jarayoni ham ro‘y bermoqda (masalan, Gadamer germenevtikani
ratsional dialektika bilan
birlashtirishga harakat qiladi).
«Dialektika» (yunon. «dialektike» – «bahs», «suhbat») tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti
qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va amaliy
faoliyat haqidagi ta’limotdir.
U grek tilida
bahs va suhbatlashish san’ati, degan ma’noni
anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo‘li va usuli sifatida talqin etganlar.
Hozirgi
davrga kelib, dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o‘zgarishda, o‘zaro
aloqadorlik va bog‘liqlikda, taraqqiyot va rivojlanishda, deb tushunishga asoslanadi. Unga ko‘ra,
olamda o‘z o‘rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yunalishiga ega bo‘lgan barcha narsalar
va voqealar bir-birlari bilan bog‘liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va
takrorlanib turadigan bog‘lanishlar orqali namoyon bo‘ladi.
Falsafa tarixida dialektika to‘g‘risida xilma-xil qarashlar bo‘lgan. Antik davr dialektikasi
sodda va stixiyali bo‘lib, asosan, hayotiy tajribaga asoslangan. O‘sha davrda «Dialektika» so‘zini
birinchi bo‘lib, Suqrot (er.av. 469–399 y.) o‘z falsafiy faoliyatida qo‘llagan. Suqrot dialektikani
mayevtika (harflarni yaratish san’ati) bilan taqqoslagan. Zotan, mulohaza qilish shunday
dialektik usuldirki, uning natijasida raqib nutqidagi ichki ziddiyatlar
ochiladi yoki fikrlash
jarayonida yangi ixtilofli fikr-mulohazalar paydo bo‘ladi. Suqrot boshqalarni haqiqatni izlashga
da’vat etar ekan, o‘z onasi doya Fenareti ishini davom ettirayapman, deb izohlaydi. «Dialektika»
so‘zi paydo bo‘lishiga qadar antik falsafada mazmuniga ko‘ra, dialektik bo‘lgan nazariyalar
shakllana boshlagan. O‘tmish mutafakkirlar o‘z vaqtida dunyoning yagona birligi sokinlik, bu bir
butunlik ichida doimiy uzluksiz o‘zgarishlar, yaratish jarayoni sodir bo‘luvchi koinot haqidagi
fikrlarni ilgari surganlar. Ular koinotni o‘zgaruvchanlik va barqarorlikning ziddiyati sifatida
tasavvur qilganlar. Borliqning umumiy o‘zgaruvchanligi bir narsaning ikkinchi narsaga – erning
suvga, suvning havoga,
havoning olovga, olovning efirga aylanishi va qayta takrorlanishi bilan
xarakterlanadi, deb hisoblaganlar.
Dialektik metod yangi davrda, xususan, nemis falsafasida, ayniqsa, Kant, Fixte, SHelling
va Gegel tomonidan yanada chuqurroq tahlil qilingan. YAngi davrning o‘ziga xoc xususiyati
shundaki, bu davrga kelib taraqqiyotga yangicha munosabat shakllandi. Dialektik metod
predmetlarda emas, balki munosabatlarda o‘z aksini topa boshladi. Bu cheksizlik haqidagi
g‘oyani qayta ishlash bilan bog‘liq edi. CHeksizlik g‘oyasining
yangicha talqini paradoksal
nazariya shaklida namoyon bo‘ldi. Bu Kantning planetar tizimlarning tumanlikdan paydo
bo‘lganligi haqidagi gipotezani yaratishi bilan bog‘liq. Bilish nazariyasida Kant ikki
mulohazaning ziddiyatliligi antinomiyasini ochib tashlar ekan, bunda har ikkalasini etarli asosga
ega, deb hisoblaydi. Masalan: 1. Dunyo vaqtda boshlang‘ich nuqtaga ega va vaqtda cheklidir. 2.
Dunyo vaqtda boshlang‘ich nuqtaga ega emas va vaqtda cheksizdir. Kant ziddiyatlarga eskicha,
ya’ni inson aqlining illyuziyasi sifatida qaraydi. U bu ziddiyatlarni yangi nazariya yaratish
jarayonida kashf qiladi, biroqundan qutilish yo‘lini ko‘rsata olmaydi. Ularga aqlning xatosi
sifatida qarash kerakmi? Hissiy idrok qilishda xatoga yo‘l qo‘yilar ekan,
aqlning xatoligidan
shubhalanish to‘g‘rimikan? – degan savollarga javob izlagan Kant aqldagi ziddiyatlarni bartaraf
qilish yo‘lini topadiki, aynan shu yo‘l pozitiv dialektikaning asosi bo‘ladi. Bunda inson aqli
o‘zgaruvchanligining tarixiyligi tan olinadi, aqlning xatosi esa, tarixiy asosga ega bo‘lib, u
taraqqiyotning cheksizligi, bilish jarayonini to‘g‘ri tushunish qobiliyatiga ega emas. Kant
dialektika metodidan yangicha foydalanish imkoniyatini ko‘rsatdi,
taraqqiyot muammosini
yangicha qo‘yish va hal qilish zaruriyatini e’tirof etdi. Taraqqiyotning yangi nazariyasini Kant
sub’ekt aqlining dialektik xarakteri bilan bog‘laydi va sub’ektiv dialektikani asoslab beradi.
Dialektika taraqqiyotining keyingi imkoniyatlari Gegel falsafasida o‘zifodasini topdi. Gegel
dialektikani falsafa taraqqiyotining umumiy nazariyasi sifatida asoslab bergan. Ma’lumki, o‘rta
acp ratsionalizmi tajribaning ahamiyatini va nazariyaning empirik paydo bo‘lishini tan olishi
bilan xarakterlangan. Gegel fikrlari boshqacha xarakterga ega. U, falsafa o‘z xususiyatlarini
asoslovchi metodga ega bo‘lmas ekan, fan bo‘la olmaydi, deb hisoblaydi. Gegel dialektik
metodni mukammallashtirish mumkinligini va u yagona haqiqiy metodligini ta’kidlaydi. Falsafa
metodi tabiat va ruh taraqqiyotini ifodalovchi fikr harakatiga adekvat bo‘lishi lozim. Gegel o‘z
metodida shunday adekvatlikka erishilganligiga ishonadi.
Do'stlaringiz bilan baham: