1.
Maoshni olgan kuningizoq uning 10-15 foizini alohida ajratib qo`ying (agar oila
qurgan bo`lsangiz, siz va turmush o`rtog`ingizning maoshi qo`shib hisoblanadi).
Bu pul
orzu havaslaringiz (mashina sotib olish yoki sayohatga) yoki shunchaki, «qora kunlar»ga
yaraydi. «O`zi shundog`am oylikdan oylikkacha yashayapmizu, shundan ham keyinga deb
kessak nima qoladi», demoqchisiz to`g`rimi? Unda daromadingiz 10 foizga kamaydi deb
tasavvur qiling. Axir shunday bo`lgan taqdirda ham qolgan 90 foiziga ro`zg`or tebrata
olardingiz-ku.
Pul yig`ishni endi boshlagan paytingizda ertangi kun uchun daromadning 10-15 foizidan
ortig`ini olib qo`yish ham yaramaydi. Qat`iy tejamkorlik rejimida 1 hafta, 10 kun, uzog`i 1 oy
yashay olasiz, lekin keyin, pulingiz bo`la turib o`zingizga shuncha cheklovlar
qo`yayotganingizdan jahlingiz chiqib, yig`ayotgan pulingizni ishlatib qo`yasiz. Va kamiga «men
pul yig`olmas ekanman», degan xulosaga ham kelasiz.
2. Alohida konvertga majburiy to`lovlar uchun muayyan summani solib
qo`ying.
Har oy uy, soliqlar uchun, qolaversa, bolalar bog`chasiga ham pul to`lashingiz aniq.
Bunday to`lovlarni baribir amalga oshirish kerak bo`lsa, shuning harakatini oldindan qilib
qo`ygan ma`qul.
3. Qo`lingizga taqvim olib, shu oyda o`tkaziladigan tadbirlar—to`y, tug`ilgan kun,
o`tirishlar bor-yo`qligini ko`rib chiqing.
Chunki agar oy davomida to`y, tug`ilgan kunlar
bo`lsa, baribir sovg`a olishingizga to`g`ri keladi. Shuning uchun uchinchi konvertning ustiga
tortinmay, «sovg`alar uchun», deb katta qilib yozingda, unga ataganingizni soling!
4. Xo`sh shunday qilib, yuqoridagi xarajatlardan keyin maoshingizdan qancha
qoldi? 100 mingmi, 150 mingmi yoki 200mingmi? Ishqilib qancha qolgan bo`lsa ham bu
aynan o`sha kundalik xarajatlaringiz uchun oy davomida sarflashga mo`ljallangan
summangizdir.
Yuqoridagi gapda «oy davomida» jumlasi asosiy ekaniga ahamiyat
bergandirsiz? Arifmetika borasidagi bilimlaringizga ishonchingiz komil bo`lmasa, qo`lingizga
kalkulyatorni oling (yaxshiyamki, bu mo`jazgina texnika taraqqiyoti qo`l telefonlarida ham bor).
O`sha qolgan 100, 150 ming summani 30 kunga bo`ling. Natija 3333, 5000 yoki 6666 chiqdi,
to`g`rimi? Endi siz oilaviy byudjetingizga zarar qilmaslik uchun har kuni tahminan qanchagacha
pul sarflashingiz mumkinligini bilasiz. To`g`rirog`i, kundalik me`yordan ortiqrog`ini
sarflashingizku mumkin, lekin grafikdan chiqib ketmaslik uchun boshqa kunlar xarajatni yana
kamaytirishingizga kerak bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |