"ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/231
Sana21.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#686666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   231
Bog'liq
fayl 1545 20210823

 
 



SO‘Z BOSHI 
Dinshunoslik gumanitar fanlar qatoridagi insoniyatning madaniy, ma’rifiy, 
fikriy tarixini o‘z ichiga olgan ilmlar qatoriga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi 
ta’lim tizimining umumiy o‘rta ta’lim bosqichida o‘qitiladigan «Dinshunoslik» 
fanlari doirasida dinlar tarixi, ta’limoti, manbalari kabi dinshunoslikning 
boshlang‘ich asoslari o‘qitiladi. Shu sababli ham oliy ta’lim tizimining bakalavr 
bosqichidagi «Dinshunoslik» fani doirasida quyi bosqichda berilgan ma’lumotlar 
asosida dinlarning rivojlanish tendensiyalari, bugungi kundagi holati hamda din 
niqobidagi turli buzg‘unchi g‘oyalarning kelib chiqish sabablari, oldini olish 
yo‘llari haqidagi ma’lumotlar taqdim etilishi maqsadga muvofiq.
Fanni o‘qitishdan maqsad
- talabalarga milliy va diniy qadriyatlarning 
tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unligini 
tushuntirish, ularda diniy bag‘rikenglik madaniyatini, dinga nisbatan to‘g‘ri 
yondashuvini shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadrlarni 
tarbiyalashdan iborat. 
Fanning vazifasi
– talabalarga hozirgi davrdagi dinlarning ma’lum xalq 
hayotida tutgan o‘rni haqida umumiy nazariy tushunchalar berish, ularning davlat 
va din munosabatlari, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi va madaniyati to‘g‘risidagi 
tasavvurlarini boyitish: din va diniy qadriyatlarning talqin etilishi va bugungi 
kundagi ahamiyatini o‘rgatish; globallashuv jaryonida diniy sohada kechayotgan 
tendensiyalarni yoritish, yoshlarda turli zararli diniy sekta va oqimlarning 
buzg‘unchi g‘oyalariga qarshi immunitetni shakllantirish. 
Fan bo‘yicha talabaning bilim, kunikma va malakalariga quyidagi talablar 
qo‘yiladi. Talaba:
 
- Markaziy Osiyoda tarqalgan dinlar tarixi, ta’limoti, muqaddas manbalari, 
yo‘nalishlari, jahonda mavjud bo‘lgan dinlarning mushtarak xususiyatlari, 
dinlardagi oqimlar va mazhablar, dunyoning konfessional xaritasi, din va qonun 
o‘zaro munosabatlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi.



- missionerlik, prozeletizm va diniy ekstremizmning jamiyat hayotiga tahdid 
solishi hamda salbiy ta’siri va oqibatlari; dinlararo bag‘rikenglik tamoyillariga 
amal qilish, dinning mohiyati ezgulikdan iborat ekanini anglash, dinning ijtimoiy 
taraqqiyot bilan bevosita bog‘liqligini tushunib etish; din va diniy qadriyatlarning 
inson ma’naviy hayotida tutgan o‘rnini his etishni bilish va ulardan foydalana 
olishi: 
- dunyoviy va diniy ilmlarning jamiyat taraqqiyotiga ta’sirini anglash, ularga 
nisbatan o‘zining mustaqil fikrini bildirish; din niqobi ostidagi turli buzg‘unchi 
g‘oyalarga qarshi immunitetini shakllantirib borish, ularning yovuz niyatlariga 
o‘zining erkin va xolis munosabatini bildirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 
Murojaatnomasida millatlararo totuvlikni mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni 
rivojlantirish borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratdilar
1
: “Mamlakatimizda 
“Jaholatga qarshi – ma’rifat” degan ezgu g‘oya asosida islom dinining 
insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do‘stlik kabi olijanob maqsadlarga xizmat 
qilishini targ‘ib etish kun tartibimizdagi doimiy masalalardan biri bo‘lib qoladi. 
Joriy yilda hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy, kalom ilmi asoschisi Abu 
Mansur Moturidiy va uning davomchisi Abu Muin Nasafiy hayoti, ilmiy merosiga 
bag‘ishlangan hamda diniy bag‘rikenglik mavzularida xalqaro ilmiy-amaliy 
konferensiyalar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi. 
Imom Buxoriy bobomizning Samarqanddagi yodgorlik majmuasini bu 
mo‘tabar zotning musulmon dunyosidagi ulug‘ maqomiga mos ravishda mutlaqo 
yangi loyiha asosida qayta barpo etish ishlarini ham boshlaymiz. 
Shuningdek, buyuk alloma Bahovuddin Naqshband bobomizning 700 
yillik tavallud ayyomini yuqori saviyada o‘tkazishimiz kerak”. 
Mamlakatimizdagi ko‘pkonfessiyalilik sharoitida turli millat, elat va din 
vakillari orasidagi totuvlikni ta’minlash, jahonda tinchlik va barqarorlikni 
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Xalq so’zi, 2020 yil, 
25 yanvar, № 19 (7521), 4-bet. 



mustahkamlash ishiga munosib hissa qo‘shish har bir fuqaroning, ayniqsa, oliy 
ma’lumotli 
ziyolining 
muqaddas 
burchidir. 
Respublikamiz 
Prezidenti 
Sh.Mirziyoev tomonidan ta’kidlanganidek, «Jamiyatimizda diniy konfessiyalar 
o‘rtasida hamjihatlik va fuqarolar totuvligini mustahkamlashni biz bundan buyon 
ham eng dolzarb va ezgu vazifamiz deb bilamiz»
2

Dunyo miqyosida millatlararo va konfessiyalararo hamkorlik, hamjihatlikni 
mustahkamlash ko‘p jihatdan jamiyat hayotiga bag‘rikenglik tamoyillarining 
samarali joriy etilishiga bog‘liq. Jahondagi murakkab va ziddiyatli kechayotgan 
jarayonlar turli din vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, hamkorlik va hamjihatlik 
ruhidagi aloqalarni mustahkamlash tarixiy zaruriyat ekanini ko‘rsatmoqda. 
Shuning uchun ham mamlakatimizda qabul qilingan «2017-2021 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi»ning beshinchi bandida «xavfsizlik, millatlararo totuvlik va 
diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va 
amaliy tashqi siyosat» mamlakatimizda asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi.
Respublikamiz Prezidenti tomonidan 2017 yil 19 sentyabr kuni BMT Bosh 
Assambleyasining 72-sessiyasida bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish, 
diniy erkinlikni ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, 
ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashishga qaratilgan «Ma’rifat va 
diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini qabul qilish taklifi 
ilgari surilishi
3
ham turli konfessiyalar o‘rtasidagi hamjihatlikka davlatimizda 
xalqaro ahamiyatga ega masala sifatida qaralayotganining yorqin ifodasidir. 
O‘zbekistonda davlat va din masalalarini bilish jamiyatimizning har bir ilg‘or 
fuqarosining burchidir. Davlat va din o‘zaro munosabatlarini tartibga solish 
bo‘yicha respublikamizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar hatto butun 
jahon miqyosida ham e’tiborga loyiq. O‘quv qo’llanmada davlat va din 
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2017 yil, 22 dekabr// 
www.uza.uz.
3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh 
Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi // “Xalq so‘zi”, 2017 yil 20 sentyabr.



munosabatlariga oid taqdim etilgan ma’lumotlar kelgusida Vatan taraqqiyotiga o‘z 
hissasini qo‘shish niyatida bo‘lgan yoshlarimizning amaliy faoliyatida dasturul 
amal bo‘lib xizmat qiladi. Oliy ta’limning bakalavr bosqichi talabalari dinning 
mohiyati, uning falsafiy talqinlari, unga berilgan turli ta’riflar haqida atroflicha 
ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim. Shuning uchun ham ushbu qo‘llanmada dinni 
o‘rganishdagi yondahuvlar, dinshunoslik maktablari, asosiy namoyandalari haqida 
etarlicha ma’lumot berilgan.
Respublikamizda dinshunoslik sohasini rivojlantirish, milliy va diniy 
qadriyatlarni e’zozlash, dinning ma’naviy-ma’rifiy jihatlarini xalqimizga keng 
yoritib berishga qaratilayotgan e’tiborni quyidagilarda ham yaqqol ko‘rishi 
mumkin: O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoev tashabbuslari bilan Toshkent 
xalqaro Islom akademiyasining ochilishi (1999-2018 yillarda Toshkent islom 
universiteti), Samarqandda – Imom Buxoriy ilmiy markazida hadisshunoslik, 
Imom Moturidiy markazi qoshida kalom ilmi, Farg‘onada – Marg‘inoniy ilmiy 
markazida islom huquqi maktabi, Buxoroda – Bahouddin Naqshband markazida 
tasavvuf, Qashqadaryoda – Abul Muin Nasafiy markazida aqida ilmi maktabining 
tashkil etilishi; «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom 
Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida», «Abu Iso Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlar, «Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 915 
yiilligini va Bahouddin Naqshband tavalludining 700 yilligini nishonlashga 
tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi farmoyishning qabul 
qilinishi, «O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi»ning tashkil etilishi, 
«O‘zbekiston Islom akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori va boshqalar.
Ushbu o‘quv qo’llanma o’quv rejadagi barcha mavzularni qamragan holda 
yot g’oyalarning namoyon bo‘lish turlari, o‘z-o‘zini niqoblash usullari va ularga 
qarshi «jaholatga qarshi ma’rifat» shiori ostida kurash olib borish yo‘llari ham 
ko‘rsatib berilgan. 

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish