1-MAVZU: SOTSIOLOGIYA FAN SIFATIDA
Reja:
1. Sotsiologiya mustaqil ijtimoiy fan sifatida.
2. Sotsiologiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
3. Sotsiologiyaning tarkibiy tuzilishi.
4. Hozirgi davrda sotsiologiya fanini o’qitishning zarurligi.
Vatanimiz mustaqillikka erishgach, boshqa sohalar kabi milliy ta’lim
tizimida ham chuqur islohotlarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Natijada
t’limning ijtimoiylashuvi, insoniylashuvi (gumanizasiyalashuvi) kuchaymoqda.
Bu borada katta katta mas’uliyat ijtimoiy-gumanitar fanlar zimmasiga tushadi.
Sotsial-gumanitar bilimlarni egallash jarayonlarida muhim o’rinni
sotsiologik ta’limotlar egallaydi. Sotsiologik ta’limning muhim funksiyalaridan
biri – bu, sotsial tafakkurni shakllantirish, sotsiologik muammolarni tushunish,
ularning kelib chiqish manbalarini aniqlash va bartaraf etish yo’llari hamda
imkoniyatlarini qidirib topishdan ham iborat. Bugungi kunda O’zbekiston
Respublikasining rivojlanish imkoniyatlarini sotsiologiya fani doirasida tahlil
qilish, o’rganish va olingan ilmiy-nazariy xulosalardan amaliyotda foydalanish
muhim masalalardan biriga aylanmoqda.
Mustaqil O’zbekistonning kelgusidagi ijtimoiy taraqqiyot yo’nalishini
o’rganish ko’p jihatdan sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish va bu jarayondagi
xulosalarni umumlashtirgan holda mamlakat ichki siyosatining yo’nalishini
belgilashda foydalanish muhim masalalardan biriga aylanmoqda. Shu tufayli
respublikamizda Sotsiologiya fanini yanada rivojlantirishga katta ahamiyat
berilib, u barcha oliy o’quv yurtlarining turli mutaxassisliklari uchun o’rganilishi
shart bo’lgan fan darajasiga qo’tarildi.
«Sotsiologiya», «sotsiolog», «sotsiologik tadqiqot natijalari» kabi
terminlar bizning har kungi hayotimzga singib bormoqda.Sotsiologiya va
sotsiologik tadqiqotlar ilmiy jurnal va monografiyalar monopoliyalaridan chiqib
bormoqda.Hozirda sotsiologik tadqiqotlar natijalari ilmiy ommabop gazeta va
jurnallarda,radio va televidenie orqali e’lon qilinib borilmoqda.Sotsiologik
tadqiqotlardan ijtimoiy fikrni hisobga olish, siyosiy partiyalar, liderlar, ularning
dasturlari, sotsial tashkilotlarning ommabopligini davlat siyosatini ishlab
chiqishda va h.k.da asosiy instrument sifatida foydalaniladi.
Sotsiologiya eng yosh ilmiy fanlardan hisoblanadi. Sotsiologiya (lotincha