Uchinchi bosqichda hosil qilingan sonli tavsif orqali mavjud bo‘lgan
tadqiqotning gipotezalari tekshiriladi. Eslatib o‘tamizki, taxmin (gipoteza)
deganimizda
biror-bir dalil, hodisa va jarayonni tushuntirib (yoki rad etiladi,
yoki qabul qilinadi) beradigan ilmiy mulohazani tushunamiz.
Sotsiologik tadqiqotni tashkil qilishga va o‘tkazilishiga katta sarf-
xarajatlar ketishi tufayli o‘rganilayotgan muaammoni iloji boricha to‘laroq
qamrab oladigan bir nechta gipoteza ilgari suriladi.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi va gipotezalarning hayotiyligi eng
samarador vosita sifatida kishilarning ijtimoiy faoliyatini yaxshilashga xizmat
qiladi. SHu sababli gipotezani sinash jarayonda tadqiqotchi ko‘proq real
hodisalarga
tayanishi,
xilma-xil
ma’lumotlarni
birlashtirishi, empirik
materiallardan o‘rganilayotgan ob’ektning zaruriy, muhim jihat va xossalarini
ajratib berishga intilishi kerak.
Gipotezalarni empirik sinashning eng yaxshi usullaridan biri sotsiologik
eksperimentdir. U gipotezalarni sinash usullaridan eng ishonchlisi bo‘lsada,
o‘rganilayotgan sub’ektlar orasidagi bog‘lanishlar murakkab va ko‘p qirrali
bo‘lganligi sababli hozirgi paytda kam ishlatiladi.
Xozirgi zamon soiologiyasida eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biri
statistik usuldir. Gipotezalarning ishonchliligini aniqlashning tipik usuli sifatida
miqdorlarning o‘rtacha qiymatlarini hisoblash, o‘zaro bog‘liq koeffitsientlarni
aniqlash va h.k. ni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Ilmiy hisobotni tuzish. Sotsiologik tahlilning natijalari tizimlashgan va
guruhlarga ajratilgan ko‘rinishda ilmiy hisobotda namoyon bo‘ladi. Xisobotni
tayyorlashda shuni esda tutish kerakki, u keyinchalik nazariy ishlarni davom
ettirishga asos bo‘lishi va ijtimoiy boshqaruv amaliyotida sotsiologk
tadqiqotlarnatijalarini aks ettiruvchi mohiyat va shaklga ega bo‘lishi kerak.
Xisobotga izohlovchi xat kiritilishi ilmiy taomilga kirgan bo‘lib unda qisqacha
asosiy xulosalar va natijalar keltiriladi.
Xisobotning ilovasi sifatida jadvallar, grafiklar, so‘rovnomalar, blanklar,
testlar va boshqalar keltiriladi.
Xisobotning bo‘limlari. Xisobotning tarkibi tadqiqotning turiga, nazariy
yoki amaliy ekanligiga bog‘liqdir.
Dastavval hisobot tuzilayotganda muaamoning qo‘yilishi, tadqiq etiluvchi
masalalarning ta’rifi, asosiy tushunchalarning nazariy interpretatsiyasi,
muammoning qay darajada o‘rganilganligi va uning echimiga e’tibor beriladi.
Alohida e’tiborni tadqiqotning uslublar tasnifiga, tanlovning tuzilishi,
axborotlarni yig‘ish tartiblariga ajratish kerak. Oxirida alohida bo‘lim orqali
o‘tkazilgan tadqiqot natijalarining har tomonlama tahlili va qo‘yilgan
masalalarning echim darajasi tasniflanadi. Bu bo‘limning oxirida
tadqiqotning
mavjud bo‘lgan amaliy natijalari ko‘rsatiladi va aniq xulosalar shakllanadi,
yangi axborotni olish zarurligi aniqlanadi va uni hosil qilish uchun texnikaviy
uslubiy tavsiyalar beriladi.
Ikkinchidan, hisobotning har bir bo‘limida tadrijiy bir-birini to‘ldiruvchi
ikki qismning o‘zaro mutanosibligini ta’minlash zarur. Birinchi qismda
muammolar va natijalarni, ikkinchi qismda esa xulosalarni chuqur ilmiy asoslab
berishi shart. Bu esa, tadqiqotchini hozirgi ahvolni sharhlash va
umumlashtirishdan tashqari, uni tahlil va bashorat qilishga undaydi.
Uchinchidan, hisobot so‘rovnomadagi savollar ketma-ketligidan
mustasno, respodentlarning sotsial-ruhiy portreti, intellektual imkoniyatlari
voqelikka munosabati umumiy manzarasining ifodasidan iborat bo‘lishi kerak.
Xisobotda so‘rovnomaning barcha savollari va ularga mos natijalari ilmiy
mantiq talablariga binoan tahlil etib beriladi.
To‘rtinchidan, hisobotning texnik jihatdan yuqori saviyada
rasmiylashtirilishi va to‘g‘ri tuzilishi katta ahamiyatga ega. Ko‘pi bilan hisobot
(ilovasiz) 50-60 betdan iborat bo‘lganligi ma’qul. Xisobotga
doir tushuntirish
xati 10 betgacha bo‘lishi mumkin. Xisobotda tadqiqot ishlariga
jalb etilgan
barcha tashkilotlar, o‘tkazilish muddati va joylari, tadqiqot uslubiyoti bo‘yicha
ko‘rsatma beruvchilarni tayyorlashning tartibi va tarkibi, ma’lumotlar
yig‘ishning takomillashtirilishi, axborotlarni kodlashtirish uchun ishlatilgan
tizim va matematik ishlov berishda qo‘llanilgan usullar ko‘rsatilishi lozim.
Jadvallar keragidan ortiqcha raqamlarga ega bo‘lmasligi kerak.
Bundan tashqari hisobot yozish jarayonida buyurtmachiga tadqiqotning
eng muhim natijalari bo‘yicha tezkor axborotlarni ekspress-revyu ko‘rinishida
topshirish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: