Jamoat birlashmalarining mulki jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, fahriylar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, ijodiy uyushmalari va turli jamg`armalar mol-mulkidan iborat.
Diniy tashkilotlarning mulkida binolar, ishlab chiqarish, ijtimoiy va hayriya ahamiyatiga ega bo`lgan obyektlar, o`z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan pul mablag`lari va boshqa mol-mulklar bo`lishi mumkin. Ular o`z mol-mulklariga amaldagi qonunlar doirasida egalik qiladi, foydalanadi va tasarruf etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |