- 14 -
6- ko`rgazma
7- ko`rgazma
8- ko`rgazma
Tayanch tushunchalar
Zardusht, zardushtiylik, "Avеsto", Kushonlar davlati, buddaviylik,
Mazdak, Moniy, "Tavrot", "Vеda", Dao - tabiat qonuni, Si - borliqning
asosida yotuvchi to`rt unsur, yan - yorug’lik kuchi, in - zulmat kuchi,
mеtafizika, atomlar.
Olov, Suv, Yer,
Yog’och, Havo
Dao qonuni
Jamiyat
Inson
hayoti
Olam
Antik davr falsafasi
Milet falsafiy maktabi
Aflotun
Eley falsafiy maktabi
Pifagor
Suqrot
Arastu
Milet maktabi vakillari
Fales
Anaksimandr
Anaksimen
- 15 -
Takrorlash uchun savollar
1.
"Avеsto" to`g’risida nimalarni bilasiz?
2.
Zardushtiylikning mohiyati nimadan iborat?
3.
Moniy va Mazdak ta'limotlari nimaga da'vat etadi?
4.
Qadimgi Misr falsafasiga xos xususiyatlarni sanab bеring.
5.
"Vеda" lar nima va qachon paydo bo`lgan?
6.
Buddaviylik ta'limotining mohiyati nimadan iborat?
7.
Konfutsiylik nima?
8.
Lao Szi falsafasida Dao qonuni nimani anglatadi?
9.
Milеt falsafiy maktabi to`g’risida nimalarni bilasiz?
10.Gеraklit, Suqrot, Aflotun va Arastu haqida nimalar bilasiz?
2-mavzu. Markaziy Osiyo falsafasi, uning jahon
madaniyatida tutgan o`rni
Reja:
1. O`zbekiston hududidagi eng qadimgi madaniyat va falsafiy
qarashlar.
2.Markaziy Osiyoda ilk o`rta asrlar falsafasi.
3.Temuriylar va o`rta asrlar falsafasi.
4.XVI asrdan XX asr boshlarigacha O`zbekistondagi ijtimoiy-falsafiy
tafakkur.
Markaziy Osiyodagi eng qadimgi falsafiy qarashlar. Miloddan
oldingi ming yilliklarda Vatanimiz hududida ijtimoiy-siyosiy va falsafiy
tafakkur rivoji. Qadimgi Xorazm, Sug’diyona, Afrosiyob, Sxosh
madaniyati, uning milliy g’oya shakllanishidagi ahamiyati. "Avesto" va
zardushtiylik g’oyalari. Avesto - mamlakatimiz sivilizatsiyasi va
xalqlarimiz
ijtimoiy
fikri
tarixining
qadimgi
namunasi.
Zardushtiylikning olam, borliq va ruh, tabiat va odam to’g’risidagi
qarashlari. Avestodagi milliy g’oyalarning ifodalanishi va uning
xalqlarimiz taraqqiyotidagi ta`siri.
Markaziy Osiyodagi buddaviylik. Buddaviylikning Kushon
davrida yangi va ustivor yo`nalishlardan biriga aylanishi. Moniy
falsafasi. Moniylik g’oyalarining tarqalishi. Mazdak g’oyalari.
Mazdakiylikning tarqalishi, asosiy tamoyillari va qarashlari. Moniy va
Mazdak ta`limotlarining tarixiy taqdiri va xalqlarimiz ma`naviy
taraqqiyotiga ta`siri.
- 16 -
Ilk o`rta asrlar falsafasining mohiyati va xususiyatlari. Markaziy
Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi. Mustamlakachilikka qarshi
kurash - ozodlik va mustaqillik g’oyasi timsoli. Islomning tarqalishi va
xalq ongiga singdirilishi jarayoni. Islomning mohiyati va mazmuni.
Qur`on va hadislar. Islomning asosiy yo`nalishlari, oqimlari va
mazhablari. Shariat va tariqat, sunniylik va shialik yo`nalishi. Islom va
Kalom falsafasi, mashshoyiunlar va tibbiiyunlar. Islomda siyosat, davlat,
huquq va axloq masalalari.
Ilk o`rta asrlarda Vatanimizning jahondagi yirik madaniyat
markazlaridan biriga aylanishi. Sivilizatsiyamizning sharq xalqlari
madaniyatiga
aks
ta`siri.
Islom
falsafasi
rivojida
ulug’
yurtdoshlarimizning xizmati.
Mo`g’ul bosqini oqibatlari va markazlashgan davlat g’oyasi. Amir
Temurning hayoti, faoliyati, uning jahon va Vatan taraqqiyotidagi o`rni.
"Kuch - adolatdadir" tamoyili. Temur va temuriylar davlati, uning
ijtimoiy-siyosiy hayoti. "Temur tuzuklari" va milliy g’oyalar rivoji.
Ulug’bek - O`rta asr madaniyatining atoqli vakili. Ulug’bek
akademiyasi. Ulug’bek akademiyasining madaniyat rivojidagi o`rni va
jahon fani taraqqiyotiga ta`siri. Ulug’bek davri va undan keyingi
madaniy hayot, siyosiy jarayonlar, g’oyaviy va mafkuraviy o`zgarishlar.
Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Bobur va boburiylar davri.
Temuriylar davri va o`rta asrlar falsafasini o`rganish bugungi kundagi
dunyoqarashning o`zgarishi. Bu jarayonning yoshlarni milliy g’oyalarga
sodiqlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati.
Milliy g’oyalar tizimining umumiy tanazzuli. XVII - XVIII
asrlarda mamlakatning xonlik va amirliklarga bo`linib ketishi. Ulardagi
ijtimoiy-siyosiy ahvol va madaniy jarayonlar. Ogahiy va Ahmad Donish
faoliyati.
Millatning g’oyaviy tarqoqligi va mafkuraviy zaiflik oqibati.
Chorizm istilosi va falsafiy fikr taqdiri. Mafkuraviy maydonda
istilochilar g’oyalarining ustivorligi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
falsafiy fikrlar. Jadidlar harakati. Jadidchilik - milliy g’oyalar uchun
kurash falsafasi. Behbudiy, Munavvar Qori, Fitrat, Cho`lpon, Abdulla
Qodiriy, Abdulla Avloniy - jadidchilik falsafasining namoyondalari.
Sobiq ittifoq va totalitarizm davri, mustabidchilik mafkurasi asoratlari:
falsafiy xulosa va saboqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: