E.A.Klimov qarashlariga binoan professigramma bu:
1) Sensor kanallarni yuklamalash, ustuvor signallarning turlari faoliyat jarayonidagi axborotlar ko`lami va umumiy xususiyati (ko`rish, eshitish va boshqalar);
2)Axborotlarni saqlash va qayta ishlash bilan bog`liq aqliy faoliyatning xususiyati;
3) Xotira, tafakkur va nutqning qatnashuvi ayrim harakatlarning tavsifi;
4) Ishda, mehnat faoliyatida asab — psixologik zo`riqish, tanglikning mavjudligi;
5)Diqqatni boshqarish zarurati;
6)Ishda muvaffaqiyatga elituvchi shaxs sifatlari, fazilatlari;
7) Mehnat faoliyati tuzilishini tavsiflovchi integral psixofiziologik ko`rsatkichlar.
Mehnat bozoridagi holatni tahlil qiling. Yildan-yil yangi kasblar paydo bo`layotganligiga e`tiboringizni qarating. Doimiy malakani oshirish, qo`shma kasblarni egallashga to`g`ri kelishiga tayyor bo`ling. Hozirgi kunda, Siz maktabni tugatayotgan paytda kasb tanlashingiz, Sizning taqdiringizni butunlay hal qiladi deb qo`rqmang. Keyinroqdagi tanlovdagi o`zgarishlar, yangi mutaxassislikni o`zlashtirish, Sizni fanlararo faoliyat bo`yicha qimmatli mutaxassis qiladi.
Birinchi kasb, garchand Siz keyinroq undan voz kechishingiz va o`zingiz uchun qiziqrog`ini topsangiz ham hayotning turli kutilmagan holatlarida Sizga asqotadi. Bundan tashqari, e`tibor qiling-ki, har bir erkak uchun uyda chilangar ham, sartarosh ham, elektrchi ham, haydovchi ham bo`lishga to`g`ri keladi. Ayollar uchun esa, tikuvchi, oshpaz, kir yuvish va boshqa maishiy mashinalar “operatori” bo`lishga to`g`ri keladi
Albatta, kasbning nufuzliligi u yoki bu holda Siz tomoningizdan inobatga olinadi, lekin buni o`zingizning qiziqishlaringiz va qobiliyatlaringiz, sog`lig`ingizning holatini hisobga olgandan so`ng amalga oshiring. Mehnat birjasidagi bo`sh o`rinlar to`g`risidagi gazetalarni tahlil qilish juda foydali (u yerda odatda har bir bo`sh o`rin uchun qaysi ta`lim lozimligi ko`rsatiladi).
Shunday kasblar borki, ular Sizga mos kelmaydi, chunki ular sizning sog`lig`ingizni yomonlashtirishi mumkin. Bunday kasblar ko`p emas va ular asosan u yoki bu jismoniy tizimlarning uzoq muddatli zo`riqishini talab etadi.
O`zingiz tanlamoqchi bo`lgan kasbning mohiyat va mazmunini o`rganib chiqing. Shu kasb bilan kunma-kun uzoq yillar davomida shug`ullanishingiz lozimligini ko`z oldingizga keltiring.
Kasb tanlashda va hayot tarziga aniqlovchi ta`sir ko`rsatishda, ya`ni lavozimga erishishda har bir inson o`zining kelajakdagi kasbiy mehnatini fuqarolik majburiyati sifatida anglashi, o`z mamlakatining va o`z oilasining manfaatlari yo`lidagi hissasi, davlatning va ota-onalarning bizning o`sib ulg`ayishimizga va o`qishimizga sarflagan xarajatlarini qaytarish sifatida anglashimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |