Insonning qobiliyatlari uning mayllari bilan maxkam bog`liqdir. Shuning uchun biror
narsaga
qiziqish, unga berilish ko’pincha faoliyatning ana shu turiga bo’lgan qobiliyatlarning
mavjudligidan darak beradi.
Qobiliyat o‘zi nima, u insonlarda qay tarzda namayon bo‘ladi degan savolga, u
insonlarning bosh miya faoliyatining ishlashi bilan bog‘liq degan javobni olamiz. Masalan:
Ba’zi bir insonlarda miyaning chap qismi ko‘proq rivojlangan, boshqalarda esa o‘ng qismi
rivojlangan degan g‘oyasini keltirishdi.
Yuqorida yozganimizdek tajribalar ko‘rsatadiki miyaning har bir qismi o‘ziga xos
funksiyani bajaradi. Miyaning chap qismi mantiqiyihatdan narsalarga baho beradi. O‘ng miya -
hissiyot bilan intuitsiya orqali
bo‘lib, narsalarni
qabul
qilishga
yordam
beradi.“Dixotomiya” - o‘ng va chap miya qismlari bu fikr sizni osonlik bilan fikrdan chalg‘itishi
mumkin deb ogohlantirgan edi Sperri (1982). Hatto biz hikoya o‘qiyotganimizda miyaning
ikkala qismi ishlaydi – chap qism so‘zlar va uning ma’nosini topadi, o‘ng qismi hazil hissiyot va
tassavurni baholaydi (Hellige,1993; Levy, 1985).
99
Layoqat nishonlari va qobiliyat.
Ko`pgina olimlari qobiliyatlar tug`ma bo`ladi va
avloddan-avlodga o`tib turadi, deb hisoblaydilar. Unchalik qobiliyatli bo`lmagan ko`pchilik
kishilar orasida layoqatli kishilar oilalari ham bo`ladi, bu oilalardagi kishilarnig qobiliyatlari
avloddan-avlodga o`tib keladi. Lekin qobiliyatlar to`g`risida bunga butunlay qarama-qarshi
bo`lgan
nuqtai nazar ham mavjud, bu nuqtai nazar tug`ma sifatlarni butunlay inkor qiladi va
hamma narsa tarbiyaga, shart-sharoitga bog`liq deb hisoblaydi.
Ana shu nuqtai nazarni ham
to`g`ri deb hisoblab bo`lmaydi. Qobiliyatlar miya va sezish organlarining tuzilishiga bog`liq, ular
har-xil kishilarda tug`ilgan vaqtidayoq turlicha bo`ladi. Har bir kishida tug`ma layoqat nishonlari
99
David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers 105-b.
bor bo`ladi, binobarin, kelgusida biror qobiliyatni rivojlantirishga bo`lgan muayyan moyillik ana
shunga bog`liq.
Lekin bu tabiiy layoqat nishonalari muvaffaqiyatli faoliyatning to`la-to`kis shart-sharoitlari
bo`la olmaydi. Layoqat nisholarini rivojlantirish kerak, bu esa ta’lim tarbiya jarayonidagina ro`y
beradi. Bundan tashqari, layoqat nishonalari ko`p qiymatlidir, ya’ni
tegishli sharoitlar mavjud
bo`lganda faoliyatga qarab layoqat nishonalari asosida turli qobiliyatlar rivojlanishi mumkin.
Layoqat nishonlari kishining go`yo «mudrab yotgan» kuchlari bo`lib, agar kishi tegishli faoliyat
bilan shug`ullanmasa, bu imkoniyatlarni «uyg`otishi» mumkin emas. Bunday mashg`ulotlar
uchun ijtimoiy shart-sharoit: moddiy ta’minot, muhit, o`qish imkoniyatlari va hokazolar zarur
bo`ladi. Qulay sharoitlar mavjud bo`lganda ayrim kishilarda qobiliyatlar juda erta rivojlanadi.
Odatda musiqa va tasviriy sanhatga bo`lgan layoqat unda ertaroq paydo bo`ladi. Kishilarda
musiqa va tasviriy sanhatga bo`lgan layoqatdan bir muncha keyinroq adabiy qobiliyatlar paydo
bo`lgan. Qobiliyatni rivojlantirishning ayrim shartlari. Qobiliyatlar
faoliyat davomida
rivojlanadi. Shuning uchun qobiliyatlarni rivojlantirishning birinchi sharti - faoliyatga bo`lgan
ehtiyojni tarbiyalashdir. Ishlashni yoqtirmaydigan dangasa kishilarda qobiliyatlar rivojlanmaydi.
Qobiliyatlarni rivojlantirish uchun jiddiy mehnat qilishning ahamiyati katta. Qobiliyat - avvalo
sabr-toqatga ko`paytirilgan mehnat, mehnat va yana bir karra mehnatdir. Mehnatga bo`lgan
ehtiyojni tarbiyalash uchun ishga qiziqish va unga odatlanish katta ahamiyatga egadir. Layoqat
bilan qobiliyatni bir-biridan farqlay olish lozim. Layoqat bu odamni faoliyatga bo`lgan intilish,
qobiliyat esa ushbu faoliyatni bajara olish imkonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: