«Dinshunoslik» fanining vazifasi –
talabalarga hozirgi davrdagi dinlarning
ma’lum xalq hayotida tutgan o‘rni haqida umumiy nazariy tushunchalar berish,
ularning davlat va din munosabatlari, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi va
madaniyati to‘g‘risidagi tasavvurlarini boyitish, shu bilan birga:
dinning jamiyatga ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy ta’siri haqida bilimlar berish;
ibtidoiy diniy tasavvurlar, milliy va jahon dinlari ta’limotlari haqida
ma’lumot berish;
dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli tarixiy
bosqichlarda tutgan mavqei haqida tuShuncha berish;
jamiyatni ma’naviy jihatdan kamol toptirishda diniy qadriyatlarning
ahamiyatini yoritish;
dunyoviy davlat va dinning o‘zaro munosabatlarini yoritib berish;
diniy aqidaparastlik, ekstremizm va fanatizm kabi salbiy illatlar mohiyatini
yoritish va ularga qarshi g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasida dinga nisbatan munosabatning tubdan
o‘zgarganligi, xususan, islom dini qadriyatlarini tiklash yo‘lida qilinayotgan ishlar
haqida keng tasavvur hosil qilish.
«
Dinshunoslik
»
fanining amaliy ahamiyati
shunda ko‘rinadiki, u
talabalarda
barcha dinlar qadriyatlariga hurmat bilan qarash, ularni qadrlash madaniyatini
tarbiyalaydi.
11
Dinshunoslikning tarix, falsafa, psixologiya, sotsiologiya, arxeologiya va
boshqa ijtimoiy fanlar bilan mustahkam bog‘liqligi uning nazariyasini boyitishga
xizmat qiladi.
Dinshunoslikning qator fanlar bilan o‘zaro munosabatga kirishishi natijasida
uning turli sohalari yuzaga keldi. Ulardan asosiylarini quyida keltirib o‘tamiz.
Din fenomenologiyasi.
Fenomen, namoyon bo‘luvchi, ko‘zga ko‘rinuvchi
narsa bo‘lib, fenomenologiya ko‘zga ko‘rinuvchi narsaning sistematik shaklda
tadqiq qilinishidir. Dinning ko‘zga ko‘rinuvchi, tashqarida aks etuvchi jihatlarini
o‘rganuvchi ilm sohasiga «Din fenomenologiyasi» deyiladi. Din fenomenologiyasi,
tarixiy shakllanishlarni e’tiborga olmagan holda diniy fakt va voqelikning bizga
namoyon bo‘lgan jihatlarini asosiy o‘ringa ko‘taradi. Turli dinlarning ibodat va
marosimlarini, muqaddas joy, zamon, narsa va shaxsiyatlarini tadqiq qilib,
mushtarak jihatlarini topishga harakat qiladi.
Din fenomenologiyasi diniy tuyg‘u va bu tuyg‘uning ko‘rinishlari deyarli
butun dunyoda bir-biriga o‘xshashiga ishora qiladi; barcha dinlarning asli va
g‘oyasining bir ekanligini isbotlashga harakat qiladi. Shuning bilan birga diniy
ramz (belgi) larda yashirgan ma’nolarni ochish va majoziy so‘zlarning muqaddas
mazmunini yoritish kabi ishlar ham uning vazifalariga kiradi.
Din fenomenologiyasi, materiallarini dinlar tarixidan oladi. Lekin u bu
materiallarga tarixiylikdan ham ko‘ra ko‘proq sistematik jihatdan yondashadi.
Shunday qilib diniy asoslar, diniy fenomen va shakllanishlarni muqoyasa qiladi.
Din fenomenologiyasi boshqa din ilmlarini bilan ba’zi nuqtalarda birlashishiga
qaramasdan, mustaqil bir ilm sohasi sifatida, ba’zan farqlangan jihatlari ham bo‘lib
turadi.
Din tushunchasiga olimlar tomonidan yuzlab ta’riflar berilgan. Bunda, turli
soxa va dunyoqarash egalari, o‘z soxalari va qarashlaridan kelib chiqib dinga ta’rif
berishgan. Shu tufayli turfa xil ta’riflar yuzaga kelgan. Quyida ularning ba’zilarini
keltirib o‘tamiz:
12
Do'stlaringiz bilan baham: |