“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi


Pulga munosabat qanday shakllanadi?



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet387/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

Pulga munosabat qanday shakllanadi?  
Ota-onangiz va atrofdagilargilaringiz pul haqida qanday o’ylashlari va uni qanday 
sarflashlari bolalikdanoq pulga munosabatni shakllantirib boradi.
O’zingizning orzularingiz va shaxsingizga bergan bahongiz, ishonchingiz ham bu borada 
muhim ahamiyatga ega.


Amerikalik ruhshunos Alan Frommning ta’kidlashicha, 
pul sarflash san’ati bizning 
xohish-istaklarimizni boshqarish qobiliyatimizni ko’rsatadi,shu sabab bu san’atga yoshlikdan, 
bolada pulga qiziqish paydo bo’lgan davrdan o’rganish kerak. Muhimi, pulga ortiqcha muhabbat 
qo’yish , pul bilan qo’rqitish, pulga zoriqtirish insonlar o’rtasidagi samimiy munosabatlardan 
uzoqlashtiradi. Bolalarning ko’zini pulning oddiy vosita ekanligiga o’rgatish zarur. 
Pul bizning hayotimizda qanday ma’noga ega? Kim uchundir pul - bu ozodlik, kimgadir 
hukmronlik va yana kimgadir rohatlanishdir. Shu bilan birga hamma pulga ehtiyoj sezadi, usiz 
inson bir kun ham yashay olmaydi. Pulsiz qolishdan yomon narsaning o’zi yo’q. 
Pulga munosabat qanday shakllanadi? Ko'pincha u ota-onangiz va atrofingizdagilarning 
sizga ko'rsatgan ibrati orqali tarbiyalanib boradi. Ularning pul haqida qanday o'ylashlari va uni 
qanday sarflashlari bolaligingizdanoq sizda pulga munosabatni shakllantirib boradi. Va albatta, 
o'zingizning orzularingiz va shaxsingizga bergan bahongiz, ishonchingiz ham bu borada muhim 
ahamiyatga ega. Pul masalasida farzandlarga uch xil tarbiya beriladi: "Pul - yomon narsa. Usiz 
ham yashasa bo'ladi". "Pul? U nima o'zi?" (ya'ni ota-onalar ma'lum yoshga etguncha bolalar pul 
nimaligini umuman bilmaganlari ma'qul, deb hisoblaydilar). "Pul - bu jiddiy masala. Uni 
ishlatishni bilish kerak". Bu - eng to'g'ri tarbiya. Ko'p insonlarning ongi yoshligidanoq 
qashshoqlikka tayyorlab boriladi. Maktabda "pul qaerdan paydo bo'ladi?" degan savolga javob 
berilmaydi. Shuning uchun bola maktabni pul haqida sodda va ko'pincha noto'g'ri tasavvurlar 
bilan bitirib ketadi. U butun umr pul haqidagi oddiy, ammo juda muhim tushunchalardan 
bexabar yashayverishi mumkin. Oqibatda nima xohlayotganini o'zi ham bilmaydigan noshudga 
aylanadi. Tagi teshilgan etikda yurib, xaroba uyda yashab, inson asta-sekin qashshoqlikka 
ko'nikib qolishi mumkin. O'zining qashshoqligida dunyoni ayblayverib, oxiri o'zi bilan o'zi ovora 
maydakash, alamzadaga aylanadi. Kuzatib turib, odamlarning ko'pchiligi butun umr o'zini-o'zi 
qashshoqlashtirib borayotganiga guvoh bo'lish mumkin. Ular g'ayrishuuriy tarzda kambag'allik 
odatlariga amal qilib boradilar. Arzimas haq to'lanadigan ish uchun jonlarini jabborga berib 
ishlaydilar. Aslida esa aksincha bo'lishi, o'ynab-kulib qilgan ishlari uchun katta pul olishlari 
lozim edi. Ular keng tarqalgan, ammo noto'g'ri bir qoidaga amal qiladilar, ya'ni "boshqalar 
mening mehnatim bahosi qanchaligini biladilar" deb o'ylaydilar.
Ular pul jamg'arish nima ekanligi haqida umuman tasavvurga ega emaslar. Topilgan 
mablag'ni darhol joy-joyiga sarflash - mana ularning asosiy shiorlari. Pulni biror ishga jalb qilish, 
aylantirib, foyda olish haqidaku, umuman gapirmasa xam bo'ladi. Pulini topgan zahoti mayda-
chuydalarga sarflab yuboradiganlarda moliyaviy investitsiya uchun imkon ham bo'lmaydi-da!
Aslida mablag'ni kun sayin ko'paytirib borish juda mushkul ish emas. Ammo hech narsa 
qilmay, qo'l qovushtirib o'tirish baribir osonroqda! Har oyda ma'lum mablag'ni tejab borish 


nahotki shunchalar qiyin bo'lsa? Yo'q, unday emas. Ammo bir necha lahzalik lazzat uchun pul 
sarflash oson.
Muvaffaqiyatga erishishgan odam hech qachon "katta pul topish mumkin emas", deb 
o'ylamaydi. Kambag'al odam esa kichik miqdordagi pulni topish osonroq, deb o'ylaydi. 
Qo'lingizda kutilmaganda katta mablag' paydo bo'lib qolishi mumkin. Xalqda buni 
"ahmoq pullar" deyishadi. Asosiysi, ularni to'g'ri ishlata bilish. Boshlang'ich katta kapitalga ega 
bo'lganlarning ko'pchiligi bugunga kelib hech kim emas. Chunki ular qo'llarida bor imkoniyatni, 
boshlariga qo'ngan omad qushini uchirib yuborganlar, ya'ni pul sarflashni bilmaganlar. Sportchi, 
fotomodel, estrada qo'shiqchilarini oling. Bu kasblarning umri uzoq emas, ammo daromadi katta. 
Lekin katta daromad olish, bu hali badavlat turmush kechirish degani emas. Dunyo tajribasidan 
ma'lumki, bunday yulduzlarning ko'pchiligi umrlarini ayanchli bir tarzda tugallaydilar. Chunki 
ular pul sarflashni bilishgan, uni ko'paytirishni esa bilishmagan. Ahamiyat bering. Pele bilan bir 
komandada Garrincha ismli futbolchi ham o'ynardi. Uning Peledan hech kam joyi yo'q, ba'zi 
o'rinlarda hatto undan ustun ham edi. Ammo Pele futbolni tugatib, nafaqaga chiqqach, pullarini 
foydali biznesga jalb qildi ("Kafe Pele"ning reklamasini eslaysizmi?) va farog'atda yashab 
yuribdi. Garrincha esa pullarini ichib tugatdi va umrining oxirini ko'chalarda daydib o'tkazishga 
majbur bo'ldi. Teng imkoniyatga ega bo'la turib, ularning biri pul topishni bildi, boshqasi esa 
faqat sarflashni. Ha, odam qashshoqlik psixologiyasiga ega bo'lsa, hech nima qila olmas ekan. 
Faqat pul sarflashi mumkin, xolos. Pullarni saqlab qolish uchun ularga munosabatingizni 
o'zgartirishingiz lozim. 
Aksari odamlar so‘rashdan qo‘rqishadi, jazm etganlarida esa shijoat yetishmaydi. Bu 
ulkan xatodir.
Bir xil odamlar hech qanday sirga ishonmaydilar. Ular boy bo‘lishlariga ishonmaydilar. 
Va ular to‘g‘ri qiladilar. Chunki omad, unga ishonganlargagina kulib boqadi. Shunday harakat 
qilignki, o‘z kuchingizga ishonch, so‘ng maqsadga yetish uchun kuchli istak bo‘lsin.
Agar inson har tomonlama mos sharoitlarni kutib yashasa, u hech qachon hech narsa qila 
olmaydi. Harakatlanish uchun ideal vaqt – hozir! Hayotda muvaffaqiyat qozonish uchun inson 
boshqa tanlash imkoniyati yo’qligini, devorga borib tiralganini sezishi lozim. Agar sen 
ikkilansang, unim yo’q, bunim yo’q, deb tavakkal qilishni istamasang, hech narsaga erisha 
olmaysan.
Hamma buyuk narsalar – oddiylikdadir ! (Motsart) .
Agar siz qayoqqa ketayotganligingizni bilmasangiz, hech qaerga bora olmaysiz.
O’z talablaringni to‘g‘ri ifodalay olishni eplash kerak. Birinchi navbatta, ular mutlaqo 
aniq bo‘lishi shart!


Hayot undan nima kutayotganingni bilishni istaydi. Agar hech narsa so‘ramasang, hech 
narsa ololmaysan.
Hayotimiz - biz uni qanday tasavvur etsak, huddi shunday.
Istak - bizning fikrlarimizni qo‘llovchi va yo’naltiruvchi hisoblanadi. Istagingiz qancha 
kuchli bo‘lsa, istayotgan narsangiz hayotingizda shu qadar tez paydo bo‘ladi.
Kuchli istak – kerakli omil, lekin yetarli emas. Sizga nima yetishmaydi, bu - ishonch! Siz 
millioner bo‘lishingizga ishonishga majbursiz!
Ishonchni paydo qilishning yagona yo’li - so‘zlarni takrorlash. So‘zlar, bizning ichki va 
tashqi hayotimizda ulkan kuchga ega. So‘zlar va fikrlar ulkan kuchga ega, buni unutmang .
Tajriba – nazriyaga qaraganda ancha yaxshi o‘qituvchi. Gyote shunday degan: ”Nazriya 
mening do‘stim, hayot daraxti esa abadiy yashildir".
Har qanday vaziyatda muammolar sizni chalg‘itishiga yo’l bermang .
Sizni uzun, og‘ir yo’l kutmoqda, ko‘nikmalarga ega bo‘lguningizga qadar hech qachon 
ortga chekinmang, shunda sizga so‘z beramanki, natija sizning qanchalik kuch sarflashingizga 
yarasha bo‘ladi.
Hamma narsa sizning fikrlash doirangizga bog‘liq.
Yodda tuting : tahdid sizga emas, boshqa birovga qaratilgan. Agar istasangiz, 
muammolar sizga emas, boshqa birovga qaratiladi.
Hayot , bu - ichki dunyomizning ko‘zgudagi aksidan boshqa hech narsa emas.
Aynan ishonch – har qanday muvaffaqiyatning buyuk siri sanaladi. Agar u yoki bu 
maqsadga erishishingizga ishona olsangiz, siz bu qobilyatga ega bo‘lasiz ham.
Ichki hissiyot qanchalik kuchli bo‘lmasin, u haqiqatni yolg‘ondan ajrata ololmaydi.
Ba’zilar o‘z-o‘ziga tinmasdan, omadsizlar oilasida dunyoga kelganligim uchun yoki bir 
nech muvaffaqiyatsizliklarga duchor bo‘lganim uchun hech qachon yuksklikka erisha 
olmayman, deb takrorlashadi. Bu insonlarning ketma–ket omadsizlikka uchrashlariga sabab – 
ularda muvaffaqiyat uchun yetarli darajadagi sifat yo’qligi emas, balki ongsiz ravishda o‘zlarini 
omadsiz qilib tasvirlayotganlaridir. 
Qadimda odamlar o’z ehtiyojlarini qondirishda bir-birlari bilan tovar almashishgan. 
Lekin bu ayirboshlash tengmikan degan shubha ularni havotirga solgan. Bu jarayon yagona tovar 
ya’ni pulni joriy qilgunga qadar davom etgan. Bugungi kunda pulsiz olamni tasavvur qilish 
mumkin emas. 
Iqtisodiy kategoriyaga amal qiluvchi har bir mamlakat rivojlanishining asosiy 
vositalaridan biri pul bo’lib, bozor iqtisodiga o’tish va unda ish yuritishda uning o’rni va 


ahamiyati yanada oshib boradi. Bir qator iqtisodiy adabiyotlar tahliliga qaraganda, 
pul
– “bozor 
tili” sifatida e’tirof etiladi. Bozor iqtisodiga o’tish sharoitida pul ahamiyatining ortib borishi 
jamiyatimizda shakllanayotgan tadbirkorlik (mavjud yuridik va jismoniy shaxslar) faoliyati va 
uning natijasi – daromadi pul bilan bog’liq ekanligidadir. Shu bois ham pul barcha iqtisodiy 
rivojlanish bosqichlarida kishilarni o’ziga jalb qilib kelgan. 
Avstraliyalik K.Mengerning fikricha, Aristotel va Platondan boshlab XX asrning 
boshigacha pul to’g’risida jahonda besh-olti mingdan ortiq maxsus ishlar chop etilgan. 
Bugungi kunda pul inson hayotida kata ahamyat kasb etadi. U inson yashsashi va uning 
kamol topishi uchun kerak bo’ladigan ehtiyojlarni qondirish uchun doimo zarur bo’lib kelgan. 
Pul hukmronlikning bir shakli sifatida ham namoyon bo’ladi. Pulni kuchli narkotik deb atash 
ham hato bo’lmaydi, chunki arim insonlar pulga nisbatan kuchli ehtiyoj sezadi hattoki ularsiz 
aqldan ozadi. Pul insonlar orasida teng taqsimlanmaganligi hammamizga ma’lum. Ayrimlarga 
pul o’zidan-o’zi oqib kelsa, ayrimlardan aksincha qochadi.
Har kim pul topish maqsadida qo’lidan kelgan barcha ishni qiladi lekin bu jarayonda 
hamma ham muvafaqqiyatga erishmaydi. Va bunda o’zlarini omadsizlikda ayblashadi, ammo bu 
yerda omadning hech ham aloqasi yo’q. Hamma gap insonning moliyaviy ahvoliga bo’lgan 
munosabatiga bo’liq. Aynan shu munosabat tufayli pul odamlar orasida teng taqsimlanmaydi.
Pul o’ziga alohida e’tibor talab qiladi va unga nisbatan oqilona munosabatda 
bo’lishlarini talab qiladi. O’rta darajadagi odamlar doimo oltin o’rtada turishadi ya’ni ular pulni 
ortidan quvlashmaydi ham undan qochishmaydi ham. Bu munosabat pul psixologoyasi bilan 
izohlanadi. Quyi darajadagi odamlar daromadi o’rta darajadagi odamlar daromadiga nisbatan 
kamroq va ular pul topish uchun uning ketidan yugurmaydilar va harakat qilmaydilar chunki 
bunday toifadagi odamlar pulning yo’qligiga yoki o’zlarining kam daromadlariga o’rganib 
qolishgan. Pulga bo’lgan bunday munosabat 

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish