“ijtimoiy fanlar” kafedrasi


Xo`jalik shirkati va jamiyatlarining mulki



Download 359,12 Kb.
bet96/128
Sana27.01.2022
Hajmi359,12 Kb.
#412364
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   128
Bog'liq
Fuqarolik huquqi talabalarga

Xo`jalik shirkati va jamiyatlarining mulki yuridik shaxs hisoblangan xo`jalik shirkati va jamiyatining mulki qatnashchilarning qo`shgan hissasi hisobidan, xo`jalik faoliyati natijasida olingan hamda qonunda man etilmagan boshqa asoslarda ular tomonidan qo`lga kiritilgan mol-mulkdan hosil bo`ladi.

Xo`jalik shirkatlarining mol-mulki FK va «Xo`jalik shirkatlari to`g`risida”gi qonunda o`z ifodasini topgan. Xo`jalik shirkatlarining mol-mulki dastlabki asosi uning ustav fondida o`z ifodasini topadi. Chunki shirkat ishtirokchilari (ta'sischilari) shirkatga a'zo bo`lib kirayotganda qo`shgan ulushlarining nominal qiymatidan tarkib topadi. Shirkat ustav fondining miqdori shirkatni davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga ko`ra qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan kam bo`lmasligi kerak. Shirkat ishtirokchisining shirkat ustav fondidagi ulushining miqdori foizlarda yoki kasr ko`rinishida belgilanadi. Shirkat ishtirokchisi ulushining miqdori uning ulushining nominal qiymati bilan shirkat ustav fondining o`zaro nisbatiga muvofiq bo`lishi kerak. Shirkat ishtirokchisi ulushining haqiqiy qiymati shirkat sof aktivlari qiymatining uning shirkat ustav fondidagi ulushi miqdoriga mutanosib bo`lgan bir qismiga mos bo`ladi. Shirkat davlat ro`yxatidan o`tkaziladigan paytga qadar uning har bir ishtirokchisi o`z hissasining kamida o`ttiz foizini shirkatning ustav fondiga kiritishi shart. Hissaning qolgan qismi ta'sis shartnomasida ko`rsatilgan muddatda kiritilishi lozim bo`lib, bu muddat shirkat davlat ro`yxatidan o`tkazilgan paytdan e'tiboran bir yildan oshmasligi kerak.

Pul, qimmatli qog`ozlar, boshqa ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega bo`lgan boshqa shaxsga o`tkaziladigan o`zga huquqlar ishtirokchilarning shirkat ustav fondiga qo`shadigan hamda shirkatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari bo`lishi mumkin. Shirkatning ustav fondiga pulsiz hissasining pul hisobidagi bahosi shirkatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan shirkat ishtirokchilari umumiy yig`ilishining qarori bilan tasdiqlanadi.

Shirkatga tegishli mol-mulk unga ustav fondiga hissa sifatida foydalanishga berilgan muddat o`tguniga qadar mol-mulkdan foydalanish huquqi tugatilgan taqdirda, shirkatning mol-mulkni bergan ishtirokchisi shirkatning talabiga binoan unga shunday mol-mulkdan shunga o`xshash sharoitlarda qolgan muddat mobaynida foydalanganlik uchun to`lanadigan haqqa teng pul tovoni to`lashi shart. Pul tovoni shirkat tomonidan uni berish talabnomasi taqdim etilganidan e'tiboran, agar shirkat ishtirokchilari umumiy yig`ilishining qarori bilan tovon to`lashning boshqacha tartibi belgilangan bo`lmasa, bir oy ichida bir yo`la to`lanishi kerak. Bunday qaror shirkatning ustav fondiga hissa sifatida mol-mulkdan foydalanish huquqini bergan va bu huquq muddatidan ilgari tugatilgan shirkat ishtirokchisining ovozini hisobga olmagan holda shirkat ishtirokchilarining umumiy yig`ilishi tomonidan qabul qilinadi. Shirkat ishtirokchisi ustav fondiga hissa sifatida shirkatga foydalanish uchun berib qo`ygan mol-mulkdan foydalanish huquqining muddatidan ilgari tugatilganligi uchun shirkat ishtirokchisi tomonidan tovon to`lashning boshqacha tartibi ta'sis shartnomasida nazarda tutilgan bo`lishi mumkin. Shirkatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan ishtirokchi tomonidan shirkatga ustav fondiga hissa sifatida foydalanishga berilgan mol-mulk, agar ta'sis shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo`lmasa, u qancha muddatga berilgan bo`lsa, shuncha muddat davomida shirkatning foydalanishida qolaveradi.




Download 359,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish