«ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat» kafedrasi


Ta’limni tashkil etish shakllari deganda



Download 0,58 Mb.
bet24/75
Sana20.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#393793
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   75
Bog'liq
МФУМ умк янги

Ta’limni tashkil etish shakllari deganda aniq muddatda va tartibda o‘qituvchining o‘quvchilar bilan olib boradigan mashg‘ulotlari turlarini tushunamiz. Hozirgi kunda, bu mashg‘ulotlarni sinf-dars shaklida olib borish keng tarqalgan. Insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ta’limni tashkil etish shakllari ijtimoiy tuzum manfaatlariga mos holda paydo bo‘lgan va rivojlangan. Dastlabki davrlarda ta’lim berish ishlari odamlarning mehnat faoliyati, turmush tarzi bilan uzviy bog‘langan hamda bilim berish, o‘rgatish ishlari yakka tartibda olib borilgan.

Davr o‘tishi bilan ko‘pchilikka bilim berish ehtiyoji paydo bo‘la boshladi. Ta’lim tizimi mazmuni, bilimlarning murakkablashuvi talabalarni guruh-guruh qilib, to‘plab o‘qitishni taqozo qilgan hamda ta’lim bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, o‘qituvchilar tayyorlash zaruriyatini keltirib chiqargan. Shu davrga kelib o‘qitishning maxsus tashkiliy shakllari paydo bo‘la boshladi. Xalq orasida hayotiy tajribaga, bilim va tarbiyaga ega bo‘lgan kishilar murabbiy, o‘qituvchi bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi.

Ta’limning tashkiliy masalalari al-Forobiyning «Fan va aql-zakovat» asarida o‘quv fanlarini guruhlarga bo‘lib o‘qitish, ularning tarbiyaviy mohiyatini ochish masalalariga e’tibor berilgan. Pedagogika tarixida ta’limni tashkil etishning asosiy shakli dars hisoblangan. Sinf-dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning (1592-1670) xizmatlari katta, uni sinflar tizimining asoschisi sifatida butun dunyo tan olgan.

Sharq mutafakkirlaridan A.Avloniy, al-Forobiy, Abu Ali ibn Sino, H.H.Niyoziylar sinf-dars tizimida o‘qitishning ahamiyati haqida o‘zlarining fikrlarini bildirib o‘tganlar.

Bu tarixiy jarayonda Pedagogika fani oldida turgan muammolardan biri- ta’limning tashkiliy shakllari samaradorligini oshirish bilan bog‘liq ilmiy-nazariy, uslubiy va amaliy muammolarni hal etuvchi tadqiqotlar olib borishda ko‘p ishlar qilindi.

Bu borada mustaqil O‘zbekistonimizda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirishda ta’lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalar tatbiq etish bilan bog‘liq ishlar qilinmoqda.

Pedagogika fanidan mashg‘ulotlar o‘tkazishning ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar, kurs ishini bajarish, pedagogik amaliyot (tanishuv va pedagogik), diplomoldi amaliyoti, diplom loyihasi, malakaviy bitiruv ishini bajarish kabi tashkiliy shakllari mavjud. Ushbu tashkiliy shakllar orqali Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi fanini o‘rganish o‘quvchilarga ona tabiat bilan o‘zaro munosabat hamda ular oldidagi mas’uliyat tushunchalarini shakllantirish; pedagogik bilimlarni amalda qo‘llay bilish; atrofdagilarga o‘z xulqi, odobi bilan namuna ko‘rsata olish; Respublikamizda yashovchi turli elatlarning orzu-umidlariga monand ta’lim-tarbiya jarayonining ham nazariy, ham amaliy muammolarini milliy qadriyatlar asosida to‘g‘ri hal eta olish imkoniyatlarini beradi.

Pedagogika fanini o‘rganish jarayonida talabalar O’quv muassasalarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o‘tkazishni, dars o‘tishda texnik vositalarning psixologo-pedagogik imkoniyatlaridan foydalanishni, mashg‘ulotlar o‘tkazishda texnik vositalarni ishlatish uchun kerakli bo‘lgan informatsion materiallarni tayyorlashni, dasturlashtirilgan nazorat qurilmalariga test savollarini tuzishni, talabalar bilimini reyting tizimida baholashni bilib oladilar.

Ta’lim muassasalari oldida turgan vazifalarning ijobiy hal etilishi mashg‘ulot (ta’lim jarayoni) mazmuni, ta’lim shakli, metodlari hamda vositalarining samaradorligiga bog‘liq. Ta’lim shakli, metodlari va vositalari ma’naviy jihatdan tarbiyalash, ularda chuqur bilim va dunyoqarashni hosil qilish ishiga xizmat qiladi.

Ta’lim shakli o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq, ma’lum rejimda tashkil etiladigan faoliyatining tashqi ifodasidir.

Qadim zamonlardanoq jamiyatning yetuk kishilari o‘qitish ishini tashkil qilishning ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlariga javob beradigan shakllarini topishga uringanlar. Hozirgi vaqtda Respublika ta’lim muassasalarida o‘qitishning quyidagi shakllaridan foydalanilmoqda.

An’anaviy ta’lim o‘zida XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida yashab ijod etgan buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670 y.) tomonidan asoslangan sinf-dars tizimi mohiyatini aks etgiradi. Mazkur tizim mohiyati quyidagilardan iborat:

A) O‘quvchilar yoshlari va tayyorgarlik darajalariga ko‘ra sifatlar tarzida guruhlanadilar va umumiy ishni bajaradilar;

B) O‘quv predmetining mazmuni bir qator bo‘lim va mavzularga bo‘lim va mavzular esa bir qator baravar va izchil joylashtirilgan qismlarga ajratilib, ular birin-ketin ma’lum jadval bo‘yicha keladilar (darslar).

Bugungi kunda ta’limni tashkil etish tizimida yakka tartibda ta’lim olish o‘ziga xos o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Yakka tartibdagi ta’lim oluvchining qiziqishi, ehtiyoji, hohishiga ko‘ra muayyan fan, predmet yuzasidan chuqur bilim olish, ma’lum fan yoki predmet bo‘yicha yuzaga kelgan o‘zlashtirmovchilik holatini bartaraf etish, shuningdek, uzoq vaqt sog‘liqni saqlash muassalarida davolangan yoki tibbiyot xodimlari nazoratida bo‘lgan o‘quvchilarning o‘quv dasturi talablarini bajarishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etiladi. Yakka tartibda ta’lim olishning asosiy ko‘rinishlardan biri sifatida repetitorlik ta’limi keng taraqqiy etib bormoqda.

Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey hamda Ta’lim jarayonida o‘qitishning noan’anaviy shakllarining asosiy turlaridan biri sifatida ma’ruzadan foydalanish borasida harakat olib borilmoqda. Ma’ruza asosan ijtimoiy fanlarni o‘qitish jarayonida qo‘llanilmoqda. Ma’ruza darslarini tashkil etish ancha murakkab va ko‘p mehnat talab qiladigan ishdir. Ma’ruza darsi tajribali, yuksak darajada pedagogik mahoratga ega kishilar tomonidan tashkil etiladi. Ma’ruzada faqat fan, o‘quv predmeti asoslari borasidagi ma’lumotlar berib qolmasdan, balki o‘quvchilarni ijtimoiy-g‘oyaviy jihatdan tarbiyalab borish talab etiladi. Ma’ruza jarayonida asosiy e’tibor o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va faoliyat malakasini oshirishga qaratiladi.

Ma’ruzalar bir necha turlarga bo‘linadi: ma’lumotnomali, muammoli, ko‘rsatmali, binar ma’ruza, oldindan kamchiliklari rejalashtirilgan, matbuot-konferensiyali.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish