Ijtimoiy fanlar



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/200
Sana02.07.2021
Hajmi1,53 Mb.
#106848
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   200
Bog'liq
sotsiologiya

Sotsiologiya  fani  sohaviy  tasnif  etilganda,  turli  yo’nalishlar  mohiyatiga  ega 
bo’lgan ilmiy tarmoqlarga bo’linadi (1-sxema). 
Birinchi 
bosqichdagi 
ilmiy 
tarmoqlar 
qatoriga 
umumnazariy, 
umummetodologik  va  sotsiologik  fanlarni  kiritish  mumkin.  Ular  jumlasiga: 
akademik, matematik, tarixiy, amaliy va mintaqaviy sotsiologiya sohalari kiradi. 
Ikkinchi  bosqichdagi  zamonaviy  sotsiologik  ilmiy  tarmoqlar  qatorida  shaxs 
sotsiologiyasi,  siyosiy,  iqtisodiy,  huquqiy,  demografik,  ekologik  hamda 
institusional sohalarni ko’rsatish mumkin. 
Uchinchi  bosqichdagi  sotsiologik  ilmiy  tarmoqlar  turli  xil  sohaviy  hamda 
ilmiy  sotsiologik  yo’nalishlarni  o’z  ichiga  oladi.  Ular  quyidagilar:  ta’lim, 
madaniyat, fan, din, san’at va boshqa sotsiologik yo’nalishlar. 
To’rtinchi  bosqichdagi  sotsiologik  ilmiy  tarmoqlar  qatoriga  regional  va 
jamoaviy  xususiyatga  ega  bo’lgan  yo’nalishlarni  kiritish  mumkin.  Ular 
quyidagilar: yoshlar, oila, shahar va qishloq sotsiologiyasi. 
 
Hozirgi  zamon  sotsiologik  tarmoqlar  tizimida  jamoatchilik  fikri 
sotsiologiyasi muhim o’rin tutadi va katta ahamiyatga egadir. Jamoatchilk fikri 
sotsiologiyasi  ijtimoiy  hayotdagi  barcha  sohalar  va  umumnazariy,  metodologik 
va xususiy sotsiologik maktablar bilan bevosita bog’liqlikda ish tutadi. 


Shunday  qilib,  murakkab  umumiy  va  xususiy  sotsiologik  fanlardan  iborat 
bo’lgan  zamonaviy  sotsiologiya  tizimi  uni  ko’plab  ijtimoiy-gumanitar  fanlar 
bilan  keng  aloqalarni  taqozo  etadi.  Bu  aloqalar  ham  umummetodologik 
bosqichda,  ham  maxsus  hususiy  fanlar  va  ilmiy  yo’nalishlar  bo’yicha  olib 
boriladi,  bu  esa  uni  zamonaviy  ijtimoiy-gumanitar  fanlari  tizimidagi  o’rnini 
aniqlab beradi(2-sxema). 
Sotsiologiya  ijtimoiy-gumanitar  fanlari  ierarxiyasida  eng  yuqori  bosqichni 
egallaydi.  Falsafa  va  tarix  bilan  birgalikda,  u  ijtimoiy  fanlar  tizimining 
umummetodologik negizini shakllantiradi. 
Lekin  shu  bilan  birga  ushbu  tizimda  jamiyat  rivojlanishi  qonuni  va 
qonuniyatlarini  o’rganuvchi  umumfundamental  bo’lgan  falsafaning  alohida 
o’rnini ta’kidlab o’tish lozim. 
Antik dunyo sotsiologiyasi, jahon sotsiologiya maktabining nazariy-ma’naviy 
poydevori va unga doimiy ilhom baQishlovchi bebaho obidasi hisoblanadi. 
Antik  dunyo  hayotiga  insonni  inson  tomonidan  sotish  va  sotib  olish 
tartibotlarining  kirib  kelishi  bilan  tabiatni  o’zlashtirish,  tabiat  bilan  hamkorlik 
qilish  va  u  bilan  uyg’unlashish  o’rniga  insonni  ekspluatasiya  qilish  davri 
boshlandi.  Bu  esa  antik  davr  uchun  xos  bo’lgan  insonning  ma’naviy  hurligi 
davrining tanazzulga yuz tutishiga sabab bo’ldi. 
Antik  davr  sotsiologiyasi  o’zi  yuzaga  kelgan  davr  ijtimoiy  tuzumi  va 
tartibotlari,  davlat  va  jamiyat  qurilishi,  ana  shu  tizimlardagi  shaxslarning  o’rni 
va roli, siyosiy va  ma’naviy hayot jarayonlarining yorqin va real ifodalovchisi 
sifatida g’oyatda saboqlidir. 
Antik  davr  sotsiologiyasining  ilk  namunalari  Kichik  Osiyoning  G’arbiy  
sohillari  -  Ioniya  o’lkasi  shaharlarida  yashovchi  greklar  tomonidan  dunyoga 
keltirildi. 
Antik  dunyo  sotsiologiyasini  yuzaga  kelishi  hamda  taraqqiyot  tendensiyalari 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uni shartli ravishda quyidagicha guruhlash 
mumkin: 
1. Eng qadimgi grek sotsiologiya maktabi. Bu guruhga eramizdan oldingi XII 
asrda yashab ijod etgan Gomerdan boshlab eramizdan oldingi VI asrgacha amal 
qilgan  Milet  (kichik  Osiyodagi  eng  yirik  shahar)  maktabi  vakillari  (Fales, 
Anaksimandr, Anaksimen) hamda Gresiyaning turli shaxarlarida yashab faoliyat 
yuritgan Ksenofan Pifagorning sotsiologik qarashlarini kiritish mumkin. 
Eng  qadimgi  grek  sotsiologiyasi  mustaqil  ijtimoiy-nazariy  tadqiqot  predmeti 
sifatida  emas,  balki  aniq  tabiiy  fanlar,  ya’ni  matematika  va  tabiatshunoslik 
bergan ilk tadqiqot natijalari bilan ijtimoiy fanlar, xususan mifologiya va san’at 
borasida  erishilgan  dastlabki  tafakkur  mahsullarining  uyg’unlashuvi  oqibatida 
yuzaga kelgan. 
Milet filosoflarining to’ng’ich vakili Falesning fikricha, jamiyat va tabiatning 
asosini  dastlabki  tarkibiy  modda  xisoblangan  suv  omili  tashkil  etadi.  Uning 
ta’kidlashicha,  tabiatdagi  ja’mi  o’zgarishlar  suv  va  suyuqliklar  tufayli  ro’y 
beradi.  Suv  tufayli  tarkib  topgan  hamma  narsada  jon  mavjuddir.  Tabiatdagi 
ja’miki  narsalar  esa  suv  ishtirokida  yuzaga  kelganligi  sababli  ularning 
hammasida  jon  bor.  Fales  fikrining  isboti  uchun  yantar  toshini  misol  qilib 


keltiradi.  Falesning  xammanarsada  jon  borligi  G’oyasi  tabiat  va  jamiyatga 
insoniy yondoshuvning ilk kurtaklari shakllanishiga turtki bo’ldi. 
Milet  maktabining  yana  bir  yirik  namoyondasi Anaksimen  olamning  asosini 
tashkil  etuvchi  dastlabki  modda  sifatida  havoni  ilohiylashtiradi,  havoning 
tabiatda  yig’ilishi  va  siqilishi  natijasida  suv,  tuproq,  tosh  va  olovdan  iborat 
zaruriy  qismlar  yuzaga keladi.  Havo Anaksimen  nazarida dunyoni o’rab turgan 
nafas bo’lib, bu narsa tabiatdagi ja’miki narsalarga o’z ta’sirini o’tkazib turadi. 
Havo  insonning  amal  qilish  makoni  hisoblanadi  va  havosiz  qolgan  paytda  har 
qanday jism tarkibiy va mazmuniy o’zgarishga yuz tutadi. 
Qadimgi  grek  sotsiologlari  orasida  Samos  shahrida  tug’ilib  faoliyat  yuritgan 
Pifagor alohida o’rin tutadi. Pifagor yashagan davrda turli-tuman primitiv arxaik 
diniy mutaassiblik o’rniga nisbatan umumiyroq mohiyat kasb etuvchi xudolarga 
sig’inish  taomilga  kira  boshladi.  Pifagor  nuqtai  nazariga  ko’ra,  olam  abadiy 
bo’lib,  insondagi  ruh  ma’lum  muddatdan  so’ng  boshqa  narsalarga  ko’chadi. 
Pifagor  ana  shu  ta’limot  asosida  olamdagi  hamma  narsaning  jisman  va  ruhan 
qarindosh  ekanligini  isbotlashga  uringan.  Pifagorning  tabiat  va  jamiyatdagi 
«jon»ning  ko’chib  yurishi  G’oyasi  hamda  atrof-muhitdagi  ja’miki  narsalarning 
birligi  va  qarindoshligi  dunyoni  o’zaro  murosa  muvozanatida  saqlashga  dav’at 
etuvchi sotsiologik qarashlar sifatida insoniyat tarixida muayyan rol o’ynaydi. 
2. Grek 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish