Ma’lumotnomali ma’ruzalar to‘g‘risida pedagogik adabiyotlarda ko‘plab fikrlar mavjud. Mutaxassis tayyorlash sifatini oshirishda ma’lumotnomali ma’ruzalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish kerakli natijalar beradi. Bunday ma’ruzalarda talabaning bilish jarayoni izlanishli, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yaqinlashadi.
Ma’lumotnomali ma’ruzalar yordamida talabalarda nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, tafakkurini rivojlantirish, pedagogika fanini bilishga qiziqishini va mutaxassislikka bo‘lgan kasbiy moyillikni shakllantirish mumkin.
Ma’lumotnomali ma’ruzada talabalar o‘qituvchi bergan barcha o‘quvmaterialini o‘sha holda esda saqlashga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |