"ijtimoiy fanlar" kafedrasi


monoteistik - yakkaxudolik  (yahudiylik, islom) va  politeistik



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/231
Sana21.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#686666
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   231
Bog'liq
fayl 1545 20210823

monoteistik
- yakkaxudolik 
(yahudiylik, islom) va 
politeistik
- ko‘pxudolik (hinduiylik, konfutsiychilik) 
dinlariga bo‘linadi. 
Dinning funksiyalari.
Dinning ijtimoiy vazifalari haqidagi ta’limotni 
dinshunoslikda funksionalizm rivojlantiradi. Funksionalizm jamiyatga ijtimoiy 
tizim sifatida qaraydi: unda jamiyatdagi har bir element muayyan funksiyani 
bajaradi.
Dinning «funksiya» va «rol» tushunchasini farqlash lozim, ular bir biri bilan 
bog‘liq, lekin o‘xshash emas. Funksiya - bu dinning jamiyatdagi harakat usuli 
bo‘lsa, rol - bu funksiyani bajarish natijalarining jami yig‘indisidir. Dinning bir 
nechta 
funksiyalari 
mavjud: 
dunyoqarashni 
shakllantirish, 
kompensator, 
kommunikativ, regulyativ, integrallash-dezintegrallash, madaniyatni targ‘ib qilish 
(kulturotransliruyushaya), legitimirallashtirish-legitimiralni olib tashlash. 
Dunyoqarashni shakllantirish
funksiyasi dinda inson, jamiyat, tabiatga 
nisbatan aniq bir qarashlarning turlari mavjudligi tufayli amalga oshiriladi. Din 
hayotni (mavjudotni) ma’lum nuqtai nazardan tushunish (dunyoni to‘la va undagi 
ayrim hodisa va jarayonlarni alohida tushuntirish), dunyoni kuzatish (his qilish va 
idrok etish orqali dunyoni aks ettirish), dunyoni his qilish (hissiy qabul qilish yoki 
rad etish), dunyoviy munosabat (baho berish) va hokazolarni o‘z ichiga oladi. 
Diniy dunyoqarash YAratganga nisbatan eng oliy tuyg‘u va mezonlarni belgilaydi. 
Bunda mavjud borliqqa tuShuncha berish dinga ishonganlar uchun turli cheklashlar 
doirasidan chiqish imkonini beradi, yorqin kelajak, huzur-halovatga erishish uchun 
umid, azob-uqubat, baxtsizlik, yolg‘izlik, tushkunlikdan ozod bo‘lishni qo‘llab-
quvvatlaydi. 
Kompensator funksiya
ham odamlarning ongini qayta shakllanishini, ham 
turmushning ob’ektiv shart-sharoitlarini o‘zgartirishdagi cheklanish, qaram bo‘lish 


36 
va ojizlikni to‘ldiradi. Ruhiy erkinlik orqali real jabr-zulm bartaraf etiladi; ijtimoiy 
guruhlar gunohga botish va azob chekish borasida teng huquqlik bo‘ladi; diniy 
tashkilotlar 
tomonidan 
beriladigan 
xayr-ehsonlar, 
mehr-shafqat, 
tarbiya, 
daromadlarni qayta taqsimlash mazlumlarning musibatini engillashtiradi va h.z. 
Umuman olganda, ruhiy zarbalarni bartaraf etish, tasalli berish, katarsis va 
ma’naviy ozuqa olish kabi kompensatsiyaning psixologik aspektlari muhim 
ahamiyatga egadir. 
Kommunikativ funksiya
muloqotni ta’minlaydi. U ham diniy, ham diniy 
bo‘lmagan faoliyat va munosabatlarda vujudga keladi, axborot almashish, o‘zaro 
ta’sir ko‘rsatish, insonni inson tomonidan idrok etish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. 
Diniy ong ikki xil muloqotni belgilaydi: dindorlarning o‘zaro bir-birlari bilan 
muloqoti va dindorlarning ibodat, namoz, meditatsiya, maxfiy qarashlar paytidagi 
mediator va vositachilari tomonidan gipostazir jonzotlar (xudo, farishta, 
o‘lganlarning ruhi, avliyolar va b.) bilan muloqoti. 
Regulyativ funksiya
ma’lum bir g‘oyalar, qadriyatlar, yo‘l-yo‘riqlar, stereotip 
qoliplar, fikrlar, an’analar, rusumlar, institutlar orqali individ, guruh va 
jamoalarning faoliyati, munosabatlari, ongi va axloqini boshqarishdan iborat. 
Ayniqsa, me’yorlar tizimi (diniy huquq, axloq va h.z.), namunalar (taqlid uchun 
ko‘psonli misollar), nazorat (qoidalar bajarilishini kuzatish), rag‘batlantirish va 
jazo berish (haqiqiy va o‘limdan keyin taqdirlanishiga va’da berish) muhim 
ahamiyatga ega.
Integratsion-dezintegratsion funksiya
si individ, guruh va institutlarni bir 
tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni ajratadi. Integratsiya shaxslar, 
ayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va 
chidamlilikni saqlasa, dezintegratsiya uni zaiflashishiga olib keladi. Integratsion 
funksiya ma’lum bir ma’noda yagona diniy e’tiqod mavjud bo‘lganda amalga 
oshiriladi. Agar shaxslarning diniy ongi va xulq-atvorida bir-biriga muvofiq 
bo‘lmagan g‘oyalar, ijtimoiy guruh va jamiyatda bir-biriga qarama-qarshi 
konfessiyalar paydo bo‘lsa, dinning funksiyasi dezintegratsion bo‘ladi. 


37 
Madaniyatni targ‘ib qilish funksiya
si oldin madaniyatning ma’lum bir 
qatlamlari - yozuv, kitob bosish, san’atning umuman rivojlanishiga yordam bergan 
bo‘lsa, hozirda ba’zi madaniy fenomenlarni rag‘batlantirib, ba’zilarini inkor etgan 
holda diniy madaniy qadriyatlarni saqlash va ko‘paytirish, ilmiy-ma’naviy merosni 
nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi. 
Legitimlashtirish-delegitimlashtirish funksiya
si ba’zi jamoat tartiblari, 
institutlar, munosabatlar, me’yorlar, namunalarni majburiyat sifatida qonuniy 
qilish yoki ularning ba’zilarini qonundan chiqarish vazifalarini amalga oshiradi. 
Din ma’lum huquqiy talab va majburiyatlarni ilgari suradi va uning asosida ba’zi 
ko‘rinishlarga, ularga ma’lum munosabatni shakllantirgan holda baho beradi. 
Bunda majburiy va e’tiroz qilib bo‘lmaydigan xarakter muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Yuqoridagilardan qisqa xulosa qilib aytganda, din insoniyat tarixida, 
birinchidan
, umuminsoniy axloq me’yorlarini o‘ziga singdirib olib, ularni hamma 
uchun majburiy hulq-atvor qoidalariga aylantirgan; 
ikkinchidan
, odamlarning 
bahamjihat yashashiga ko‘malashgan; 
uchinchidan
, odamlarda ishonch hissini 
mustahkamlagan hamda hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni engib 
o‘tishlarida kuch bag‘ishlagan; 
to‘rtinchidan
, umuminsoniy va ma’naviy 
qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga etkazishga yordam bergan va 
shu yo‘l bilan madaniyat rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan. 

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish