DINLAR TA'LIMOTIGA KO’RA
Monotеistik – yakkaxudolik
(yahudiylik, islom)
Politеistik – ko’p xudolik
(hindiuiylik, konfutsiychilik)
28
4-ilova
Diniy ong
Diniy munosabatlar
Diniy amaliyot
Diniy g’oyalar
DINNING TARKIBIY QISMLARI
Diniy tuyg’ular
(Xudoga muhabbat,
jannatdan umidvorlik,
shaytondan
nafratlanish va
hakozo). – diniy
g’oyalardan kеlib
chiqadi va diniy
tarbiya natijasida
shakllanib, insonlar-
ning odatdagi
kеchinmalaridan faqat
g’ayritabiiylikka
qaratilgani bilan
farqlanadi, xolos.
Diniy tuyg’ular
Diniy amaliyot – bu,
dindorlarning
e'tiqod ob'еktlariga
umumqabul qilingan
qoidalarga rioya
qilgan holda
siginishidir. Unga
namoz, diniy urf-
odatlar (sunnat,
krеshеniе), turli
ibodat marosimlari
(ro’za, xudoyi-
ma'rakalar, diniy
bayramlar,
kitobxonliklar)
kiradi.
Diniy g’oyalar
dеganda diniy
da'vatlar, aqidalar,
ilohiy adriyat va
maqsadlar ifodalan-
gan qarashlar
majmui tushuniladi.
Ular turli dinlarning
amal qilish yo’lini,
mavjudligini ta'min-
lab bеruvchi omil
bo’lib xizmat qiladi.
29
5-ilova
DINSHUNOSLIK ILMLARI
Din psixologiyasi
Din faqat ijtimoiy
emas, balki psixologik
hodisa hamdir. Din
psixologiyasining
asosiy
g’oyasi
shundan iboratki, u
din manbasini insonni
qurshab
turgan
olamda emas, balki
insonning
ichki
dunyosida
dеb
xisoblaydi
va
shu
bilan birga, insonning
aqliy muhitida emas,
balki hissiy muhitida
dеb biladi.
Din psixologiyasini
asoschilari amеrikalik
U.Djеms (1842-1910)
va
avstriyalik
Z.Frеydlardir (1856-
1939)
Din sotsiologiyasi
Nеmis mutafakkiri
M. Vеbеrning (1864-
1920)
mulohazasi
bo’yicha,
sotsiolog
faylasufdan
farqli
o’laroq,
dinning
manbasini
tеkshir-
masligi,
dinning
ilohiy mohiyati ustida
bosh
qotirib
o’tirmasligi kеrak.
Din falsafasi
Dinning
mazmun-
mohiya-ti,
ijtimoiy
hayotdagi
o’rnini
tushuntirishga yo’nal-
tirilgan falsafiy bilim
sohasi. Din haqidagi
falsafiy qarashlar.
30
Qadimgi
yunonlar
Qadimgi
misrliklar
Musulmon
Xristian
Buddaviylik
DUNYO DINLARIDA IBODAT SHAKLLARI
31
Mustahkamlovchi savollar:
1.
Din ta’riflarni izohlab bering.
2.
Dinning paydo bo‘lishiga oid qanday qarashlarni bilasiz?
3.
Din qanday tarkibiy qism, shakl va turlardan iborat?
4.
Dinshunoslik fanining predmeti va tadqiqot ob’ektini nimalar tashkil etadi?
5.
Dinshunoslikdagi turli hil yondashuvlar.
6.
Dinga nisbatan ilmiy nuqtai nazardan yondashish deganda nimani
tushunasiz?
7.
Din shaxs, jamoa o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda qanday
ahamiyat kasb etadi?
B.B.B. usuli asosida bilimlarni sinash uchun tarqatma materiallar
№
Tushuncha
Bilaman “+”,
Bilmayman “-”.
Bildim “+”,
Bila olmadim “-”.
1.
Din
2.
E’tiqod
3.
Ateizm
4.
Din funksiyalari
5.
Dinshunoslik predmet va ob’ekti
6.
Diniy ong
7.
Diniy g‘oya
8.
Diniy to‘yg‘u
9.
Diniy amaliyot
10.
Dinshunoslik ilmlari
32
1.2. DINNING MOHIYATI, TUZILISHI VA FUNKSIYALARI
REJA:
1.
Dinning mohiyati, tuzilishi va funksiyalari.
2.
Davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning tiplari.
3.
O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlanishi.
4.
O‘zbekistonda davlat va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar.
Tayanch tushunchalar:
diniy tashkilotlar, diniy tashkilotlarning markaziy
boshqaruv organlari, konfessiya, masjid, vijdon erkinligi, e’tiqod erkinligi, dahriy
– ateist, dinning davlatdan ajratilish, sekulyarizm.
Mavzu o‘quv maqsadi:
Talabalarda davlat va din munosabatlarining jahonda
tarqalgan shakllari, O‘zbekiston Respublikasida davlat va din munosabatlarining
o‘ziga xos jihatlari, vijdon erkinligining mazmun-mohiyati, O‘zbekiston
Respublikasida diniy tashkilotlar faoliyatining qonunchilik asoslari haqida
bilimlarini oshirish.
Dinning mohiyati, tuzilishi va funksiyalari.
Dinshunoslikda dinga
«dinning o‘zi nima?», «uning mohiyati nimadan iborat?» degan savol nuqtai
nazaridan yondashishdan tashqari din «qay tarzda faoliyat olib boradi?» degan
savol nuqtai nazaridan ham yondashuv mavjud. Bu masala bilan ko‘proq din
sotsiologiyasi shug‘ullanadi.
Sotsiologik nuqtai nazardan qaralganda din jamiyat uchun zaruriy narsa,
ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi
va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Bu degani dinni jamiyatdagi
bajaradigan vazifalariga ko‘ra o‘rganish mumkin demakdir.
Dinning vazifalari deganda uning alohida shaxsga va jamiyatga ta’sir qilish
yo‘li va tabiati nazarda tutiladi. Bunda har bir din unga e’tiqod qiluvchi muayyan
33
bir shaxsga u yoki bu jamoaga va umuman jamiyatga nima beradi? Insonlar
hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Shunga o‘xshash masalalar o‘rganiladi.
Din insonning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning ijtimoiy
hayotida doimo u bilan birga bo‘ldi. SHuning uchun ham dinni o‘rganish - bu
insoniyatni o‘rganish demakdir. Dinni insoniyatdan, insoniyatni dindan ajratib
bo‘lmasligini tarixning o‘zi isbotladi. «Kommunistik jamiyatda din yo‘q bo‘lib
ketadi» deyilgan fikrning aksicha kommunizm xayoliy narsayu, din doimiy
ekanligi amalda isbotlandi. Demak, din insoniyat bilan birga dunyoga kelgan.
Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o‘zining ma’lum millat
yoki xalqqa xosligi yoxud millat tanlamasligiga ko‘ra turli guruhlarga bo‘linadi.
Bu guruhlar son jihatdan qancha bo‘lishidan yoki nazariy jihatdan qanchalik etuk
bo‘lishidan qat’i nazar, ularni mutlaqlashtirib bo‘lmaydi. CHunki har qanday tasnif
ma’lum bir jihatga e’tibor berib, boshqa qirralarni qamrab ololmaydi. Hozirgi
kunda din tipologiyasida dinlarning quyidagi tasniflari mavjud:
- tarixiy-geografik jihatga ko‘ra;
- etnik jihatga ko‘ra;
- e’tiqod qiluvchilarining soniga ko‘ra;
- hozirgi davrda mavjudligi jihatidan (tirik va o‘lik diniy tizimlar) va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |