vazifasini bajaradi.
Masalan: San’at qalbni davolaydi.
Teatr – san’at
Demak, teatr - qalbni davolaydi.
Drammatik teatr – teatr.
Demak, Drammatik teatr qalbni davolaydi.
b) Regressiv polisillogizmda ilgarigi sillogizm xulosasi kichik asos vazifasini o’taydi.
Masalan: Chinor – daraxt
Daraxt - o’simlik.
Chinor - o’simlik
O’simlik – organizm
Chinor – organizm
Organizm – parchalanadi.
Chinor parchalanadi.
Murakkab sillogizmlar a)
epixeyrema va b) soritlar
shaklida namoyon bo’lishi mumkin.
a) Epixeyrema – shunday murakkab qisqartma sillogizmki, uning asoslari entimemalardan
iborat bo’ladi
. Masalan:
Yolg’on nafratga loyiq, Chunki u axloqsizlik.
Yolg’ondaka maqtov - yolg’on, Chunki unda haqiqat buzib ko’rsatiladi.
Yolg’ondaka maqtov - nafratga loyiq
b) Sorit - qisqartma sillogizmlar yig’indisi.
Uch - toq son
Hamma toq sonlar – natural son
Hamma natural sonlar – ratsional sonlar.
Uch – ratsional son.
3.
Induktiv xulosa chiqarish.
Induktiv xulosa chiqarish jarayonida inson fikri
yakkalikdan umumiylikka qarab boradi. Induktiv lotincha «induktiv» co’zidan olingan bo’lib,
«chiqarish», «hosil qilish» ma’nolarini anglatadi. Induktiv xulosa chiqarish insoniyat amaliy va
aqliy faoliyatining o’ziga xos natijasi hisoblanadi. Insoniyat ko’p asrlik ijtimoiy – tarixiy
amaliyoti tufayli yakka predmet va hodisalarga xos ayrim belgi - xislatlarning boshqalarida
takrorlanishini bilib olgan. Bu takrorlanish oqibatda inson fikrini yakkadan umumiylikka qarab
yo’naltirgan. Yakka predmet va hodisalarni takror va Yana takror o’rganish ularning umumiy
xususiyatlarini payqashga olib kelgan. Kishilar amaliy faoliyat jarayonida ko’pdan ko’p alohida
fikrlardan umumiy qoidalar hosil qilganlar, olamni bilishda yakkalik, alohidalikdan umumiylikka
qarab borganlar, alohida faktlar, hodisalarni umumiylashtirganlar.
Insonning har qanday bilimi asosida alohidalikdan umumiylikka qarab borish yotadi.
Dmitriy Mendeleev alohida elementlarni o’rganish orqali ximiyaviy elementlarning davriy
sistemasini kashf etdi. Umuman olganda, har qanday kashfiyotning mohiyatida ma’lum ma’noda
yakkalikni umumlashtirish yotadi. Induktiv xulosa chiqarish tafakkurning o’ziga xos uslubi
hisoblanadi. Fikrlashning induktiv uslubi haqidagi dastlabki ma’lumot qadimgi yunon falsafasiga
borib taqaladi. Buyuk yunon faylasufi Suqrot (e.a.469-399) har qanday bilim umumiylik
haqidagi tushunchadir. Umumiylik esa alohida hodisalarni o’rganish va solishtirish natijasida
yuzaga keladi, deb bilgan. Induktiv xulosa chiqarish mantiqiy usuliga Suqrot asos solganligini
Arastu o’zining «Metafizika» asarida ko’rsatib o’tgan edi. U ikki narsa Suqrotga taalluqli: biri
induktiv muhokama, ikkinchisi esa umumiy ta’riflardir, deb ko’rsatgan.
Induktiv xulosa chiqarish to’g’risidagi ta’limot Arastu qarashlarida rivojlantirildi. U,
jumladan, «Oddiy sanash induksiyasi» va noto’liq induksiya to’g’risida ma’lumot bergan. XVII-
XVIII asrlarda tabiatshunoslik fanlarining rivojlanishi induktiv logikaga qiziqishni kuchaytirdi.
Ingliz faylasufi Frensis Bekon o’zining «Yangi organon» asarida oddiy sanash yo’li bilan hosil
bo’ladigan ommabop induksiya har doim ham ishonarli bo’lavermaydi;
Induksiyaning shunday nomlarini topmoq kerakki, ular hodisalarning muhim, asosli
tomonlarini o’zida umumlashtirsin, deb ko’rsatgan edi. Bekon bunday shakllarni muayyan
sxemaga (tartibga) solib o’rganishni taklif etdi. Uning fikricha, barcha xilma-xil hodisalarni
muayyan sanoqli shakllarga solish mumkin. Bu qarash cheklangan bo’lsada, o’rta asr
sxolastikasiga qarama-qarshi o’laroq o’rganishni faktlardan, olamni o’rganishdan boshlash
talabini ilgari surganligi bilan ahamiyatli.
Induksiya tushunchasi fanda 3 ma’noda qo’llanadi:
1. Induktiv xulosa chiqarish ma’nosida
2. Olamni bilish metodi ma’nosida
3. Muhokama yuritish uslubi ma’nosida
Induktiv xulosa chiqarish shunday mantiqiy uslubki, muayyan turkumga mansub ayrim
predmetlar haqidagi bilimlardan butun turkum haqidagi umumiy fikrlar hosil qilinadi.
Induktiv xulosa chiqarish ma’lum ma’noda haqiqatga yaqin xulosa chiqarishdir. Induktiv
xulosaning chinligi quyidagi qoidalarga bog’liq bo’ladi:
1) Asoslarning chinligi; 2) Ular orasidagi aloqadorlikning real mavjudligi. Lekin bundan
har qanday chin asoslardan chin xulosa chiqarish mumkinligi kelib chiqmaydi.
Bu xatolar mantiqning yetarli asos qonunini buzib talqin etishdan kelib chiqadi.
Induktiv xulosa chiqarish 2 yo’l bilan amalga oshiriladi:
a) To’liq induksiya
b) Noto’liq induksiya a)
Do'stlaringiz bilan baham: |