Loyiha doirasida oʻz yechimini topuvchi muammo: Talabalarda davlatimiz ramzlariga hurmat-e`tibor va Vatanga, ona yurtga boʻlgan mehr-muhabbatni ostirish.
Loyiha maqsadi (u nima uchun yaratiladi): Davlat bayrog`i va uning ramzi bugungi O`zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo`lgan davlatlar bilan tarixan bog`liqligi hamda respublikaning milliy-madaniy an`analarini o`zida mujassamlashtirgan xolda taqdim etish.
Yakuniy natija: vizual taqdimot (slaydli taqdimot, videorolik).
Foydalanuvchilar: XT 5-6 guruh talabalari.
Loyiha doirasi:
Bajarish muddati: 5 kun.
Ishtirokchilar soni: 8-10 nafar talabalar
Loyiha guruhi ishtirokchilarining vazifalari va faoliyat turlari:
O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi Qonun bilan tanishib chiqish.
Davlat ramzlari – bu mustaqil davlatning muhim tashqi belgilarini o`zida mujassamlantirganlogi hamda ularda xalqning azaliy orzusi, uning ezgu niyatlari, bugungi hayot mazmuni aks ettirilishi haqida ma`lumotlar to`plash.
Davlat bayrog`i axborot tayyorlash (annotatsiya, muhim iqtiboslar va kitobdan lavhalar tanlash, rasmlar, fotosur`atlar, videoroliklar).
“Nima uchun ramzlar bevosita xalq, millat hayoti, an'analari, ruhiyati, folklori, tarixi bilan chambarchas bog`liqdir?” degan savolga asosli yozma ravishda javob keltirish.
Taqdimotni rasmiylashtirish.
Loyiha faoliyati natijalari toʻg`risida hisobot tayyorlash.
LOYIHA TOPSHIRIG’INI BAJARISH BO’YICHA KURSANTLARGA USLUBIY KO’RSATMALAR
Guruh sardorini tanlang.
Diqqat bilan loyiha topshirig`i bilan tanishing.
Ishtirokchilar oʻrtasida loyihani ishlab chiqish hamda uni rasmiylashtirish, taqdimotga va hisobotga tayyorlash boʻyicha vazifa va faoliyat turlarini taqsimlang.
Ish rejasini tuzing.
Loyihani bajarish boʻyicha ish rejasi
Vazifa, faoliyat turi
|
Ish mazmuni
|
Ishtirokchilar F.I.
|
Bajarish muddati
|
|
|
|
|
Guruhingiz taqdim qiladigan kitoblarni aniqlang.
Har bir guruh ishtirokchisi:
axborot tayyorlaydi va uni vizual taqdimot ko’rinishida rasmiylashtiradi;
“Nima uchun ramzlar bevosita xalq, millat hayoti, an'analari, ruhiyati, folklori, tarixi bilan chambarchas bog`liqdir?” degan savolga asosli yozma ravishda javob keltiring.
Yakka tartibdagi ish natijalarini umumiy guruhli vizual taqdimoti ko’rinishida rasmiylashtiring.
Hisobotni tayyorlash yo’riqnomasi bo’yicha hisobotni tayyorlang.
Loyiha taqdimotida guruh a`zolari o’rtasidagi vazifalarni aniqlang. Og`zaki taqdimotga tayyorgarlik vaqtida uning qoidalariga rioya qiling, og`zaki taqdimot qoidalarini esdan chiqarmang.
Do'stlaringiz bilan baham: |