ya’ni 2050-yilga kelib ular soni 16 foizdan 13 foizga tushishi kutilmoqda.
Download 11,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish