Noaniq muddatlar qonun yoki shartnomada biron-bir vaqt belgilanmagan bo`lsada, lekin shu munosabatda vaqt chegarasi mavjudligi bilan ifodalanadi. Huquqiy munosabtdagi vaqt chegarasi garchi taraflarning huquqiy munosabatga kirishayotgan paytlarida belgilanmasada, keyinchalik taraflardan biri tomonidan belgilanishi talab qilinishi mumkin. Masalan, ashyo muddat ko`rsatilmasdan tekin foydalanishga topshirilganda shartnomaning amal qilish muddati aniq belgilanmaydi.
Umumiy muddatlar barcha subyektiv fuqarolik huquqlariga va deyarli bir xildagi holatlarga taaluqli bo`ladi. Masalan, ishonchnomaning amal qilish muddati uch yil qilib belgilangan (FKning 139-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |