“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi


“O’z mohiyatiga ko’ra xaridorning xulq-atvorida



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet354/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

“O’z mohiyatiga ko’ra xaridorning xulq-atvorida 
hech qanday kutilmagan narsa yo’q. Bu insonning 
odatiy harakatlari bo’lib, bir nechta muqobil 
variantlardan birini tanlashni qamrab oladi, uning 
asosida biror-bir yangi, hech narsaga o’xshamas 
sabab yotadi deb hisoblash mumkin emas”. 
Bu mualliflar o’z yondashuvidan xaridorlarning avtomobil va pivo markasini tanlashini 
aniqlashda foydalanishgan. Ular ko’rsatmalar va subyektiv me’yorlarni hisobga olgan holda 
xarid ehtimolini oldindan aytib berishning uddasidan chiqdilar. Qaror qabul qilishga ta’sir 
ko’rsatuvchi ayrim “tugal” samaralar aniqlandi, masalan, kishilar narsalarni o’zlari uchun xarid 
qiladilarmi yoki boshqalar uchunmi. Asosli harakatlar modeli iqtisodiy psixologiyada qaror 
qabul qilish bo’yicha tadqiqotlarda kamdan-kam hollarda tizimiylashgan ravishda qo’llanadi. 
Shunday bo’lsa-da, Katona dasturi doirasida xarajatlarni sarflash jarayonlarini o’rganish yetakchi 
hisoblanadi. Katona dasturi amaliy iqtisodiyotning 
“Ko’rsatmalar nazariyasi”
bilan birgalikda 
iqtisodiy psixologiyadagi 
“Qaror qabul qilish modeli”
ning yetakchi bo’lishiga olib keldi. 
Biroq, kishilar noaniqlik yoki tavakkal holatlarda ham qarorlar qabul qiladilar. 
Ko’pincha, ehtimol, har doim ular xarajatlar, yutuqlar, cheklovlarni baholashni tahlil qilish 
uchun barcha zarur ma’lumotga ega bo’lmaydilar. Noaniqlik sharoitlarida qaror qabul qilinar 
ekan, insonlar to’laqonli maqsadga muvofiq hisoblangan tahlil kabi katta hajmda axborot talab 
qilmaydigan nazariy tekshirishda yangiliklar kashf etish jarayonida qo’llaniladigan mantiqiy 
usullar va metodik qoidalar majmui - 
evristikadan
foydalanadi.
Tverski
va 
Kaneman
ning (Tversky and Kahneman, 1981)
110
izlanishlari shuni ko’rsatdiki, 
statistika axboroti bilan ishlar ekan, kishilar ko’pincha o’xshashlik va reprezentativlik kabi 
mantiqiy usullar va metodik qoidalar majmuiga tayanadi. 
Oxirgi yillarda bu yondashuv iqtisodiy psixologiyada ta’sirchanlik rolini yanada oshirib 
oldi. Psixologlar ham, iqtisodchilar ham ushbu yondashuvga asosan, kishilar o’z manfaatlari, 
ko’plab iqtisodiy sharhlar va tushunchalar, masalan, kelajakdagi daromadni bilish tamoyillari 
negizida qaror qabul qiluvchi iqtisodiy nazariyadagi oqilonalik asoslariga tanqidiy munosabatda 
110
Bunkina M.K., Semenov V.A. Ekonomika i psixologiya. Na perekrestke nauk: Uchebnoye posobiye. – M.: 
Izdatelstvo “Delo i Servis”, 1998. – C. 21. 


bo’lishadi. 
Amaliy iqtisodiyot noaniqlik sharoitlarida qaror qabul qilish modeli sifatida 
Saymon 
(Simon, 1957)
111
tomonidan taklif etilgan maqsadga muvofiq bog’lanish tushunchasidan 
foydalanadi.
Modelga muvofiq, kishilar turli xildagi o’ziga xos mulohaza shakllaridan foydalanib, 
maqbullikka qaraganda ko’proq asoslanganlikka intilishadi. 
Gute 
va boshqalar (Guth, 
1992)ning
112
fikriga ko’ra, amaliy iqtisodiyotda psixologiya va iqtisodiyot o’rtasidagi 
munosabatlarni turlicha talqin qiluvchi ikkita yondashuv mavjud. Amaliy iqtisodiyot nazorat 
qilinuvchi sharoitlarda iqtisodiy (qoidaga ko’ra moliyaviy) qarorlar qabul qilishni 
modellashtiruvchi bir qator texnikalarni o’z ichiga qamrab oladi. Ushbu usulning afzalligi 
mojarolarni hal etish, narx haqida kelishuvlar, altruizm holatlari, guruhlararo va shaxsiy 
munosabatlar o’rnatilishi vaziyatlari kabi psixologik jarayonlar keng doirasiga nisbatan 
qo’llanilishi bilan izohlanadi. 
Olimlarning yaqin o’tmishdagi boshqa ilmiy izlanishlarida psixologiyaning boshqa 
ijtimoiy fanlar bilan muqobil aloqalari kuzatiladi. Ushbu yo’nalishning asoslarini 

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish