3.Uy-joyni ijaraga beruvchi va oluvchining huquq hamda majburiyatlari
Fkning 605-moddasida Uy-joyni ijaraga beruvchining majburiyatlari belgilangan bo`lib, unga ko`ra
Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga doimiy yashash uchun yaroqli bo'sh uy-joyni berishi lozim.
Ijaraga beruvchi ijaraga berilgan turar joy joylashgan uydan tegishli darajada foydalanishni amalga oshirishi, ijaraga oluvchiga haq evaziga zarur kommunal xizmat ko'rsatishi yoki xizmat ko'rsatilishini ta'minlashi, ko'p kvartirali uyning umumiy foydalaniladigan mol-mulki va turar joy binosida joylashgan kommunal xizmat ko'rsatish qurilmalari ta'mirlanishini ta'minlashi lozim.
FKning 607-moddasida Uy-joyni ijaraga oluvchining majburiyatlari belgilab berilgan.
Ijaraga oluvchi uy-joydan faqat uning vazifasi bo'yicha foydalanishi, uy-joyning saqlanishini ta'minlashi va uni yaxshi holdatutishi shart.
Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligisiz uy-joyni qayta qurishga va tuzilishini o'zgartirishga haqli emas.
Ijaraga oluvchi uy-joy haqini o'z vaqtida to'lab turishi shart.
Agar shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, ijaraga oluvchi kommunal xizmatlar haqini mustaqil to'lashi shart.
FKning 609-moddasida Vaqtincha yashovchilar haqida so`z boradi.
Ijaraga oluvchi va u bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolarumumiy kelishuvga binoan va ijaraga beruvchini oldindan xabardorqilgan holda vaqtincha yashovchilarga (foydalanuvchilarga) uy-joyda bepul yashab turishlari uchun ruxsat etishga haqlidirlar. Basharti,qonun hujjatlarining jon boshiga to'g'ri keladigan uy-joy maydoni normasi haqidagi talablariga rioya etilmasa, ijaraga beruvchi vaqtincha yashovchilarning yashab turishlarini taqiqlab qo'yishi mumkin. Vaqtincha yashovchilarning yashab turish muddati olti oydanoshmasligi kerak.
Vaqtincha yashovchilar uy-joydan foydalanishda mustaqil huquqqa ega bo'lmaydilar. Ularning xatti-harakatlari uchun ijaraga beruvchi oldida ijaraga oluvchi javobgardir.
Vaqtincha yashovchilar ular bilan kelishilgan yashab turish muddati o'tganidan keyin, agarda bunday muddat kelishilmagan bo'lsa, ijaraga oluvchi yoki u bilan birga doimiy yashaydigan har qanday fuqaro tomonidan tegishli talab qo'yilgan kundan e'tiboran ko'pi bilan yetti kun ichida uy-joyni bo'shatishlari shart.
FKning 610-moddasiga muvofiq Ijaraga berilgan uy-joyni ta'mirlash agar uy-joyni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, ijaraga oluvchining zimmasidadir.
Ijaraga berilgan uy-joyni kapital ta'mirlash, agar uy-joyni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, ijaraga beruvchining zimmasidadir.
Ijaraga berilgan uy-joy joylashgan uyni qayta jihozlashga, agar bunday qayta jihozlash uy-joydan foydalanish shart-sharoitlarini jiddiy ravishda o'zgartirsa, ijaraga oluvchining roziligisiz yo'l qo'yilmaydi.
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi besh yildan ortiq bo'lmagan muddatga tuziladi. Agar shartnomada muddat ko'rsatilgan bo'lmasa, u besh yilga tuzilgan hisoblanadi.
Patent (lotincha: patens – ochiq, aniq, ravshan) – texnik yechim yoki ixtironing davlat tomonidan eʼtirof etilganligini va ixtirochining oʻz ixtirosiga olgan mutlaq huquqini tasdiqlovchi hujjat. Patent olish jarayoni, patent oluvchining maʼsuliyatlari va eksklusiv huquqlari turli mamlakatlarda turlichadir. Shunday boʻlsa ham, har bir patent olish uchun yozilgan arizada ixtironing biror-bir yangilik kiritayotgani haqida maʼlumot boʻlishi kerak. Koʻp mamlalakatlarda berilgan eksklusiv huquqlar boshqalar patentlangan ixtironi ruxsatsiz yasashi, qoʻllanishi, sotishi yoki tarqatishi oldini oladi.
Xalaqaro Savdo Tashkilotining mualliflik huquqlari boʻyicha shartnomasiga koʻra, bu tashkilotga aʼzo mamlakatlarda har qanday sohadagi ixtiro uchun patentlar mavjud boʻlishi zarur.
Patentni odatda davlat beradi. Davlat patent idorasi tomonidan ixtiro muallifiga yoki ariza boʻyicha huquqiy vorisiga beriladi. Koʻp mamlakatlardagi qonunlariga koʻra, patent 15—20 yil muddatga beriladi. Baʼzi mamlakatlarda ixtorolarni himoyalash vaqti odatda kamida 20 yil boʻlishi kerak. Patent odatda shu patent chiqarilgan mamlakat hududida amal qiladi. Xalqaro amal qiluvchi patentlar ham mavjud. Baʼzi mamlakatlarda maʼlum bir sohalardagi ixtirolar uchun patent berilmaydi.
Oʻzbekistonda ixtirolar, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan qoʻyiladigan patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda patent idorasining bunday hujjatni berish tartibi mamlakatning „Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida“gi qonuni (1994-yil 6-may) da belgilab berilgan.
Bir qancha mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatining muayyan turlari bilan shugʻullanish uchun berilgan maxsus ruxsatnoma ham „patent“ deb ataladi. Davlatdan bunday patentni sotib olish tadbirkorlarni (odatda, yakka tartibdagi tadbirkorni) bundan keyingi (bir yilga yoki boshqa davrga) soliqlar toʻlashdan ozod etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |