“ijtimoiy fanlar” kafedrasi


Majburiyatlarning vujudga kelish asoslari



Download 359,12 Kb.
bet105/128
Sana27.01.2022
Hajmi359,12 Kb.
#412364
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   128
Bog'liq
Fuqarolik huquqi talabalarga

Majburiyatlarning vujudga kelish asoslari

Fuqarolik huquqlari va burchlarini keltirib chiqaradigan holatlar majburiyatga oid huquqiy munosabatlarni ham vujudga keltiradigan asoslar bo`lib, ular FKning 8-moddasida ko`rsatilgan. FKning 234-moddasida normalanganidek, majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda fuqarolik qonunlarida nazarda tutilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi. Ma'lumki, FKning deyarli barcha me'yorlari shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni tartibga solishga qaratilgan. Bu huquqiy normalar vositasida tartibga solinadigan majburiyatlar jumlasiga mulkni boshqa shaxsning egaligiga topshirish (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya shartnomalari)dan, mulkni operativ boshqarish huquqini o`tkazish (mahsulot yetkazib berish shartnomasi)dan, foydalanish huquqini o`tkazish (mulk ijarasi va uy-joy ijarasi, tekin foydalanish to`g`risidagi shartnomalar)dan, biror ishni bajarish yoki xizmat ko`rsatish (pudrat, yuk tashish, topshiriq, vositachilik, sug`urta, transport ekspeditsiyasi shartnomalari)dan va boshqa shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar kiradi. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida turi tadbirkorlik subyektlari o`rtasida tuziladigan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar alohida ahamiyatga egadir.

Davlat organlarining qonunda fuqarolik huquq va majburiyatlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan hujjatlari ham majburiyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday hujjatlar turli ko`rinishlarda – davlat buyurtmasi yoki ma'muriy hujjatlar shaklida bo`lishi mumkin.

Masalan, “Qishloq xo`jaligi ekinlarini bahorgi ekishni uyushqoqlik bilan o`tkazish hamda 2000 yilda davlat ehtiyojlari uchun harid qilinadigan qishloq xo`jaligi mahsulotlari uchun hisob-kitoblarni o`z vaqtida ta'minlash choratadbirlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 4 martdagi qarori128ga ko`ra, 2000 yil uchun paxta tolasining davlat haridlari hajmi uni yetishtirish hajmining 30 foizi darajasida saqlab qolingan. Davlat haridlari asosan FKning 457-464-moddalarida belgilangan davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib bo`yicha davlat kontrakti (shartnomalari) asosida amalga oshiriladi. Ushbu davlat buyurtmasi uning taraflari mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) va davlat tayyorlov tashkiloti o`rtasida tegishli majburiyatlarni yuzaga keltiradi.

Fuqarolarga uy-joylardan foydalanish huquqini beradigan order ham ma'muriy dalolatnoma sifatida uy boshqarmasi bilan order olgan fuqaro o`rtasida uy-joy ijarasi shartnomasini tuzishga va shu bilan muayyan majburiyatlarni vujudga keltirishga asos bo`ladi.

Fuqarolik huquqiy majburiyat sudlar tomonidan chiqarilgan hujjatlar (hal qiluv qarorlari, ajrimlar, hukmlar) asosida ham vujudga kelishi mumkin. Qonun yo`l qo`ygan asoslarda mol-mulkning mulk sifatida olinishi natijasida ham (masalan, egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddat hosil bo`lganligi sababli) majburiyat kelib chiqishi mumkin. Bir tomonlama bitimlar ham fuqarolik huquqiy majburiyatlarni keltirib chiqaruvchi yuridik faktlar jumlasiga kiradi. Bunday bitimga muvofiq shaxsning erki ikkinchi bir shaxsga huquq va majburiyat keltirib chiqaradi. Bir tomonlama bitimlarga misol qilib vasiyatnomani ko`rsatish mumkin. Vasiyat bo`yicha, masalan, mulk olish huquqi va marhumning qarzlarini to`lash majburiyati vujudga kelishi mumkin.

Yaratilgan ixtiro va foydali model, buyumlarning sanoat namunalari, fan, adabiyot hamda san'at asarlari qonun talablariga javob berishi kerak. Tegishli qonunlardagi normalarga muvofiq bu yaratilgan narsalar uni yaratgan shaxs bilan o`zga shaxslar, shuningdek tegishli davlat tashkilotlari o`rtasida majburiyatlarning kelib chiqishiga asos bo`ladi.

FKning 234-moddasida ko`rsatilganidek, fuqaroga yoki tashkilotga ziyon yetkazish ham muayyan majburiyatlar tug`diradi. Bunday majburiyatlar, odatda, shartlashilmagan majburiyatlar deb ataladi.

Majburiyatlar qonunlarda belgilanganidek, hech bir asoslarsiz boshqa shaxsning mol-mulkini egallab olishi yoki tejab qolishidan kelib chiqadi. Asossiz olingan yoki tejab qolingan mol-mulk jabrlanuvchiga asl holida qaytarilishi lozim, agar buning imkoniyati bo`lmasa, mol-mulk qo`lga kiritilishi paytidagi haqiqiy qiymatini to`lash, agar qo`lga kirituvchi orttirilgan boylikning asossizligini bilganidan keyin darhol uning qiymatini to`lamagan bo`lsa, mol-mulk qiymatining keyingi o`zgarishi tufayli ko`rilgan zararni to`lash majburiyati vujudga keladi. Boshqa shaxslarning ishlarini topshiriqsiz bajarganlik sababli kelib chiqadigan majburiyatlar to`g`risidagi qoidalar ham qonunlarda mavjud. Qonunlarda ko`rsatilishicha, boshqa shaxs manfaatlarini ko`zlab topshiriq olmay harakat qilgan shaxs, shu munosabat bilan qilgan zarur xarajatlarning, shuningdek boshqa haqiqiy zararni to`lanishini talab qilishga haqli. Agar manfaatdor shaxs topshiriq olmay harakat qilgan shaxsning ishini ma'qullasa, bunday hollarda FKning topshiriq shartnoma to`g`risidagi qoidalari qo`llaniladi va majburiyatlarning kelib chiqishiga asos bo`ladi.

Fuqarolik huquqiy majburiyatlari tanlov e'lon qilishdan ham kelib chiqishi mumkin. Mukofot to`lashni oshkora va'da qilish ommaviy tanlov e'lon qilishdan kelib chiqadigan majburiyatlarda muayyan ishni eng yaxshi bajarganlik yoki boshqa natijalarga erishganlik pul mukofoti to`lash yoki boshqa mukofot berish to`g`risida ommaviyy tanlov e'lon qilgan shaxs tanlovni o`tkazish shartlariga muvofiq uning g`olibi deb topilgan shaxsga shartlashilgan mukofotni to`lashi lozim.

Majburiyatga oid huquqiy munosabatlar hodisalardan ham kelib chiqadi. Bunga misol qilib tabiiy hodisalar, masalan, yong`in yoki zilzila natijasi ijaraga topshirilgan mulkning zararlanishi tufayli sug`urta organiga nisbatan kelib chiqadigan majburiyatlarni ko`rsatish mumkin. Majburiyatlar qonunda ko`rsatilgan hollarda boshqa asoslardan ham kelib chiqishi mumkin.


Download 359,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish