“ijtimoiy fanlar” kafedrasi



Download 359,12 Kb.
bet108/128
Sana27.01.2022
Hajmi359,12 Kb.
#412364
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   128
Bog'liq
Fuqarolik huquqi talabalarga

Shartnoma tuzish

Shartnomaning tuzilishi FKning 354-moddasida ko`rsatilganidek, agar taraflar o`rtasida shartnomaning barcha talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo`lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Shartnomaning umumiy tartibda tuzilishi ikki davr bilan belgilanadi. Birinchi davr – shartnoma tuzishga taklif qilish davri, bu oferta, shartnoma tuzishga taklif qiluvchi esa, offerent, deb ataladi.

Ikkinchi davr – shartnoma tuzish to`g`risidagi taklifni qabul qilish, bu aksept, taklifni qabul qiluvchi akseptant deb aytiladi.

Shartnoma tuzishning umumiy tartibiga oid qoidalar FKning 364-381-moddalarida berilgan. Bu qoidalarda aytilishicha, agar shartnoma tuzish to`g`risidagi taklif (oferta) javob uchun muddat tayinlab qilingan bo`lsa, bu holda shartnoma ikkinchi taraf (akseptant) tomonidan taklifning qabul qilinganligi to`g`risidagi javob shu muddat ichida taklif qiluvchi (offerent) tomonidan olingan holdagina tuzilgan hisoblanadi. Oferta yo`llagan shaxs uning akseptini olgan paytdan shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Shartnoma tuzilishi uchun taraflar o`zaro kelishuvining o`zigina kifoya emas. Bu kelishuv tegishli shaklda rasmiylashtirilgan bo`lishi shart. Shartnomalarning shakli FKning 366-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq bo`lishi shart. Unga asosan, agar qonunda muayyan turdagi shartnomalar uchun ma'lum bir shakl belgilab qo`yilmagan bo`lsa, shartnoma bitimlar tuzish uchun nazarda tutilgan har qanday shaklda tuzilishi mumkin.

Notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro`yxatidan o`tkazilishi shart bo`lgan shartnoma notarial tasdiqlangan yoki ro`yxatdan o`tkazilgan paytdan e'tiboran, notarial tasdiqlanishi va ro`yxatdan o`tkazilishi zarur bo`lganda esa – shartnoma ro`yxatdan o`tkazilgan paytdan e'tiboran shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Agar taraflar shartnomani muayyan shaklda tuzishga kelishgan bo`lsalar, garchi qonunda bu turdagi shartnomalar uchun bunday shakl talab qilingan bo`lmasa-da, shartnoma belgilangan shaklga keltirilganidan keyin tuzilgan hisoblanadi.

Yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo`li bilan, shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo`li bilan tuzilishi mumkin.

Shartnoma tuzish haqidagi taklif (oferta) akseptantga bildirilgunicha chaqirib olinishi mumkin. Biroq, u akseptant tomonidan qabul qilib olingan bo`lsa, akseptlash uchun belgilangan muddat davomida chaqirib olinishi mumkin emas.

Oferta muayyan shaxsga ham, nomuayyan shaxslrga ham qaratilgan bo`lishi mumkin. Masalan, mahsulotni reklama qilish, o`z xizmatini taklif etib e'lon berish – nomuayyan shaxslar doirasida yo`llangan oferta hisoblanadi. Bunday ofertani odatda, ommaviy oferta deb ham yuritiladi.

Oferta yuborilgan shaxsning uni qabul qilganligi haqidagi javobi aksept hisoblanadi. Aksept to`liq va pisandasiz bo`lmog`i shart. Agar qonundan, ish muomalasi odatidan yoki taraflarning ish bo`yicha avvalgi munosabatlaridan boshqacha ma'no kelib chiqmasa, sukut saqlash aksept bo`lmaydi.

Agar shartnoma tug`risidagi taklif (oferta) javob uchun muddat tayinlanmasdan, og`zaki ravishda qilingan bo`lsa, ikkinchi taraf (akseptant) bu taklifni qabul qilganligini darhol taklif qiluvchiga (offerentga) bildirgan holdagina shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Agar bunday taklif yozma ravishda qilingan bo`lsa, taklifni qabul qilganlik (aksept) to`g`risidagi javob uni olish uchun lozim bo`lgan normal vaqt davomida olingan taqdirdagina shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Agar shartnoma tuzishga rozi bo`lganlik to`g`risidagi kechiktirilib olingan javobdan uning o`z vaqtida yuborilganligi ma'lum bo`lsa, bu holda taklif qiluvchi shaxs (offerent javobning kechiktirilib olinganligi to`g`risida ikkinchi taraf (akseptant) ni darhol xabardor qilsagina javob kechiktirilgan hisoblanadi. Bu holda javob ayni paytda yangi taklif (oferta) hisoblanadi.

FKning 375-moddasida ko`rsatilganidek, ofertada taklif qilinganidan boshqacha shartlar asosida shartnoma tuzishga rozilik bildirish to`g`risidagi javob aksept hisoblanmaydi. Bunday javob akseptdan bosh tortish va ayni vaqtda yangi oferta hisoblanadi.

Odatda, shartnomada u tuzilgan joy ko`rsatib o`tilishi kerak. Agar shartnomada uning tuzilgan joyi ko`rsatilmagan bo`lsa, shartnoma oferta yo`llagan fuqaroning yashash joyida yoki yuridik shaxsning joylashgan yerida tuzilgan hisoblanadi (FKning 376-moddasi).

Ayni paytda “Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida”gi qonunda belgilanishicha, kontraktatsiya shartnomalari qishloq xo`jaligi mahsulotini yetishtiruvchi joylashgan yerda tuziladi.

Yuqorida aytganimizdek, shartnomalar tuzishda taraflar erkindirlar. Binobarin, hech qaysi taraf shartnoma tuzishga majbur qilinmaydi. Biroq, ayrim hollarda majburiy shartnoma tuzilishi mumkin. Bunda shartnoma tuzish o`zi uchun majburiy bo`lgan taraf oferta olgan kundan boshlab o`ttiz kun ichida boshqa tarafga aksept to`g`risida, akseptdan voz kechish haqida yoki boshqacha shartlar asosida akseptlashi haqida (shartnoma loyihasiga o`zining e'tirozlari bayonnomasini qo`shgan holda) bildirish yo`llashi lozim.

Basharti, shartnoma tuzish offerent uchun majburiy bo`lsa-yu, u o`z takliflariga boshqacha shartlar asosida akseptlash olsa (shartnoma loyihasiga e'tirozlar bayonnomasi bilan birga), u holda bu taraf bildirish xabarnoma olingan yoki aksept muddati tamom bo`lgan kundan boshlab, o`ttiz kun ichida kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun sudga murojaat qilishga haqli.

Shartnoma tuzishi majburiy bo`lgan taraf uni tuzishdan bosh tortsa, ikkinchi taraf uni shartnoma tuzishga majbur etish talabi bilan sudga murojaat qilishga haqli. Shartnoma tuzishdan asossiz bo`yin tovlayotgan taraf shu tufayli yetkazilgan zararni boshqa tarafga to`lashi shart.

Shartnoma tuzish vaqtida vujudga kelgan kelishmovchiliklar sudda ko`rib chiqilgan hollarda, kelishmovchiliklarga sabab bo`lgan shartlar sud tomonidan belgilanadi.

Shuningdek shartnomalar kim oshdi savdosida ham tuzilishi mumkin. Bunday hollarda obyektni, mulkni, tovarni oldi-sotdi shartnomasi kim oshdi savdosini o`tkazgan tashkilot bilan savdoda g`olib chiqqan shaxs (ashyoning mulkdori, mulkiy huquq egasi yoki ixtisoslashgan tashkilot) o`rtasida tuziladi. FKning 374-moddasida belgilanganidek, qonunda ko`rsatilgan hollarda, ashyoni yoki mulkiy huquqni sotish to`g`risidagi shartnomalar faqat kim oshdi savdosi o`tkazish yo`li bilan tuzilishi mumkin. Shuningdek kim oshdi savdosi sud qarorlari ijrosini ta'minlash uchun ham o`tkaziladi (shartnoma majburiyatlari yuzasidan undiruv majburiy ravishda sud tomonidan qarzdorning mol-mulklariga qaratilgan hollarda, bunday mol-mulklarning muhofazasi ta'minlanmaydi ham).

Kim oshdi savdosi auksion yoki tanlov shaklida amalga oshiriladi. Odatda, bitta ishtirokchi qatnashgan kim oshdi savdosi o`tkazilmagan hisoblanadi. Auksion va tanlovlar ochiq (bunda xohlagan shaxslar qatnashishlari mumkin) va yopiq (maxsus taklif etilgan shaxslar qatnashishlari mumkin) shaklida o`tkazilishi mumkin. Kim oshdi savdosini o`tkazish shaklini agar qonunda boshqacha hol belgilanmagan bo`lsa, sotiladigan mol-mulkning mulkdori belgilaydi.

Ochiq turdagi kim oshdi savdosiga qilingan taklif (xabar) ni ommaviy oferta desa ham bo`ladi. Unda kim oshdi savdosining vaqti, joyi, shakli, savdoga nima qo`yilayotgani, o`tkazish tartibi, qatnashchilarni rasmiylashtirish, savdoga qo`yilayotgan obyektning boshlang`ich narxi to`g`risidagi, shuningdek savdoga shartnoma tuzish huquqi qo`yilayotgan bo`lsa, bunga beriladigan muddat haqidagi ma'lumot bo`lishi mumkin.

Savdo tashkilotchisi auksion o`tkazishdan xohlagan vaqtda, lekin u o`tkaziladigan kundan kamida uch kun oldin, tanlov o`tkazishdan esa – kamida o`ttiz kun oldin bosh tortishga haqli.

Bunday hollarda tashkilotchi ishtirokchilar ko`rgan haqiqiy zararlarni (xarajatlarni), yopiq savdolar tashkilotchisi o`zi taklif etgan ishtirokchilarning real zararini to`laydi. Shuningdek ishtirokchilarga ular dastlab tashkilotchiga to`lagan zakalat puli ham to`lanadi. Ayni paytda zakalat savdoda qatnashgan, ammo g`olib chiqmagan shaxslarga ham qaytariladi.

G`olib bilan tashkilotchi o`rtasida savdo natijalari to`g`risida bayonnoma tuziladi. Bu bayonnoma ashyoni, obyektni yoki mulkiy huquqlarni oldi-sotdi shartnomasiga tenglashtiriladi. Bayonnoma imzolashdan bosh tortgan g`olib chiqqan shaxs to`lagan zakalatidan mahrum bo`ladi. Tashkilotchi imzolashdan bosh tortganida zakalatni ikki hissa qilib, shuningdek g`olibga savdoda qatnashishi tufayli yetkazilgan zararning zakalatdan ortiq bo`lgan qismini to`laydi.




Download 359,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish