ichki
va
tashqi
tarkibiy qismlarni ajratish mumkin. Ichki
tarkibiy qismlarga markaziy asab tizimi tomonidan boshqariladigan faoliyatlarda ishtirok
etadigan anatomik va fiziologik tuzilmalar hamda jarayonlar, shuningdek, faoliyatni
boshqarishga taalluqli psixologik jarayonlar va holatlar kiradi. Tashqi tarkibiy qismlarga esa
faoliyatni amaliyotda bajarish bilan bog‘liq turli harakatlarni kiritish mumkin (N.A. Bernshteyn).
Faoliyatning taraqqiy etib va o‘zgarib borishi bilan tashqi tarkibiy qismlarning ichkilariga
tizimli o‘tishi amalga oshiriladi. Bunda
interiorizatsiya, avtomatizatsiya
va
eksteriorizatsiya
ham kuzatiladi.
SHunday qilib, tashqi faoliyatdan tashqari ichki, aqliy faoliyatni ham ajratish mumkin.
Bunday faoliyatning vazifalari nimalardan iborat? Avvalambor, bu vazifalar ichki harakatlarning
tashqi harakatlarni tayyorlashidan iborat. Ular zarur harakatni tezda tanlab olishga imkon yaratib,
inson kuchini tejashga, shuningdek, qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beradilar.
Masalan, odam kitob javonlarini devorga qoqib qo‘yish uchun joyni mo‘ljallaydi. Bir yo‘lni
tanlab olib, baholaydi, so‘ngra undan voz kechib, ikkinchisiga, uchinchisiga o‘tadi, nihoyat,
o‘ziga mos va qulay holatda to‘xtaladi. Garchi bu vaqt ichida bir marta ham «barmog‘ini
qimirlatib» qo‘ymaydi, ya’ni, biror bir amaliy harakatni amalga oshirmaydi.
Harakatlarni miyada «aylantirib chiqish» ularni oldindan o‘ylab olishga kiradi. Qanday
harakat qilishni o‘ylayotgan inson qanday yo‘l tutadi? Qandaydir harakatning ro‘yobga
chiqqanligini tasavvur qilib, uning oqibatlarini ko‘rib chiqadi. Ularga qarab, o‘zining holatiga
mos keladigan harakatni tanlaydi. YOki boshqa misol, ko‘p hollarda inson qandaydir quvonchli
hodisani kutganida, vaqtdan o‘zib, o‘sha hodisani bo‘lib o‘tganday tasavvur qiladi. Natijada
o‘zini yuzida baxtli tabassum bilan o‘tirganini ko‘radi. Bu misollar insonning ichki faoliyatiga
misol bo‘la oladi. U o‘zining ikki asosiy xususiyati bilan farqlanadi. Birinchidan, ichki faoliyat
tashqi faoliyat kabi tuzilishga ega, ular bir-biridan faqat codir bo‘lish shakli bilan tafovutlanadi.
Bu ikki faoliyat motivlar yordamida uyg‘otilishini, hissiy kechinmalar bilan birga kuzatilishini,
o‘zining muolajaviy texnik tarkibi mavjudligini bildiradi. Ichki faoliyatning tashqi faoliyatdan
farqi harakatlar real jismlar bilan emas, ularning xayoliy tasviri bilan amalga oshirilishidan, real
mahsulot o‘rniga g‘oyaviy natija hosil bo‘lishidan iborat. Ikkinchidan, ichki faoliyat tashqi
faoliyatdan mos harakatlarning ichki holatga o‘tkazilish yo‘li bilan paydo bo‘lgan. Biror-bir
harakatni samarali ravishda fikran amalga oshirish uchun uni avvalo amaliyotda o‘zlashtirib olib,
real natija olish lozim. Masalan, shaxmat o‘yinida donalarning yurishi o‘zlashtirilib, ularning
oqibatlari idrok etilgandan keyingina shaxmat yurishini o‘ylab olish imkoniyati tug‘iladi.
SHuni ta’kidlab o‘tish lozimki, faoliyat nazariyasining mualliflari ichki faoliyat
tushunchasi orqali ong va psixik jarayonlar tahlili muammosi bilan to‘qnashdilar. Faoliyat
nazariyasi mualliflarining fikriga ko‘ra, psixik jarayonlar faoliyat nuqtai nazaridan tahlil qilinishi
mumkin, chunki istalgan psixik jarayon o‘z vazifalari va muolajaviy-texnik tuzilishiga ega
bo‘lib, ma’lum maqsadda amalga oshiriladi. Masalan, ta’mni idrok qilish ta’m sifatlarining
o‘zaro farqlari va mos kelish darajalarini aniqlash bilan bog‘liq perseptiv maqsad va vazifalariga
Do'stlaringiz bilan baham: |